54
Xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozish
uchun hujjatlarda debet-
lanuvchi va kreditlanuvchi schotlar ko‘rsatiladi, ya’ni buxgalteriya yo-
zuvi (schot formulasi) tuziladi. Demak, debetlanuvchi va kreditlanuvchi
schot va aks ettiriladigan xo‘jalik
muomalasining summasini
ko‘rsatishga
buxgalteriya yozuvi (provodkasi) deyiladi.
Buxgalteriya yozuvini tuzish uchun nafaqat ma’lum bilimlar
yig‘indisiga ega bo‘lish, balki uni rasmiylashtirish ketma-ketligini ham
bilish zarur.
Eng avvalo, muayyan xo‘jalik muomalasining iqtisodiy
mohiyatini aniq tushunish kyerak. Faqat
shunday tushuncha asosida
mazkur muomala qaysi ikkita korrespondensiyalanuvchi schotlarda aks
ettirilishini aniqlash mumkin (2.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: