O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi variant
Dt Kt 1) 70000 1) 30000 «Ehtiyot qismlar» schoti Dt Kt 1) 40000 2.5-rasm. Murakkab buxgalteriya yozuvi (provodkosi) Yuqorida keltirilgan schotlardagi yozuvlardan ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik muomalasini aks ettirishda uchta schot qatnashgan, ya’ni muomala summasi ikkita schotning debetiga va bir schotning kreditiga yozilgan. Bunda buxgalteriyadagi ikki yoqlamalik tamoyili, ya’ni bir xil summani tegishli schotlarning debet va kredit tomonlarida aks ettirish buzilmagan. Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisob ishlarini qisqartirish maqsadida murakkab yozuvlardan foydalaniladi. Lekin, bir vaqtning o‘zida bir necha schotlar ham debetlanib, ham kreditlanuvchi yozuvlar bo‘lishi mumkin emas. Bunday yozuvlarda schotlar orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ko‘rib bo‘lmaydi va aks ettirilgan xo‘jalik muomalasining mohiyati buziladi. Schotda yangi qoldiq chiqarish uchun avvalo uning debeti va kreditidagi summalarni jamlash zarur. Debet bo‘yicha jami summa (boshlang‘ich qoldig‘isiz) schotning debet oboroti, kreditning jami summasi (boshlang‘ich qoldig‘isiz) kredit oboroti deyiladi. 1-misol. Balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasida hisobot davri boshiga 100 000 so‘m ko‘rsatilgan. 0400-«Nomoddiy aktivlar schotini ochganda ushbu summa boshlang‘ich qoldiq sifatida schotning debet tomoniga yoziladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y bergan: 1. Minyeral suv ishlab chiqarish uchun litsenziya olindi. Litsenziya qiymati 80 000 so‘m. 2. Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun patent boshqa korxonaga sotildi. Patentning balans qiymati 90 000 so‘m. 3. Belgilangan tartibda 200 000 so‘mga litsenziya ro‘yxatdan o‘tkazildi va balans kirim qilindi.. 56 4. Boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida «Nou-xau» kiritildi (qiymati 120 000 so‘m) Nomoddiy aktivlarning kirim bilan bog‘liq barcha muomalalarni 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining chap, ya’ni debet tomoniga, chiqimi esa schotning qarama-qarshi tomoniga, ya’ni kreditiga yoziladi Yuqoridagilardan kelib chiqib, 80 000 so‘m va 200 000 so‘mni 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining debet tomoniga, 90 000 so‘m va 120 000 so‘mni esa kredit tomoniga yozish kyerak. Yozilgan summalarni hisoblaymiz. Schot debeti bo‘yicha oborot 280 000 so‘mni (80 000 so‘m Q 20 000 so‘m), krediti bo‘yicha— 210 000 so‘mni (90 000 so‘m Q 120 000 so‘m) tashkil qiladi. Yakuniy qoldiq 170 000 so‘mga (100 000 so‘m Q 280 000 so‘m — 210 000 so‘m.) teng bo‘ladi. 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining ushbu muomalalardan keyingi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schoti Debet Kredit Boshlang‘ich qoldiq 100 000 1) Litsenziya olindi …… 80 000 3) Litsenziya ro‘yxatdan o‘tkazildi va kirim qilindi 200 000 2. Patent sotildi ……......90 4. Boshqa korxona ustavi ta’sischi sifatida nou-xau kiritildi………. ... 120 Jami kirim (debet oborot) 280 000 Jami chiqim qilindi (kredit oborot) …..............210 000 Yakuniy qoldiq ………. 170 000 Oxirgi qoldiq manfiy bo‘lishi mumkinmi degan savol tug‘iladi? Ha, mumkin. Bu ko‘p hollarda, agar u yoki bu aktiv hisobot oyining oxirgi sanalarida mol yetkazib beruvchi tomonidan daqdim etilgan hu- jjatlarsiz qabul qilingan hollarda bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda mazkur davrda xarajatlar qilinganda salbiy qoldik chiqdi. Shunga qaramasdan, aktiv schotning umumiy tuzilishini buzmaslik uchun, hi- sobot oyining oxiriga bunday qoldiq baribir schotning debet tomoniga, ammo qizil siyoh bilan yoziladi. Kelgusi hisobot oyida mol yetkazib buruvchi hujjatlari olinishi bi- lan bunday nomuvofiqlik tuzatiladi. Schotlarda qoldiq (saldo) chiqarishni matematik modellar orqali ifodalash mumkin. Oldingi belgilar va misoldan foydalanib, aktiv 57 schotlarda oxirgi qoldiq (saldo) chiqarishning matematik modelini quyi- dagicha tuzamiz: S' dt +DO to -KO to =S'' dt , (9) Ushbu model aktiv schotning ma’lum sanaga bo‘lgan debet qoldig‘i boshlang‘ich qoldiqqa shu schotning ma’lum vaqt oralig‘idagi debet oborotini qo‘shib, shu vaqt ichidagi kredit oborotini ayrilganiga teng deb o‘qiladi. Passiv schotlarda oxirgi qoldiq chiqarish uchun kreditdagi bosh- lang‘ich qoldiqqa kredit oborotini qo‘shib, hosil bo‘lgan summadan de- bet oboroti ayriladi. Passiv schotlarda manbalarning ko‘payishi kreditda, kamayishi esa debetda ko‘rsatilishi sababli qoldiq faqat kreditda yoki nolga teng bo‘lishi mumkin. 2-misol. Balansning «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» moddasida hisobot davri boshiga 190 000 so‘m qoldiq ko‘rsatilgan. Joriy hisobda ushbu modda 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schotiga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y bergan: 1. Budjetga daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik aks ettirildi 400 000 so‘m. 2. Hisob-kitob schotidan o‘tkazish yo‘li bilan 120 000 so‘m qarzdorlik uzildi. 3. Moliya organlarining yakuniy hisob-kitoblariga ko‘ra bud- jetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik 80 000 so‘mga ko‘paydi. 4. Budjetga qarzdorlik bankdan 160 000 so‘m ssuda olish yo‘li bilan uzildi. Korxonaning budjetga to‘lanmagan majburiyatlari bo‘yicha bosh- lang‘ich qoldig‘i 190 000 so‘m 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schotining kredit tomoniga yoziladi. Schotnng shu tomonida korxonan- ing soliq organlari oldidagi majburiyatlarining 480000 so‘mga kupayishi aks ettiriladi (400000 so‘m + 80000 so‘m). Qarzlarning 280000 so‘mga (120000 so‘m + 160000 so‘m) kamayishi qarama-qarshi tomonda, ya’ni debetida ko‘rsatiladi. Schotning oxirgi qoldig‘i 390000 so‘mni tashkil etadi (190000 so‘m Q 480000 so‘m – 280000so‘m). 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» passiv schotining ko‘rinishi qo‘ydagicha: 58 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schoti Debet Kredit Boshlang‘ich qoldiq ……….. 190 000 2) qarz uzildi ………..120 000 3) qarz uzildi ……….. 160 000 1) qarz aks ettirilishi …400 000 3) qarz ko‘payishi … 80 000 Jami kamaydi (debet oborot)………….280 000 Jami hisoblandi (kredit oborot) …………. 480 000 Budjetga to‘lanmagan qarz bo‘yicha yakuniy qoldiq .... 390 000 Endi istalgan passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiq chiqarishning matematik modelini ko‘rib chiqamiz. U quyidagicha bo‘ladi: S' kt +KO to -DO to =S'' kt , (10) Ushbu model passiv schotning ma’lum muddatga bo‘lgan oxirgi qoldig‘i uning boshlang‘ich kredit qoldig‘iga ma’lum davr ichidagi kredit oborotini qo‘shib, shu davr ichidagi debet oborotining ayrilganiga teng deb o‘qiladi. Har qanday aktiv yoki passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiqning matematik modeli ikki variantda bo‘lishi mumkin. Birinchi variant. Boshlang‘ich qoldiq (saldo) debet bo‘lib, kredit oboroti boshlang‘ich qoldiq va debet oboroti summasidan kichik bo‘lganda. Unda matematik model quyidagicha bo‘ladi: S' dt +DO to -KO to =S'' dt, (11) Agar kredit oboroti boshlang‘ich debet qoldiq va debet oboroti summasidan katta bo‘lsa, u holda qoldiq kreditda qoladi; Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling