Sistematik yozuv deb, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini schot-
lar tizimi bo‘yicha belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga ay-
tiladi.
Xronologik va sistematik yozuvlar birlashtirilishi yuqori samara
beradi. Hisob registrida bunday kombinatsiyadagi yozuv sinxronistik
yozuv deyiladi.
Ro‘yxatga olish, hujjatlarga ishlov berish, buxgalteriya yozuvlarini
tuzish va ularni schotlarga tarqatib yozishning zamonaviy usullari bu
ishlarning sermehnatligini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda ikki yoqlama
yozuvning mohiyatida mujassamlashgan «eng buyuk kashfiyot»ning
qadr-qimmatini amalga oshirish uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda.
Birinchidan, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar bo‘yicha summa-
larni jamlash avtomatik rejimda amalga oshirilib, oborotlarni jamlash va
qoldiqlarni chiqarishda xatolaring oldi olinadi hamda shu bilan birga
xo‘jalik muomalalarining to‘liq ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydi.
Ikkinchidan, tegishli xo‘jalik muomalalarini amalga oshiruvchi
xodimlar o‘rtasida o‘zaro nazoratni ta’minlaydi.
Uchinchidan, schotlar korrespondensiyasi asosida xo‘jalik
muomalasining o‘z vaqtida amalga oshirilishi va maqsadga muvofiqligi
aniqlanadi.
To‘rtinchidan, bir xildagi muomalalarni ularni guruhlash zarur
bo‘lgan jarayonda yig‘ib borish yo‘li bilan hisobot davrining oxirida
umumiy jami bo‘yicha bitta yozuv bajarish imkoni yaratiladi. Bunda
xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyati buzilmaydi. Shu bilan birga
hisob jarayonning sermehnatligi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |