O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
2.7-jadval Sintetik schotlarning OBOROT QAYDNOMASI, 2012 yil, iyul 1 iyulga qoldiq Iyul oyidagi oborot 1 avgustga qoldiq № Sintetik schotlar nomi Debet Kredit Debet Kredit Debet Kredit 1 Asosiy vositalar 1 480 0 00 - - - 1480 000 - 2 Xom-ashyo va Materiallar 2 820 0 00 - 1 548 0 00 1 332 0 00 3 036 0 00 - 3 Asosiy ishlab chiqarish 164 40 0 240 00 0 1 332 0 00 - 1 496 4 00 240 00 0 4 Kassa 3 900 - 400 00 0 400 00 0 3 900 - 5 Hisob-kitob schoti 3 186 7 00 - 2 200 0 00 3 000 0 00 2 386 7 00 - 6 Boshqa debitorlar qarzi 3 400 0 00 - - 2 200 00 0 1 200 00 0 - 7 Boshqa majburiyatlar 1 140 0 00 140 000 110 00 0 110 00 0 72 8 Ustav kapitali - 3 000 0 00 - - - 3 000 000 9 Taqsimlanmagan foyda - 395 00 0 - - - 395 00 0 1 0 Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashuvlar - 680 00 0 461 00 0 491 00 0 - 710 00 0 1 1 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar - 6 600 0 00 3 000 0 00 1 548 0 00 - 5 148 000 J a m i 11 055 000 11 055 000 9 081 0 00 9 081 0 00 9 603 000 9 603 000 Yuqorida ko‘rsatilgan tengliklardan birortasining buzilishi xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozishda yoki summalarni jamlashda xatoga yo‘l quyilganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, sintetik schotlarning oborot qaydnomasi schotlar- dagi yozuvlarning to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, yangi balans tuzishda ham ishlatilar ekan. Agar korxonada «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yuritilsa, u holda sintetik schotlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilgan oborot qayd- nomasi boshqa jami nazorat summasini tekshirishga ham imkon beradi. Ya’ni sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasidagi debet va kredit oborotlarining yig‘indisi ko‘rsatilgan daftardagi oborotlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim. Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi, avvalo, nazorat ahamiyatiga ega. Uning tuzilishi joriy buxgalteriya hisobidagi xatolarni aniqlashga imkon beradi. Agar oborot qaydnomasidagi juftliklardan bi- rortasida debet va kredit oborotlari o‘zaro teng chiqmasa, buning sababi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1. Qaysidir bitta schotning debeti bo‘yicha summa to‘g‘ri yozil- gan, ammo uning bilan korrespondensiyalangan schotning krediti bo‘yicha summa tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki ak- sincha bo‘lishi mumkin. 73 2. Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta yozilib, ammo boshqa schotning kreditida ko‘rsatilmagan, yoki aksincha, bitta schotning kreditida ikki marta yozilib, uning bilan korrespondensiyalanadigan schotning debetiga yozilmagan bo‘lishi mumkin. 3. Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta va boshqa schotning kreditiga ikki marta yozilgan. 4. Bitta schotning qoldig‘i va (yoki) debet oboroti boshqa schot- ning kredit qoldig‘i va (yoki) debet oboroti sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin. 5. Ayrim schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar tushirib qoldiril- gan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik operatsiyalarining soni kam sodir bo‘ladigan va mulklari kam bo‘lgan, ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar, masalan, dehqon xo‘jaliklarida joriy buxgalteriya hisobi yozuvlarining to‘liqligi va ishonchliligi «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yordamida nazorat qilinadi (2.8-jadval). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling