Elektron raqamli imzo deb elektron hujjatdagi mazkur elektron
hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan
holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron
raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda
xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining
egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzoga aytiladi.
3.2. Hisob registrlari, ularning ahamiyati va turlari
Xo‘jalik muomalalari aks ettirilgan dastlabki hujjatlar tekshirilib,
taksirovka qilinib va ayrimlari o‘z xususiyatlariga ko‘ra yig‘ma hujjat-
larda to‘planib, keyinchalik hisob registrlariga yoziladi.
Hisob registrlari buxgalteriya hisobini yuritishning muhim vositasi
bo‘lib hisoblanadi. Ularda xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning man-
Do'stlaringiz bilan baham: |