O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

To‘ldirish usuliga ko‘ra buxgalteriya hujjatlarini qo‘lda tuziladi-
gan, yozuv mashinkasida va kompyuterda tuziladigan (elektron) hu-
jjatlarga bo‘lish mumkin. 
Qo‘lda tuziladigan hujjatlarga asosan ichki hujjatlar kiradi. Ularga 
birinchi navbatda qo‘lda tuziladigan har xil jadvallar, asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash jadvallari hamda yig‘ma 
qaydnomalar va boshqalar kiradi. 
Yozuv mashinkasida tuziladigan hujjatlar ko‘pincha maketlangan 
kartalar ko‘rinishida bo‘ladi.  Bunda gap hujjatlarni ko‘rsatilgan usullar 
bilan to‘ldirishda emas, balki xo‘jalik muomalalarini yozuv 
mashinkalarida, ko‘proq texnik vositalarida to‘ldirish to‘g‘risida bo‘ladi. 
Shu maqsadda har xil priborlar va moslamalar qo‘llaniladi: schotchiklar, 
avtomatik tarozilar, o‘lchagich idishlar, elektr va boshqa yozuv mashi-
nalari va x.k. 
Hujjatlarga ishlov berishning eng takomillashgan usuli shaxsiy 
elektron hisoblash mashinalarini (ShEHM) qo‘llash bilan bog‘liq. 
Elektron hujjat deb elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli 
imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya 
qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborotga 
aytiladi. 
Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil 
yuridik kuchga ega bo‘ladi. 
Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u bel-
gilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. 
Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi bo‘lishi mumkin.  
Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi. 
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hujjatlari yuqorida ko‘rib chiqilgan 
tasnifiy belgilar bo‘yicha guruhlanganida bitta hujjat ayni paytda bir ne-
cha guruhlarga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, kassa chiqim or-
deri kassir uchun isbotlovchi hujjat bo‘lsa, ayni paytda korxona rahbari-
yati uchun kassadan pul mablag‘larini berishga asos bo‘luvchi farmoy-


 
 
89

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling