O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Sistematik reestrlar deb xo‘jalik muomalarining bir xil guruhlari 
buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha yoziladigan registrlarga aytiladi. 
Bunga misol tariqasida jurnal-order shakli bo‘yicha hisob yuritadigan 
xo‘jaliklarda qo‘llanilgan №8- ASK, 10-ASK jurnal-orderlarni keltirish 
mumkin. 
Uyg‘unlashgan registrlar deb yozuvlarni ham xronologik, ham 
sistematik ravishda guruhlashtirishni ta’minlaydigan registrlarga 
aytiladi. Bunday registrlar buxgalteriya hisobining takomillashuvi 
natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ularda xo‘jalik muomalalari iqtisodiy 
mazmuniga ko‘ra buxgalteriya hisobining schotlari bo‘yicha ajratilgan 
holda bir vaqtda aks ettiriladi. Uyg‘unlashgan registrga misol qilib bosh 
daftarni (№18 ASK shakl) keltirish mumkin. 


 
 
93
Buxgalteriya hisobi registrlari to‘ldirilish usuliga ko‘ra qo‘lda 
to‘ldiriladigan (asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar) 
va ShEHMda to‘ldiriladigan registrlarga bo‘linadi.  
Kompyutyer yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumot-
larning mazmunini, balki registrlar shakllarining o‘zini ham olish 
mumkin.  
Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ko‘ra: bir to-
monlama, ikki tomonlama, ko‘p grafalari, chiziqli va shaxmatli reg-
istrlarga bo‘linadi.  
Bir tomonlama registrlar – bu moddiy qiymatliklarni, hisob-kito-
blarni va boshqa muomalalarni hisobga olishga doir har xil kartoch-
kalardir. Ularda debet va kredit yozuvlarning alohida grafalari bir-
lashtirilgan.  
Ikki tomonlama hisob registrlari deb xo‘jalik muomalalarini aks 
ettiradigan grafalar varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning 
chap tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng tomonida) joylashgan 
registrlarga aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish 
kartochkalari misol bo‘ladi.  
Ko‘p grafali registrlarda bir tomonida (odatda debet tomonida) bir 
necha kolonkalar bo‘ladi (xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish 
daftarlari yoki kartochkalari).  
Shaxmatli registrlar – bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bun-
day registrlarda yozuvlar kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida 
amalga oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti va krediti bo‘yicha 
aks ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar).  
Chiziqli hisob registrlarida bir xil axborotlar bitta satr bilan yozi-
ladi. Masalan, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar qaydnomasi te-
gishli sintetik schotni hisobdor shaxslarning nomlari bo‘yicha zarur 
miqdordagi analitik schotlarga bo‘lish imkonini beradi.  
Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida 
natijaviy ma’lumotlarni alfavit tartibda belgilashga mo‘ljallangan 
mashinagrammalar qo‘llaniladi. 
Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha 
sistemalashtirilgan dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda 
esa xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar 
ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Bunday mashinagrammalar jurnal-order 
shaklida qo‘llaniladigan qaydnomalar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish, 
nazorat va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish hamda hisobotlar tuzish uchun 
kyerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Bux-


 
 
94
galterlik yozuvlarni hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini 
oshirishning muhim shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh 
yoki sharikli ruchka pastasi bilan) yoki yozuv mashinkasi yordamida 
yoziladi.  
Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, 
o‘z vaqtida, qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. 
Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqti-
sodiy tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga 
imkon beradi. 
Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga 
yozish uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bi-
lan taqqoslanadi.  
Masalan, kassaga bankdagi hisob-kitob schotidan olingan yoki kas-
sadan hisob-kitob schotiga topshirilgan summalar to‘g‘ri aks ettiril-
ganligini tekshirish uchun 1-ASK jurnal-orderi qaydnoma qismining 
jami 2-ASK jurnal-order jami bilan, 2-ASK jurnal-order qaydnoma qis-
mining jami 1-ASK jurnal-order jami bilan solishtirib ko‘riladi. Hujjat-
larni tuzishda va ishlashda hamda hisob registrlariga yozishda har xil 
xatolarga yo‘l quyilishi mumkin (raqamlarni yozishda aniqlash, jam-
lashda va korrespodensiyalanuvchi schotlarni yozishda xato qilish).  
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling