92
so‘ngi yillarda sintetik va analitik hisobni o‘zida
birlashtiruvchi hisob
registrlari keng qo‘llanilmoqda. Bunday registrlarning qo‘llanilishi hi-
sob yozuvlarini qisqartiradi, alohida obyektlar hisobni analitik
yo‘nalishda yuritish va bir vaqtning o‘zida
sintetik hisobning umum-
lashgan ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shunday qilib, analitik
va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta amalni
bajarish natijasida olinadi
va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga zarurat qolmaydi. Bunday hisob
registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kito-
blar» schoti bo‘yicha 6-jurnal-order va «Hisobdor
shaxslar bilan hisob-
kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order misol bo‘ladi. Ularda nafaqat bir
mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks ettiriladi. Analitik
va sin-
tetik hisob yozuvlarini bitta hisob registrida bunday birlashtirilishi nati-
jasida alohida analitik hisob kartochkalarini yuritishga ehtiyoj qolmaydi.
Barcha analitik schotlar bo‘yicha yozuvlar jami bir vaqtning o‘zida sin-
tetik schot bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan ifodalanadi. Sintetik va
analitik hisobni bitta registrda birlashtirish
buxgalteriya hisobini tako-
millashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: