O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
3.1-jadval №01-MEMORIAL-ORDER Kassa muomalalari. Yanvar 200__ y. Korrespodensiyalanuvchi schotlar Asos (hujjatlarga yoki yozuvlar mazmuni) Debet Kredit Summa 2 yanvar uchun kassa hisoboti va h.k. 5110 5010 120000 Jami 120000 Buxgalter Ahmedov S.I. 99 Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jur- nalida qayd qilib boriladi (3.2-jadval). 3.2-jadval Memorial-orderlarni ro‘yxatga olish jurnali Yanvar 200__ y. Memorial-orderning tartib raqami Orderning sanasi Memorial- orderdagi summa 1 2 yanvar 120000 2 4 yanvar 80500 va h.k. Yanvar uchun jami 4005000 Shunday qilib, memorial-orderlar ro‘yxatga olish daftariga yozil- ganda ularga tartib raqami beriladi. Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik muomalalari jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashti- radigan memorial-orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan, «Kassa» schotining debeti va u bilan korrespondensiyalanadigan schot- larning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1 memorial-or- der, «Kassa» schotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuzi- ladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schotlar bo‘yicha ularni oy oxirida sintetik schotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashti- radigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi. Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilin- ganidan so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi. Memorial-order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir schot bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi. Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi. Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat qaydnomasi deb ham ataladi. Bosh daftar schotlarida faqat hisobot davri uchun joriy oborotlar hisobga olinadi. 100 Bosh daftar schotlarining shakli har bir korrespondensiyalanuvchi schot bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi shaklga ega (3.3-jadval): Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling