103
Bosh-jurnalga dastavval hisobot davrining
boshida schotlar
bo‘yicha qoldiqlar o‘tkazilib, so‘ngra korrespondensiyalanuvchi schotlar
bo‘yicha barcha oborotlar memorial orderlardan o‘tkaziladi.
Hisobot davri oxirida schotlar bo‘yicha
oborotlar va qoldiqlar
aniqlanadi. Bunda yozuvlar to‘g‘riligi quyidagicha tekshiriladi: barcha
schotlarning bir oydagi debet oborotlari summasi
barcha schotlarning bir
oylik kredit oborotlari summasiga teng bo‘lishi lozim.
Ushbu hisob shaklining mazmuni sintetik schotlar bo‘yicha oborot
qaydnomasi tuzishni istisno qiladi.
Schotlarda chiqarilgan qoldiqlarga asosan yakuniy balans tuziladi.
Buxgalteriya hisobi «Bosh-jurnal» shaklida
yuritilganida yozuvlar
ketma-ketligi va ma’lumotlarni guruhlash tartibi quyidagi chizmada
keltirilgan (3.3-rasm).
Memorial-orderga ilova qilingan dastlabki
hujjatlardagi barcha
xo‘jalik muomalalari belgilangan shakldagi analitik hisob qaydnomalari
va kartochkalariga tarqatib yoziladi. Ushbu
qaydnoma va kartochkalar
har bir sintetik schot uchun zaruratga qarab ochiladi va buxgalteriyada
maxsus reestrda ro‘yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: