O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
-rasm. Buxgalteriya hisobining «Bosh-jurnal» shakli
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
3.3-rasm. Buxgalteriya hisobining «Bosh-jurnal» shakli
«Bosh-jurnal» shaklining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, u qo‘l mehnati xarajatlarini biroz qisqartirsada, ammo unda memorial-order shakliga xos kamchiliklar mavjud. Hisobning Bosh-jurnal shakli Dastlabki hujjatlar Memorial-orderlar Кassa daftari Analitik hisob registrlari Registratsiya jurnali Analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi Balans va hisobotlar - joriy yozuvlar - yozuvlarni tekshirish 104 Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. Hisobning jurnal-order shakli ma’lumotlarni joriy hisobni yuritish va hisobot tuzishni ta’minlay- digan tartibda sintetik va analitik hisob registrlarida sistemalashtirish va to‘plashga asoslanadi. Bu shaklda hisob yuritish qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishga oid ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining bu shaklida asosiy hisob registrlari jurnal-orderlardir. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bevosita jurnal-orderda va qayd- nomalarda to‘planib boradi. Xo‘jalik muomalalarini sistematik va xro- nologik yozish bir vaqtning o‘zida ya’ni, bir xil ish usulida amalga oshiriladi. Zarur analitik ma’lumotlarni jurnal-orderlardan olish imkoni bo‘lmagan hollarda yordamchi qaydnomalardan foydalaniladi. Jurnal- orderlarning tuzilish tamoyili tegishli schotlar aloqasi ko‘rsatilgan holda hisob yuritishga asoslangan. Jurnal-orderlar shunday tuzilgan-ki, ularda iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil xo‘jalik muomalalari aks ettiriladi. Shuning uchun ayrim jurnal-orderlar bir necha schotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni aks ettirishga mo‘ljallangan. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini to‘g‘ri gu- ruhlash uchun jurnal-orderlarda schotlar krediti bo‘yicha namunaviy schotlar aloqasi ko‘rsatilgan. Shunday qilib, jurnal-order shaklining tuzilishi quyidagi asosiy ta- moyillarga asoslanadi: jurnal-orderlarda xo‘jalik muomalalari tegishli schotlarning krediti bo‘yicha debetlanuvchi schotlar ko‘rsatilib yozilishi; sintetik va analitik hisob yozuvlarining yagona tizimga birlashtiril- ishi; buxgalteriya hisobida muomalalar xo‘jalik faoliyatini nazorat qil- ish, davriy va yillik hisobot tuzishni ta’minlaydigan yo‘nalishda aks et- tiriladi; davriy va yillik hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan, analitik hisob moddalarining nomenklaturasi va ko‘rsatkichlari hamda schotlar aloqasi oldindan belgilangan hisob registrini qo‘llash. Yuqoridagi tamoyillarni yaqqol tasavvur qilish va jurnal-order shaklining mohiyatini tushunish maqsadida 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schoti bo‘yicha yuritiladigan 1-ASK jurnal-orderini ko‘rib chiqamiz (3.6-jadval). Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling