Mavzu: Elektron niverlerning tuzulishi va tekshirilishi


Download 0.71 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1488866
Bog'liq
Elektron niverlerning tuzulishi

  • Piketajlarni rejalash va trassani planga olish bilan birga qattiq muqovali daftarga piketaj daftarchasi olib boriladi (8.1-shakl). Piketaj daftariga joyni planga olish natijasi, trassani kesib o‘tuvchi yo‘l, daryo va boshqa konturlar tushiriladi. Trassaning qayrilish burchagi, burchak uchi strelka bilan ko‘rsatiladi. Nivelirlash jarayoni. Nivelirlash trassani davlat balandlik to‘ri reperli yoki markasiga bog‘lashdan boshlanadi ishonchli tekshirishini amalga oshirish uchun trassaning oxirgi nuqtasini birorta tayanch nuqtaga bog‘lash kerak. Trassani faqat bitta tomonini bog‘lash imkoniyati bo‘lsa nivelirlash ishlari to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda bajarilishi kerak. Joyda inshoot trassani nivelirlash jarayonini batafsil ko‘rib o‘tamiz (8.2.shakl). Jadvalda trassani nivelirlash jurnalining namunasi berilgan. Bog‘lovchi nuqta R10 va 0 piketning o‘rtasiga nivelir o‘rnatiladi. Asbob ish holatiga keltirilib, orqangi reyka qaratiladi va reykaning qora tomonidan 0615 (1) sanoq olinadi, truba oldingi reyka qaratilib reykaning qora tomonidan 1645 (2) sanoq olinadi.
  • Elektron nivelirlar hozirgi kunda geodezik asboblarning yangi turi hisoblanib, nivelirlash ishlarini sezilarli avtomatlashtirish imkonini tug‘diradi. Elektron nivelirlarning funksional imkoniyat- lari kengaytirilib, masofa o‘lchash aniqligini 20 mm gacha oshi- rishga erishilgan.
  • Elektron nivelirlar texnik tavsiflari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: aniqligi bo‘yicha — aniq, 0,7 mm/km yo‘lga; yuqori aniq- likda 0,3 mm/km yo‘lga; o‘lchangan informatsiyani saqlash turiga qarab ichki va tashqi xotirali (PCMCIA). 
  • Dasturli ta’minot quyidagi funksiyalarni bajarish imkoniyatini ta’minlaydi: tekshirish ishlari: burchakni aniqlash (qarash nurining adilak o‘qiga parallel emasligi), nivelirlash ishlari — reyka bo‘yicha ayrim sanoqlarni va masofalarni aniqlash, yo‘lni nivelirlash, nivelirlangan yakka yo‘lni tenglashtirish; taxeometrik masalalar — burchakli yo‘nalishlarni o‘lchash, koor- dinatalar orttirmalarini aniqlash, nazorat funksiyalari: reyka bo‘yicha sanoq aniqligi nazorati, qarash nurining yerdan balandligini nazorati, bekatda nisbiy balandlikning nazorati, seksiyada va bekatda yelkalar farqlaring nazorati. 55- rasmda raqamli DINI niveliri reykasi bilan, 55- rasm. Zamonaviy nivelirlar: — raqamli nivelir DINI reykasi bilan; — avtomatik nivelir NA reykasi bilan; — 3H—ÊË niveliri.
  • Raqamli nivelirlar aniqligi bo‘yicha: aniq DINI 21, DINI 22; yuqori aniqlikdagi: DINI 11, DINI 12; yuqori aniqlikdagi nivelirli taxeometrik stansiyalari: DINI 11T, DINI 21T ga bo‘linadi. 55- rasmda Rossiyaning Ural optika mexanika zavodida ishlab chi- qarilayotgan kiritilgan kompensator yordamida qarash nuri ufqiy holga avtomatik tarzda keladigan 3H-2KË niveliri ko‘rsatilgan. Uning komplektiga ikkita reyka va shtativ kiradi. U limbli va kompensatorli bo‘lib, unga 1 km ikkilangan reyka va shtativ kiradi. U limbli va kompensatorli bo‘lib, unda 1 km ikkilangan yo‘lni nivelirlash o‘rta kvadratik xatoligi 2 mm. Bundan tashqari, shu firmaning 3H-5Ë texnik aniqlikdagi kichik gabaritli niveliri quri- lish maydonlarida, borish qiyin bo‘lgan rayonlarda qidiruvlarida nisbiy balandliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan, limbli bir km yo‘lning nisbiy balandligini o‘lchash o‘rta kvadrat xatoligi 5 mm.
  • 2020 yil 17 yanvar kuni Suv xo'jaligi vazirligida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “O'zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” loyihamiz doirasida 28 dona elektron nivelir uskunalarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Bu uskunalar pilot hudud sifatida tanlangan 6 ta irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, shuningdek, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga taqdim etildi. 
  • Tadbirda Suv xo'jaligi vazirligi va Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi vakillari so'zga chiqib, loyiha doirasida olib borilayotgan hamkorlik o'zining samarali natijalarini berayotganligini ta'kidlashdi. 
  • Taqdim etilgan «Leica Sprinter 250M» rusumidagi zamonaviy raqamli nivelirlar suv xo'jaligi gidrotexnik inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish jarayonlarida masofa va balandliklarni o'lchash, to'ldirish va qazish farqlarini aniqlash, shuningdek, ma'lumotlarni saqlash va uzatish uchun katta imkoniyat yaratadi.
  • Suv resurslarini boshqarishda suv xo'jaligi tashkilotlarining texnik salohiyatini mustahkamlash maqsadida pilot hududlar sifatida Sirdaryo-So'x, Quyi Sirdaryo, Zarafshon, Amu-Qashqadaryo, Amu-Surxon, Chapqirg'oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tanlab olingan.
  • TEXNIK NIVELIRLASH JURNALINI QAYTA ISHLASH. Temir, avtomobil yo‘llarini, kanal, tonnel, elektr tarmoqlarini va suv o‘tkazish quvurlarini loyihalashda texnik nivelirlash bajariladi. Joyda trassani tanlash va mahkamlash. Chiziqli inshootlarining loyiha o‘qini karta yoki planga loyihalash trassalash deyiladi. Dala ishlaridan oldin trassa loyihasi kartaga tushiriladi. Undan keyin rekognostsirovka va joyda trassaning yo‘nalishi tanlanadi. Butun trassa boshlanishidan oxirigacha 100 m bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi. Har bir bo‘lakning oxiriga qoziqning boshi 1-2 sm qoldirib qoqiladi. Bu nuqtalar piketlar deyiladi. Qoziqning yoniga qorovul qoziq qoqib piket nomeri yozib qo‘yiladi. Trassaning boshlanishi o nomerli piketdan boshlanadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling