O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
3.9-jadval 
B O SH   J U R N A L 
 
№1000-
«Materiallar» 
schoti 
«Turli debitorlar 
va kreditorlar bi-
lan hisob-kito-
blar 
va 
h.
k. 
Me-
mo-
rial- 
order-
ning 
tar- 
tib 
raqa-
mi  
Or-
der 
sa-
na-
si  
Ope-
rat-
siya 
№ 
Hujjat 
va muo-
mala 
maz-
muni 
Obo-
rot 
sum-
ma-
lar 
D-t K-t D-t K-t  
Sal-
do 
    
15000 55000 
 
78000 
12000 
 
1 10.
01 
1 Mate-
riallar 
kelishi 
qaydno-
masi 
54000 54000  
 
54000   
 
I.t.d. 
 
         
 


 
 
109
Qishloq xo‘jalik korxonalarida hisob yuritishning jurnal-order 
shaklini qo‘llash amaliyoti uning ma’lumotlarini qo‘lda ishlash va klav-
ishali hisoblash mashinalaridan foydalanish sharoitida samarali 
ekanligini isbotlamoqda. 
Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli. Hisobning 
avtomatlashtirilgan shakli elektron hisoblash mashinalari(EHM)dan 
foydalanish asosida buxgalteriya hisobini to‘liq avtomatlashtirish va 
kompyuterlashtirishga asoslanadi. 
Hisob ma’lumotlariga ishlov berish uchun EHMdan foydalanishni 
ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqichda ishlab chiqilgan 
buxgalterlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning namunaviy 
loyihasi buxgalterlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning 
xususiyatlari saqlanib qolinganligi uchun EHM imkoniyatlaridan to‘liq 
foydalanilmagan. Bunda shartli doimiy ma’lumotlarning ko‘p qismi 
bevosita hujjatlardan kiritiladi. Natijada, u har bir muayyan holda 
mashinaga kiritilganligi uchun o‘zgaruvchan ma’lumotga tenglashtiril-
ganday bo‘ladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni to‘plash va ro‘yxatga 
olish hamda hujjatlarga hisoblash-ishlov berish avtomatlashtirilmagan. 
Ikkinchi bosqichda hisob vazifalarini to‘liq avtomatlashtirish va 
pyerifyerik texnikadan keng foydalaniladi. Bunda dastlabki 
ma’lumotlarnigina qayd qilishni avtomatlashtirish, uni aloqa shahob-
chalari va boshqa usullar yordamida EHMga uzatishga imkon yaratiladi. 
Bu vaqtda ma’lumotlarga hisoblash-ishlov berish, axborotlarni saralash
mashinagrammalarni pechatlash, hamda nazorat qilish bilan aloqador 
bo‘lgan barcha ma’lumotlar avtomatlashtiriladi. Avtomatlashtirilgan hi-
sob shaklining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
ma’lumotlarni yig‘ish va qayd qilish vositalaridan foydalanish; shartli-
doimiy ma’lumotlarga o‘zgaruvchan ma’lumotlar bilan birgalikda ishlov 
berilganda, ulardan ko‘p marta foydalanish uchun EHMning xotirasida 
to‘plash va dastlabki hujjatlardan barcha shartli-doimiy rekvizitlarni 
chiqarish hisobiga ularning mazmunini soddalashtirish; dastlabki ish 
hujjatlarining ma’lumotlari va ma’lumot (EHMga kiritilgan shartli-do-
imiy ma’lumot) massivlari asosida ma’lumotlarning oraliq massivlarini 
shakllantirish; avtomatik nazorat qilish va xatolarni ma’lumotlarga ish-
lov berish texnologik jarayonining barcha bosqichlarida tuzatib borish: 
natijaviy ma’lumotlar registri sifatida zarur ko‘rsatkichlar oldindan har-
flar bilan belgilangan mashina hujjatlari-mashinagrammalardan foy-
dalanish. 


 
 
110
Oraliq massivlar natijaviy ma’lumotlar olish uchun berilgan dastur 
bo‘yicha o‘zgartiriladi, ma’lumotlarni xos raqami (kod) bilan belgilash 
ayrim nomenklatura darajasida va to‘plamida ham bir xil amalga oshiri-
ladi. Ular mashina xotirasiga rasmiylashtirilgan, tasniflagich 
ko‘rinishida kiritiladi. Bunda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili – 
xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish to‘liq 
saqlanib qoladi. Natijaviy ma’lumot mashina chiqargichlarida va displey 
ekranida chiqishi mumkin. Elektron hisoblash mashinalari (EHM) 
asosida ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini 
yaratish buxgalterlik hisobi oldiga yangi talablar qo‘yadi. 
Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobining shakllarini rivojlantirishga 
zaruriyat kuchaymoqda. Bu rivojlanish hisobni zamonaviy elektron 
hisoblash mashinalaridan foydalanish negizida to‘la kompyuterlashtirish 
yo‘lidan bormoqda. 
Hisoblash texnikasini qo‘llash jarayonining butun tizimini tako-
millashtirish, ya’ni dastlabki hisobdan to davriy va yillik hisobotlar 
tuzgunga qadar nazorat, ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirish va bosh-
qarish oldiga quyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq takomil-
lashtirilib borilishi lozim (3.5-rasm).  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling