Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti 103-guruh talabasi Tufliyev Zafar


Download 1.08 Mb.
Sana10.03.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1258121
Bog'liq
2fPuRjvgazeds2KKa3i6DtR3wCGT76GC (1)

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti 103-guruh talabasi Tufliyev Zafar

Mustaqil ish

Fan:Inson va tabiat

Mavzu: Qoʻriqxonalar va tabiatni muhofaza qilish

Bajardi:Tufliyev Zafar

Tekshiruvchi:Ochilov.S.Z


Mavzu: Qoʻriqxonalar va tabiatni muhofaza qilish
Reja:
1.Qoriqxonalar nima?.
2.Qoriqxonalar nima maqsadda foydalaniladi
3.Qoriqxonalar nechta hozirgi paytda..
Qoʻriqxona — belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratilgan, alohida ilmiy yoki madaniy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalar), tabiiy obʼyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari; ilmiy tadqiqot va madaniy-maʼrifiy maqsadlar uchun uzoq muddatli saqlashga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy majmua.
Qoʻriqxona hududi va uning atrofidagi bel-gilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda qoʻriqxona tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obʼyektlarga xavf tugdiradigan har qanday faoliyat (ov qilish, balshq tutish, daraxt kesish, foydali qazil-malarni kavlash, oʻt oʻrish, mol boqish va boshqalar), shuningdek, qoʻriqxona faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va qishloq xoʻjaligi obʼyektlari qurilishi ham taqiqlanadi. Qoʻriqxona hududiga maʼmuriyatning ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi
Oʻzbekistonda qoʻriqxonalarning tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3 dekabrdagi „Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida“gi qonuni bilan tartibga solinadi. Qoʻriqxonalarda reja asosida i.-t. ishlari olib boriladi, tabiat yilnomalari, ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, qoʻriqxona hududi va milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va qoidalari ishlab chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol bio-sfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi.
Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq
Qashqadaryo viloyatida «Hisor» tog‘-archazor qo‘riqxonasidan tashqari O‘zbekistondagi yagona "Kitob” davlat qo‘riqxonasi Zarafshon tizma tog‘larining g‘arbiy qismida 1979-yilda tashkil etilgan. Bu yerda yurtimizdagi noyob o‘simlik va hayvonlar muhofaza qilinadi.
Shuningdek, Qo‘riqxonada nafaqat hududdagi ekotizimni saqlab qolish, Xalqaro va O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ga kiritilgan o‘simlik, hayvonot olamini ham muhofaza etishga xizmat qiladi
. Uning umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadi. Yer sharining geologik tarixi bo‘yicha tabiiy ilmiy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu geologik qo‘riqxona o‘z ahamiyati jihatidan jahon geologik merosining eng ajoyib ko‘rinishi sifatida xalqaro maqomga egadir.
"Kitob” davlat geologik qo‘riqxonasi nafaqat bir necha yuz million yillar avval yashagan, davrlar o‘tib iqlim o‘zgarishlari natijasida qadimgi dengiz jonzotlari tosh bo‘lib qotgan kesmalari, balki bugungi kun hayvonot va nabotot olami bilan ham mashhurdir. Qo‘riqxona hududida 300 xil manzarali o‘simliklar o‘sadi.
Qo‘riqxona hududida tarvaqaylab o‘sgan yong‘oqlar, hosili mo‘l qizil olmalar, baland bo‘yli, yovvoyi qizil do‘lanalar va boshqa daraxt turlarini uchratish mumkin. Ammo ularning shoxlarida sayrayotgan qushlar soni uncha ko‘p emas. 128 turi muhofaza qilinsa ham, aksariyati juda kam uchraydi. Shuningdek, Zinzilboy soyi bo‘ylab yurganda daraxt turlari, archalar, jilg‘alarni ham ko‘rish mumkin
Ammo ularning shoxlarida sayrayotgan qushlar soni uncha ko‘p emas. 128 turi muhofaza qilinsa ham, aksariyati juda kam uchraydi. Shuningdek, Zinzilboy soyi bo‘ylab yurganda daraxt turlari, archalar, jilg‘alarni ham ko‘rish mumkin. Bu yerda o‘simliklar, hayvonlar, qushlarning nihoyatda noyob turlarini uchratsa bo‘ladi. Ana shulardan biri hududimizda kam uchraydigan, o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi ko‘k qushdir. Tabiatda ko‘k va moviy tusli qushlar ko‘p, ammo ko‘k qush ularning hech biri emas. Uning ilmiy unvoni Myophonus caeruleus Scop deb nomlangan
Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling