O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Qo‘shimcha yozuv usuli schotlar aloqasi to‘g‘ri tuzilgan, lekin
xo‘jalik muomalasining summasi yozilishi kyerak bo‘lganidan kam qilib yozilgan paytda xatoni tuzatish uchun qo‘llaniladi. Qo‘shimcha yozuvda schotlar korrespondensiyasi xato (kam) yozilgan yozuvdagidek qilib, xato yozilgan va yozilishi kyerak bo‘lgan to‘g‘ri summa o‘rtasidagi farqiga tuziladi. Masalan, mol etkazib beruvchilardan 40000 so‘mlik Material olingan. Schotlar korrespondensiyasida esa 35000 so‘m deb ko‘rsa- tilgan. D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –35000 so‘m, K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga 97 to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 35000 so‘m. Ushbu xatoni tuzatish uchun yuqoridagi schotlarga 5000 so‘m qo‘shimcha yozuv qilinadi (40000-35000). D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –5000 so‘m, K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotining krediti –5000 so‘m Natijada ikkala yozuv summasi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasini to‘g‘ri aks ettiradi. Ayrim hisob registrlarida xatolarni tuzatishda ham qizil storno usulidan, ham qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, hisob ko‘rsat- kichlari tartibga solinib ham turiladi. Masalan, mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlashga oid hisob- kitobga muvofiq reja tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi qizil storno yoki qo‘shimcha yozuv yo‘li bilan hisob reg- istrlarida rasmiylashtiriladi. Agar mahsulot (ish, xizmat) ning haqiqiy tannarxi reja tannarxidan oshiq bo‘lsa, u holda qo‘shimcha yozuv usuli- dan foydalanib, farq summa oddiy rang bilan yoziladi, agar teskarisi bo‘lsa, unda qizil storno usulidan foydalaniladi.Shunday qilib, mahsulot (ish, xizmat) larning reja tannarxi bo‘yicha baholanib schotlarda aks et- tirilgan qiymati tartibga solish yozuvi yordamida haqiqiy tannarx dara- jasiga yetkaziladi. Tuzatilgan schotlar aloqasini yozishda xato yozuvning sanasi va raqamiga asoslanib, tuzatish sabablarini ko‘rsatgan holda izoh berish kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritishda xilma-xil texnik vositalar va turli hisob registrlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va grafalanishi turlicha daftarlar, kartochkalar va alohida varaqlar qo‘llaniladi, hisob registrlarining u yoki bu tartibda o‘zaro bog‘lanishi aniqlanadi va hisob registrlariga yozishning u yoki bu usuli, u yoki bu ketma-ketligi qo‘llaniladi. Muomalalarni qayd qilishda qo‘llaniladigan texnik vositalar va hisob registrlarining turli xil birlashmalari buxgalterlik hisobining har xil shakllarini ishlab chiqishga olib keladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling