O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
161
 
VI BOB. ASOSIY ISHLAB CHIQARISH JARAYONI 
HISOBI VA MAHSULOT (ISH, XIZMAT) LAR 
TANNARXINI KALKULYATSIYALASH 
 
6.1. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishni tashkil etish 
 
Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati uning uchun zarur bo‘lgan 
pul mablag‘lari, xom-ashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarim tay-
yor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yordamchi materiallar, asbob-
uskunalar, imorat, inshoot va boshqa moddiy boyliklar bilan ta’minlan-
gandan so‘ng boshlanishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida yuqorida 
sanab o‘tilgan mehnat buyumlariga kishilar mehnat qurollari bilan ta’sir 
qilib, mehnat buyumlarining shakl va ko‘rinishlarini o‘zgartiradi, nati-
jada ishlab chiqarish xarajatlari paydo bo‘ladi. Bu xarajatlar ishlab 
chiqarilayotgan tayyor mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat 
buyumlarining qiymati, ularning shaklini o‘zgartirishga ta’sir qilgan ish-
chilar ish haqi va ish haqiga nisbatan hisoblangan har xil ajratmalar 
summasi, mehnat buyumlariga ta’sir qilishda ishchilar tomonidan foy-
dalanilgan mehnat qurollarining amortizatsiya summasi hamda ishlab 
chiqarish faoliyatini boshqarish va unga rahbarlik qilish bilan bog‘liq 
bo‘lgan ko‘plab sarf-xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayoni bilan aloqador sintetik schotlar to‘g‘risida 
qisqacha tavsif berib chiqish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoni hiso-
bining vazifalari va ahamiyati haqida talabalarni tanishtirib chiqamiz. 
Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasidan tayyor mahsu-
lotlar olinadi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni biznes-reja va 
shartnoma-kontraktasiya asosida amalga oshirilib, ularda ishlab chiqari-
ladigan mahsulotlar hajmi va reja tannarxi belgilanadi. 
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan 
mahsulotlar aks ettiriladi hamda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi hisob-
kitob qilinadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
− 
natural va pul ifodasida ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini 
aniqlash. Bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori kabi, ular 
ayrim turlarining ham miqdori aniqlanadi; 


 
 
162
− 
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni aniqlash va mahsulot-
larning haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun korxonaning jami 
ishlab chiqarilgan mahsulotga qilgan xarajatlari hamda alohida mahsulot 
turlarining tannarxi aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olish uchun maxsus schotlar 
tayinlangan. Ularning asosiylaridan biri 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» 
schoti bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni aks 
ettirish va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash 
uchun qo‘llaniladi. Ushbu schotning debet tomonida mahsulot ishlab 
chiqarish uchun qilingan barcha xarajatlar to‘planadi, uning kreditida 
esa ishlab chiqarilgan mahsulotlar reja tannarxi bo‘yicha baholanib aks 
ettiriladi. Hisobot davri oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
haqiqiy tannarxi aniqlanib, reja tannarx haqiqiy tannarx darajasiga yet-
kaziladi. Bu ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchisi, agar haqiqiy 
tannarx reja tannarxdan past, ya’ni xarajatlar tejalgan bo‘lsa, o‘rtadagi 
farq summaga bu schotning krediti bo‘yicha «qizil storno» yozuvi 
amalga oshiriladi. Ikkinchisi aksincha, ya’ni haqiqiy tannarx reja tan-
narxdan yuqori bo‘lsa, o‘rtadagi farq summaga (rejadan oshiqcha sar-
flangan summaga) qo‘shimcha buxgalteriya yozuvi tuziladi. Shu tarzda 
reja tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq tuzatiladi (korrekti-
rovka qilinadi). 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti aktiv bo‘lib, un-
ing debetida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i qolishi mumkin. 
Alohida mahsulot turlarining tannarxi analitik schotlar 
ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. Analitik schotlar 2010-«Asosiy ishlab 
chiqarish» schotiga buyumlarning alohida turlari yoki bir xil mahsulotlar 
guruhlari bo‘yicha ochiladi. Oy davomida bu schot debetiga faqat 
bevosita asosiy ishlab chiqarish schotining tegishli analitik schoti de-
betiga yozish va aniq bir mahsulot tannarxiga qo‘shish mumkin bo‘lgan 
xarajatlar yoziladi. Bunday xarajatlar bevosita (to‘g‘ri) xarajatlar deb 
ataladi. Ularga ma’lum mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun sarfla-
nadigan asosiy Materiallar, ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodim-
larning ish haqi, texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan yoqilg‘i, 
elektr enyergiyasi, bug‘ va boshqalar kiradi. Ushbu schotning yoki te-
gishli analitik schotning debetiga bevosita olib borish imkoni 
bo‘lmagan, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari bil-
vosita (egri) xarajatlar deb ataladi. Ular maxsus yig‘ib-taqsimlovchi 
schotlarda hisobga olinadi. 
Umumishlab chiqarish xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
bo‘linmalarning boshqarish va xizmat ko‘rsatish xodimlarining ish haqi 


 
 
163
ijtimoiy sug‘urta ajratmalari bilan birga, sexlarning binolarini yoritish, 
isitish va suv ta’minoti, amortizatsiya va joriy ta’mirlash xarajatlari, 
mehnatni muhofaza qilish va boshqa xarajatlar. 2510-«Umumishlab 
chiqarish xarajatlari» schoti bo‘yicha analitik schotlar sanoat 
korxonalarida sexlar bo‘yicha, qishloq xo‘jalik korxonalarida tarmoqlar 
(o‘simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi va h.k.) bo‘yicha 
ochiladi, analitik schotlar doirasida xarajatlar hisobi moddalar bo‘yicha 
yuritiladi. 
Barcha tegishli xarajatlar oy davomida 2510-«Umumishlab 
chiqarish xarajatlari» schotining debetida hisobga olib boriladi. Oy 
oxirida bu xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga 
qo‘shish va tannarx hisoblash maqsadida 2510-«Umumishlab chiqarish 
xarajatlari» schotining kreditidan 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti 
va boshqa tegishli schotlar debetiga taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
Taqsimlash hisob-kitobi tegishli tarmoqda qabul qilingan taqsimlash 
uslubiga muvofiq shu tarmoqdagi bevosita xarajatlarga mutanosib 
amalga oshiriladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqiga 
mutanosib, qurilmalarning ishlagan mashina-soatlariga  mutanosib yoki 
qandaydir boshqa usul bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. Qishloq 
xo‘jaligidagi umumishlab chiqarish xarajatlari asosiy tarmoqlarning 
bevosita xarajatlariga (o‘simlikchilikda – urug‘lik, chorvachilikda – em-
xashak, sanoat ishlab chiqarishida – xom-ashyo va Materiallar qiymati 
chegirib tashlangan holda) mutanosib taqsimlanadi. Shunday qilib, bu 
schot bo‘yicha barcha xarajatlar hisobdan o‘chirilib, oy oxirida qoldiq 
qolmaydi. Ammo bu schot oy davomida debet qoldiqqa ega bo‘lganligi 
sababli aktiv schot hisoblanadi. 
6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» 
schotining mazmunini ko‘rib chiqamiz. Hisoblangan mehnat haqi ushbu 
schotning kreditida, ish haqidan ushlanadigan va xodimning qo‘liga 
beriladigan summalar esa debetida aks ettiriladi. Uning kredit qoldig‘i 
korxona xodimlariga hisoblangan, lekin hisobot sanasida to‘lanmagan 
ish haqi bo‘yicha qarzni bildiradi. Ish haqi bo‘yicha xarajatlar ham te-
gishli schotlarda aks ettirish orqali mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga 
qo‘shiladi. Misol, asosiy ishlab chiqarishdagi xodimlarga 100000 
so‘mlik ish haqi hisoblandi. Ushbu xo‘jalik muomalasi schotlarda quyi-
dagicha aks ettiriladi: 
Dt 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti100000 so‘m 
Kt 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha  
xodimlar bilan hisob-kitoblar» schoti100000 so‘m 


 
 
164
Ish haqidan ushlangan soliqlar hamda boshqa summalar 6710-
«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schotining debeti 
bo‘yicha aks ettiriladi. Chunki, bunda xodimlarga ish haqi bo‘yicha 
to‘lanadigan qarzlar kamayadi. Bir vaqtning o‘zida budjetga 
to‘lanadigan soliqlar bo‘yicha qarzlar ko‘payadi. Shuning uchun 6410-
«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» (soliq turlari bo‘yicha), 6450-
«Majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» (turlari bo‘yicha) schotlarning 
kreditida ham aks ettiriladi. 
Ish haqidan tashqari ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi va 
nafaqa fondlariga ham sarflangan ish haqi fondiga nisbatan belgilangan 
foiz hisobida to‘lovlar hisoblanadi. Ushbu summalar tegishli hisob-kito-
blarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta, bandlik xizmati va nafaqa fondi tash-
kilotlariga 5110-«Hisob-kitob schoti»dan o‘tkaziladi. Ushbu summalarni 
hisobga olish uchun 6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» 6520-
«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schotlari yuritiladi.  
Shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bilan 
asosiy vositalarning eskirishini hisobga oladigan schotlar (0211-0299) 
ham bog‘liq. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar eskiradi va 
ularning qiymatlari eskirish hisoblash me’yorlariga muvofiq mahsu-
lot(ish, xizmat)lar tannarxiga bo‘laklab o‘tkaziladi. Asosiy vositalar bu 
qismining puldagi ifodasi amortizatsiya deb ataladi. Amortizatsiya ajrat-
malarining summasi mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan 
ishlab chiqarish xarajatlarining turlaridan biri hisoblanadi. 
Amortizatsiya summalarini hisoblash va mahsulot (ish, xizmat)lar 
tannarxiga olib borish 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordam-
chi ishlab chiqarish», 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» va 
boshqa tegishli schotlarning debeti va asosiy vositalarning eskirishi hi-
sobga olinadigan kontraktiv schotlar (0211-0299) krediti bo‘yicha aks 
ettiriladi. 
Ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar 2810-«Tayyor mahsulot-
lar» schotining debetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotlar bu schotga 
reja tannarxi bo‘yicha baholanib. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» 
schotining kreditidan kirimga olinadi. Ularning haqiqiy tannarxi oy 
oxirida hisoblanadi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling