O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
165 6.2. Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining hisobi 6.2.1. Dehqonchilik tarmoqlarining tasnifi, hisobining uslubiy asoslari va vazifalari Dehqonchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy tarmo- qlaridan biri bo‘lib, aholining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi, chorvachilikni yem-xashak bilan ta’min- laydi va bu tarmoqning rivojlanishida zamin hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarga doir hukumat qarorlariga ko‘ra dehqonchilikda yaqin kelajakda don ekinlarining hosildorligini oshirish hisobiga olinadigan donning yillik o‘rtacha yalpi miqdorini jiddiy o‘stirishni, qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta, kartoshka va sabzavot, shuningdek, meva, rezavor, uzum) ishlabchiqarishni oshirishni ta’minlash nazarda tutiladi. Dehqonchilik tarmog‘ining muhim vazifalaridan biri chorvachilik uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish va ozuqa ishlab chiqarishni ko‘paytirishdir. Bu vazifalarni bajarish qishloq xo‘jaligining moddiy- texnika ta’minotini har tomonlama mustahkamlash, dehkonchilikni xi- miyalashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yo‘li bilan intensifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali ta’minlanadi. Bu vazifalarning hal etilishida dehqonchilik tarmoqlariga qilinadi- gan xarajatlar va undan olinadigan mahsulotlarni aniq hamda o‘z vaqtida hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Dehqonchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining o‘ta o‘ziga xos xususiyatlarga ega tarmog‘idir. Dehqonchilik tarmog‘ida mablag‘larning aylanishiga ishlab chiqarishning mavsumiylik xususiyati, jumladan, ish- lab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar olinishi o‘rtasidagi uzilish jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Dehqonchilik sohasiga ishlab chiqarish xarajatlari uzoq vaqt davomida qilinadi va o‘ta notekis tusda bo‘ladi. Sarflangan mab- lag‘larning qoplanishi mahsulotlarning chiqishi, pishib etilishining tabiiy sharoitlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarning barchasi, tabiiyki, ushbu sohada xarajatlarni hisobga olishni tashkil qilishda nazarda tutil- ishi lozim. Dehqonchilikda ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etishi hamda xarajatlar bir-biri bilan bog‘langan ikki yil hosili uchun parallel qilinishi tufayli, buxgalteriya hisobida ular yillar bo‘yicha aniq chegaralanishi lozim. Shuning uchun qishloq xo‘jalik korxonalarining dehqonchilik 166 xarajatlari buxgalteriya hisobida ikki qismga: joriy yildagi hamda kel- gusi yil hosili uchun qilingan xarajatlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, dehqonchilikda xarajatlar ayrim ishlab chiqarish- larda ko‘pincha konkret ekinlarni o‘stirish uchun ham amalga oshiriladi. Bu ham buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilishi lozim. Shuning uchun boshqaruv hisobida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ishlab chiqarish turlari va tegishli ekinlarni parvarish qilish bo‘yicha tashkil etiladi. Dehqonchilikdagi ishlab chiqarish – bir vaqtda amalga oshiriladi- gan jarayon emas. Ishlab chiqarish jarayoni yilning turli fasllarida (kuz, qish, bahor va yozda) bajariladigan har xil turdagi ishlardan tarkib topadi. Dehqonchilikdagi ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyi- dagi asosiy ishlar majmuidan iborat: tuproqni ekishga tayyorlash, ekish, ekinlarni parvarish qilish, hosilni yig‘ishtirish. Bu majmuilarning har biri ko‘p sonli aniq ishlardan, masalan, tuproqni ekishga tayyorlash, haydash, boronalash, mola bostirish, g‘altaklash, kultivatsiyalash va shunga o‘xshashlardan iborat. Demak, qilinadigan xarajatlar buxgal- teriya hisobida bajarilgan ish turlari bo‘yicha chegaralanishi lozim. Dehqonchilik ishlab chiqarishi jarayonida muayyan ishlarni bajar- ishda turli xarajatlar qilinadi: neft mahsulotlari, urug‘lik, o‘g‘it sarfla- nadi, mashinalar va boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalari qisman eskiradi, xodimlarga mehnat haqi hisoblanadi va to‘lanadi va hokazolar. Bunday xarajatlarning barchasi hisobda alohida-alohida to‘planishi lozim. Demak, boshqaruv hisobida dehqonchilik xarajatlarining hisobi umumiy summa bilan emas, balki xarajat moddalari bo‘yicha yuritilishi kerak. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining tarqoqligi tufayli bir turdagi ishlar va xarajatlar xo‘jalikning turli bo‘linmalarida bir vaqtda qilinishi mumkin. Boshqaruv buxgalteriya hisobi dehqonchilikdagi xarajatlarning mas'uliyat markazlari bo‘yicha chegaralanishini ta’minlashi lozim. Shunday qilib, dehqonchilik tarmog‘idagi ishlab chiqarish jaray- onining xususiyatlariga ko‘ra hisobda xarajatlar va tegishli yakuniy ma’lumotlarning olinishi quyidagilar bo‘yicha chegaralanishi lozim: - ishlab chiqarishning yondash yillari bo‘yicha; - ishlab chiqarish va ekinlarning asosiy turlari bo‘yicha; - bajariladigan ishlarning asosiy turlari bo‘yicha; - xarajatlarning asosiy moddalari (turlari) bo‘yicha; - mas'uliyat markazlari bo‘yicha. 167 Birinchi belgiga ko‘ra, xarajatlar haqida ishlab chiqarish yillari bo‘yicha ma’lumotlarni alohida-alohida olinishi joriy yil va kelgusi yil mahsulotlari uchun xarajatlarning alohida analitik schotlarini ochish hi- sobiga ta’minlanadi. Odatda, har bir yil boshida oldingi yildan o‘tgan xarajatlar joriy yildagi mahsulot xarajatlariga qo‘shiladi (nomenklatura hisobi muvofiq kelmagan hollarda ular alohida moddalar bo‘yicha taqsimlanadi); kelgusi yil hosiliga qilingan xarajatlar alohida ajratiladi. Xarajatlarni turlari bo‘yicha chegaralash, ya’ni ularni moddalar bo‘yicha hisobga olish schotlarning shakllarini tegishli tarzda tuzish hi- sobiga ta’minlanadi. Ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi ko‘p grafali registrlarda olib borilib, unda ochilayotgan schot bo‘yicha xara- jatlarning har bir turini hisobga olish uchun alohida grafalar ajratiladi. Xarajatlarni xo‘jalik bo‘linmalari bo‘yicha chegaralash, odatda, analitik hisobni tegishli tarzda tashkil etish hisobiga ta’minlanadi. Odatda, bu maqsadlarda ishlab chiqarish hisobotlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi registrlardan foydalaniladi. Xarajatlarning ishlab chiqarish, ekin va bajariladigan ishlar turlari bo‘yicha chegaralanishi, ularni hisobga olishning turli uslublarini qo‘llash orqali ta’minlanishi mumkin. Dehqonchilikda xarajatlarni hi- sobga olish va tashkil qilishning bir necha uslublari mavjud. Bajarilgan ishlarni hisobga olish uslublaridagi farqlarga qaramay dehqonchilikda xarajatlarni hisobga olishning yagona tamoyili parvar- ishlanayotgan ekin turlari yoki ekinlar guruhi bo‘yicha analitik schotlar ochishdir. Dehqonchilik tarmog‘i bo‘yicha boshqaruv hisobida quyidagi vazi- falar hal etilishi lozim: xarajatlarning asosiy ishlab chiqarish, ekinlar va ekin guruhlari bo‘yicha to‘g‘ri hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralanishi; xarajatlarning asosiy moddalari: mehnat, urug‘lik, o‘g‘it, yonilg‘i, yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari va tarmoqqa taalluqli boshqa xarajatlar bo‘yicha kyerakli ma’lumotlar olinishini ta’minlash; olinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq hisobga olish; mahsulot tannarxini hisoblash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni iqtisodiy asoslangan holda bir tizimga keltirish va umumlashtirish; xarajatlarni yondosh yillar ishlab chiqarishi bilan mahsulot olinadi- gan kelgusi qishloq xo‘jalik davrlariga taalluqli xarajatlarni doimo ajratib (kuzgi ekinlar, ko‘p yillik o‘tlar, shudgorlash va shu kabilarning xarajatlari) aniq hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralash; 168 tezkor nazorat va rahbarlikni amalga oshirish uchun xarajatlar haqida zarur axborot berishni ta’minlash. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling