Tutil bo’lishi kerak Mundarija
Download 141.42 Kb.
|
Vektor grafikasining imkoniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Tutil bo’lishi kerak Mundarija KIRISH 4 Kompyuter grafikasi tarixi 7 Vektor grafikasining tarixi va qo’llanilishi 21 Vektor grafikasi bilan ishlovchi dasturlar 31 Xulosa 39 Foydalanilgan adabiyotlar 40 1."The Non-Designer's Design Book" - Robin Williams 40 2."Don't Make Me Think" - Steve Krug 40 3."Designing for Interaction: Creating Smart Applications and Clever Devices" - Dan Saffer 40 4."The Elements of Typographic Style" - Robert Bringhurst 40 5."Thinking with Type: A Critical Guide for Designers, Writers, Editors, & Students" - Ellen Lupton 40 6."The Graphic Designer's Digital Toolkit: A Project-Based Introduction to Adobe Photoshop Creative Cloud, Illustrator Creative Cloud & InDesign Creative Cloud" - Allan Wood 40 7."Designing Brand Identity: An Essential Guide for the Whole Branding Team" - Alina Wheeler 40 8."Creative Workshop: 80 Challenges to Sharpen Your Design Skills" - David Sherwin 40 9."The Visual Display of Quantitative Information" - Edward Tufte 40 10."Graphic Design School: The Principles and Practice of Graphic Design" - David Dabner, Sandra Stewart, and Eric Zempol. 40 Foydalanilgan internet manbalari 40 1.ziyonet.uz 40 2.library.ziyonet.uz 40 3.dr.rtm.uz 40 Reja Kirish. Kompyuter grafikasi tarixi. Vektor grafikasining tarixi va qo’llanilishi. Vektor grafikasi bilan ishlovchi dasturlar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISHBiz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborotkompyuter tizimlari asrida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak. Respublikamizning ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan vazifalar va ularning amaliy natijalari kompyuter teхnologiyalarini o’rganish bilan bog’liq holda rivojlanmoqda. Bugungi kunda yoshlarimizni kompyuter savodхonligiga o’rgatish,jumladan, kompyuter dasturlaridan biri grafik dasturning imkoniyatlaridan foydalanish zamon talablaridan biridir. Bu dasturlar yordamida hujjatlarni bezash va dizayn ishlari, matbuotda, zamonaviy bino va inshootlarni loyihalashda, vektorli grafikaga mo’ljallangan ishlarni bajarishda keng foydalanilmoqda. Ana shunday dasturlardan biri CorelDraw dasturi hisoblanib, ushbu dastur yordamida grafik dizaynli har qanday ishlarni bajarishda, elektron hujjatlar tayyorlashda keng qo’llanilmoqda. CorelDraw dasturiy paketi takomillashib, ko’p imkoniyatlarga ega bo’lgan vositaga aylandi. Dastur oynasida murakkab amallarni bajarishga mo’ljallangan shunday uskunalar mavjud bo’lib, ular yordamida chegaraviy chiziqlar, millimetr o’lchami, soya berish, masshtabni o’zgartirish, matn yozish, diagrammalar, tayyor figuralar va shakllardan foydalanib chizish, chiziq turlari, ob’ektlarni biror burchakka burish va boshqa amallarni mukammal bajarish mumkin. CorelDraw fazoviy figuralar va tekislikdagi shakllarni tasvirlovchi dastur hisoblanib, kompyuter grafik imkoniyatlarining deyarli barcha jihatlarini ochib beradi. Dastur uch o’lchamli fazoda ish olib borishga mo’ljallangan. U yordamida bino va inshootlarning old va orqa ko’rinishlari – bosh fasad, hovli fasadi, yon fasadlari, ustki ko’rinishining planini chizishni hamda geometrik shakllarni chizishni amaliy mashg’ulotlarda kompyuterda bajarib ko’radilar. Har хil animatsiyalardan foydalanib, shakllarni harakatga keltiradilar. Bu esa shu fanga qiziqishni orttiradi va darsning samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda ―Kompyuter grafikasi har bir soha bilan uzviy bog’lanib, unga bo lgan ehtiyoj tobora o’shib borayotganligi sir emas. Kompyuter grafikasining qo’llanish ko’lami juda keng bo’lib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya‘ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Ma‘lumki axborot almashinuvida insonning ko’rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta‘sir etadi. Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo’lib, uni qabul qilib olish va miyada qayta ishlashda ko’proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma‘lum bir qismi yo’qotilib xotirada saqlanadi. Kompyuter grafikasida axborotni tuzish insonning ko’rish va eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo’lib, oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma‘lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi. Biz o’rganmoqchi bo’layotgan dastur Kanadaning Corel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan CorelDRAW grafik dasturidir. Bu firmaning juda ko’plab dasturiy mahsulotlari mavjud bo’lib, butun dunyoda keng ommalashib ketgan, eng so’ngi texnologiyalarni o’zida mujassamlashtiradi. Ushbu o’quv qo’llanmadagi ma‘lumotlar CorelDRAW X4 dasturining ruscha versiyalariga moslashtirilgan, ya‘ni qo’llanmadagi terminlar dastur jihozlarining nomlari, interfeys elementlari, parametrlar, effektlar nomlanishiga mos tushadi. O’quv qo’llanma CorelDRAW X4 dasturini mustaqil o’rganmoqchi bo’lgan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan. Undagi ma‘lumotlar foydalanuvchidan qandaydir maxsus tayyorgarlik talab qilmaydi va qisqa vaqtda CorelDRAW X4 dasturida ishlash imkoniyatini beradi. Qo’llanmadagi har bir amal ko’rgazmali ravishda tushuntirilgan. Ko’rgazmalar ikki qismdan, ya‘ni CorelDRAW X4 dasturining va yaratilayotgan grafik tasvirning amal bajarilguncha holati va amal bajarilgandan keyingi holati ko’rinishlaridan iborat. Barcha amallarning ko’rgazmali misollar bilan tasvirlanishi dasturlar bilan tezda tanishish imkoniyatini beradi. Bu dasturlarning grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shuningdek bu dasturlar bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog’liq bo’lib, kursantlar va boshqa ushbu qo’llanma o’quvchilarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o’rin tutadi deb umid qilamiz. Qo’llanmadagi mavzu bo’yicha nazorat savollari, test, keys va amaliy topshiriqlar mustaqil o’zlashtirish uchun yordam beradi deb o’ylaymiz. O’quv qo’llanma yuzasidan fikr va mulohazalarni mualliflar minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Download 141.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling