O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
VII BOB. REALIZATSIYA JARAYONI HISOBI VA
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
VII BOB. REALIZATSIYA JARAYONI HISOBI VA
MOLIYAVIY NATIJALARNI ANIQLASH 7.1. Realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalar hisobining nazariy asoslari Ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlari realizatsiya jarayonida xari- dorlarga jo‘natiladi va ular qabul qilib olgan mahsulotlari uchun shart- noma narxida fermer xo‘jaliklariga pul to‘laydi. Mahsulotlarning shart- noma bahosi tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi. Tayyor mahsulotlar xaridorlarga yetkazib berilgunga qadar bir qancha xarajatlar qilinadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni xaridorlarga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qo‘shilmaydi, ular davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadi va asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sotish (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish) shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma ma- jburiyatlarining bajarilishi va hisob-kitoblar ustidan nazorat o‘rnatish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar quyiladi: − barcha mahsulot (ish, xizmat)lar va ularning alohida turlari bo‘yicha haqiqiy realizatsiya hajmini aniqlash. Realizatsiya hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobida natural va qiymat o‘lchovlarida ifodalanadi; − sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxi va ularning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymatini taqqoslash yo‘li bilan realizatsiya jarayonining haqiqiy natijalarini aniqlash. Olingan foyda yoki ko‘rilgan zarar ko‘rsatkichi nafaqat butun mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya qilishning, balki ularning alohida tur- lari bo‘yicha ham rentabelli yoki norentabelli (zarar ko‘rilayotgan) mahsulot turlarini aniqlashga imkon beradi; − tayyor mahsulotlar va tovarlarning korxona omboridagi holati, ularning barcha harakatlanish bosqichlaridagi saqlanishi, xaridorlardan shartnomada ko‘rsatilgan oldin to‘lov(bo‘nak)larning o‘z vaqtida olin- ishi, tayyor mahsulotlar va tovarlarning xaridorlarga o‘z vaqtida yuklab 230 jo‘natilishi va bankka barcha to‘lov hujjatlarining taqdim etilishi hamda yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish. Realizatsiya jarayonini hisobga olish uchun qo‘llaniladigan schot- larning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daro- madlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130-«Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi» schotlari muhim o‘rin tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni to‘la tannarxi 9110, 9120, 9130, schotlarining debet tomonida, olingan daromadlar 9010, 9020, 9030-schotlarning kredit tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalarni hisobga olishda 9200-"Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schotlar" (9210-9220), 9300-Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schot- lar» (9310, 9320, 9330, 9340, 9350, 9360, 9370, 9380, 9390), 9410- «Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» (9410, 9420, 9430, 9440), 9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590), 9600-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» (9610, 9620, 9630, 9640, 9650, 9660, 9690), 9700-«Favqulodda foyda(zarar)larni hisobga oluvchi schotlar» (9710, 9720), 9800-«Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schotlar» (9810, 9820) va 9900- «Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar» (9910) qo‘llaniladi (1-ilova. Schotlar rejasining V qismiga qarang). Hisobot davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib, reali- zatsiya natijalari aniqlanadi. Yuqorida bayon qilingan umumiy qoidalarni quyidagi misollar va chizmalar bilan mustahkamlaymiz. Masalan, korxonaning birinchi sentabr 2011 yilga 2810-«Ombord- agi tayyor mahsulotlar» schoti va uning analitik schotlarida qoldiqlar quyidagicha: «V» mahsulot 276000 so‘m (18400 dona, haqiqiy tannarxi 15 so‘m), «G» mahsulot 300000 so‘m (15000 dona, haqiqiy tannarxi 20 so‘m). Jami:576000 so‘m Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling