partiyasi va yuk oluvchi uchun alohida to‘lg‘aziladi.
Mahsulotlar boshqa tashkilotlarning transportida tashilganida
tovar-transport nakladnoyi beshta nusxada to‘lg‘aziladi, ikkita nusxasi
avtotransport tashkilotining haydovchisida qoladi.
To‘lg‘azilgan tovar-transport nakladnoydlarini ombor mudiri
mahsulotlarni jo‘natish hujjatlarining reestri (№79-shakl) da ro‘yxatga
olib boradi.
Dehqon bozorlarida, do‘konlarda va boshqa savdo shahobchalarida
sotish uchun jo‘natiladigan mahsulotlar nakladnoylar bilan rasmiy-
lashtiriladi. Bozor, do‘kon va boshqa joylarda mahsulotlarni sotgan
shaxslar belgilangan muddatlarda mahsulotlarning sotilishi to‘g‘risida
hisobot (125-shakl) ni topshiradilar.
Hisobot ilova qilingan hujjatlar bilan birga hujjatlar aylanishining
reja-grafigida ko‘rsatilgan muddatlarda buxgalteriyaga topshiriladi.
Mahsulotlar korxona xodimlariga ish haqi hisobiga sotiladigan
mahsulotlar turi bo‘yicha qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |