O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Asosiy faoliyatning mahsulot (tovar, ish va xizmat) larini


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

7.3. Asosiy faoliyatning mahsulot (tovar, ish va xizmat) larini 
realizatsiya  qilishdan olingan daromadlar hisobi 
 
Tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xiz-
matlarning realizatsiya sidan olingan daromadlar, shuningdek, sotilgan 
tovarlarning qaytarilishi va chegirmalar quyidagi schotlarda aks ettiri-
ladi: 
9010- «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar»  
9020- «Tovarlarni sotishdan daromadlar» 
9030- «Ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatishidan daromadlar» 
9040- «Sotilgan tovarlarning qaytishi» 
9050- «Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar». 
Realizatsiya dan olingan daromadlarni hisobda aks ettirish paytin-
ing belgilanishi uchun huquq konsepsiyasi boshlang‘ich punkt bo‘lib 
hisoblanadi. Unga muvofiq realizatsiya  - bu tovarga bo‘lgan mulkiy hu-
quqning o‘tish paytidir va, shu tariqa, ko‘pincha, sotishdan olinadigan 
daromad tovarlarning yuklab jo‘natilishi paytida yuzaga keladi. 
Biroq amaliyotda yuklab jo‘natish paytida daromadni tan olish 
mumkin bo‘lmagan vaziyatlar ham bo‘ladi.  
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar iqtisodiy naf 
xo‘jalik yurituvchi subyektga kelgusida kelib tushadigan, ikkinchidan, 
ushbu naf ishonchli va aniq o‘lchanadigan bo‘lsagina aks ettiriladi. 
Ushbu ikkala shartga bir xilda rioya etilishi daromadlarni hisobga 
olishda juda muhim bo‘lib, ularning birinchisi, odatda hech qanday 
savollar keltirib chiqarmasada, ikkinchisiga aniqlik kirish zarur.  
G‘arb mamlakatlari amaliyotida tovarni qaytarish huquqi oddiy 
holat bo‘lib, ko‘pincha bu haqda oldi-sotdi shartnomalarida qayd etiladi, 
qaytarib berish davri esa bir necha kundan (tez buziladigan oziq-ovqat 
mahsulotlari uchun) bir necha yilgacha (nashr qilishga oid ayrim huqu-
qlarning oldi-sotdisi uchun) bo‘lishi mumkin. Modomiki qaytarish hu-
quqi mavjud va qaytarish hajmi sezilarli darajada bo‘lishi mumkin ekan, 
sotuvchi sotilgan mahsulotining qaytarilish riskini o‘z zimmasiga oladi 
va daromadning kelib tushish jarayonini jami daromad summasining 
kreditga sotish (yoki qisman oddindan to‘lovlar) sharoitida olinishini is-


 
 
243
honch bilan kafolatlash mumkin bo‘ladigan vaqtga qadar tugallangan 
deb hisoblash mumkin emas.  
Ushbu holatda, №2 BHMSga muvofiq tovarning xaridorga yuklab 
jo‘natilishi paytidan, to qaytarib berish muddati nihoyasiga etmaguniga 
qadar daromad deb tan olinmasligi, sotish payti esa 6230-«Boshqa ke-
chiktirilgan daromadlar» schotida aks ettirilishi mumkin. Bunda shuni 
ta’kidlash kyerakki, soliqqa tortish maqsadida daromadni tovarning 
sotilishi vaqtida tan olish zarur. 
Konsignatsion tovarlarni sotish qoidalariga muvofiq oluvchi (xari-
dor) tovarlarni yukni jo‘natuvchi (sotuvchi) nomidan sotish majburi-
yatini o‘z zimmasiga oladi, daromad hamda tovarning yuklab jo‘natilishi 
vaqtida daromad tan olinmaydi, balki tovarlar faqat yukni oluvchi to-
monidan uchinchi tarafga sotilgandagina, yukni jo‘natuvchi (sotuvchi) 
tomonidan tan olinadi. 
Mahsulotning sotish bahosi o‘z ichiga sotishdan keyingi xizmat 
ko‘rsatishning ma’lum bir summasini olgan holdagina, ushbu summan-
ing muddati kechiktirilishi va xizmatlar ko‘rsatib boriladigan davr uchun 
bo‘lgan asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad sifatida tan olinishi 
kerak. 
Masalan, kompyuterning realizatsiya  bahosi 500 ming so‘mni 
tashkil qiladi. Ushbu bahoga, oldi-sotdi shartnomasiga binoan, kom-
pyuetrga sotishdan keyingi bir yil davomida xizmat ko‘rsatish summasi 
— 60 ming so‘m (har oyda 5 ming so‘mdan) kiritilgan. Mazkur holatda 
kompyuterning sotilishi chog‘ida quyidagi provodka tuziladi: 
D-t 5110 «Hisob-kitob schoti»— 500,0 ming so‘m  
K-t 9020 «Tovarlarni sotishdan daromadlar» — 440,0 ming so‘m  
K-t 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» — 60,0 ming so‘m. 
Demak, komptyer realizatsiya sidan olingan daromad tovarning 
sotish bahosiga teng bo‘lgan summada (440,0 ming so‘m) aks ettiriladi, 
xizmatlar ko‘rsatilishidan olingan daromad esa (60,0 ming so‘m) faqat 
ushbu xizmatlar haqiqatdan ko‘rsatilgan paytdagina aks ettiriladi. Yil 
davomida har oyda balansda muddati kechiktirilgan daromad sifatida 
asta-sekin hisobdan chiqarib boriladi.  
D-t 6230-«Boshqa kechiktirilgan daromadlar» — 5,0 ming so‘m 
K-t 9030-«Ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishidan daromad» 
- 5,0 ming so‘m  
№2 BHMSga binoan asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daro-
mad xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan faqat uning schotiga olingan 
yoki olinishi lozim bo‘lgan yalpi tushumlardangina tashkil topadi. 


 
 
244
Xo‘jalik yurituvchi subyektga kelib tushuvchi va kapitalning 
ko‘payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar (QQS, aksiz va bosh-
qalar) kabi uchinchi shaxslar nomidan undiriladigan summalar asosiy 
xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarga qo‘shilmaydi va daro-
madlarni hisobga oluvchi schotlarda aks ettirilmaydi.  
Masalan, sotish chog‘ida QQS asosiy faoliyat daromadlarini hi-
sobga oluvchi schotlar(9010, 9020, 9030)ga kreditlanmasdan, quyidagi-
cha aks ettiriladi: 
D-t 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» 
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» 
Vositachilik faoliyatidan olinadigan yalpi tushumlar ham asosiy 
xo‘jalik faoliyati hisoblanmaydi va daromadlarni hisobga oluvchi 
schotlarda aks ettirilmaydi. Mazkur holatda komission taqdirlashlar 
summalari daromad bo‘lib hisoblanadi.  
Komission tovarlarning sotilishini quyidagi tarzda aks ettirish 
mumkin.  
D-t 5110 «Hisob-kitob schoti» - kelib tushgan pul mablag‘lari 
summasiga  
K-t 9030 «Ish bajarish va xizmat ko‘rsatishdan daromadlar» schoti 
– komission taqdirlash summasiga  
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schotlar», 6990 «Boshqa majburiyatlar» — komitentga to‘lanadigan 
qarzlar summasiga. 
Bunda shuni ham ta’kidlash lozimki, bu daromadni buxgalteriya 
hisobida tan olish va aks ettirish tamoyillari bo‘lib, ular soliqqa doir qo-
nunchilikning tamoyillari bilan mos kelmasligi mumkin (va juda ko‘p 
hollarda shunday ham bo‘ladi). 
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad faqat muomala bilan 
bog‘liq iqtisodiy naf xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan olinadigan 
bo‘lsagina tan olinadi. Daromadga kiritilib bo‘lingan summaning olinis-
higa tegishli noaniqliklar yuzaga kelgan hollarda, №2 BHMSga muvo-
fiq, qaytarib berilmagan summa yoki olinish imkoni bo‘lmagan summa, 
dastlab tan olingan summaga tuzatishlar sifatida emas, balki xarajat si-
fatida tan olinadi. Ya’ni, debitorlik qarzlarining undirilishiga gumon 
paydo bo‘lganda, dargumon qarzlar summalariga rezerv yaratilishi va 
korxona xarajatlari (zararlari)ga kiritilishi lozim: 
D-t 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schoti 
K-t 4910 «Dargumon qarzlar bo‘yicha rezyerv»schoti 


 
 
245
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati (tayyor mahsulot, 
tovarlarning sotilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi) 
bo‘yicha olingan daromadlar 9010, 9020, 9030-schotlar krediti va olina-
digan schotlar (4010, 4110, 4120) yoki pul mablag‘larini hisobga oluv-
chi schotlar (5010, 5110, 5210)ning debeti bo‘yicha aks ettiriladi.  
O‘tgan davrda olingan, biroq hisobot davriga tegishli bo‘lgan da-
romadlar summalari 6230- «Boshqa kechiktirilgan daromadlar», 6310-
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schotlari debeti 
bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.  
9010, 9020, 9030-schotlar krediti bo‘yicha xaridorlar va buyurtma-
chilarga (QQS, aksizlar va boshqa bilvosita soliqlar ayirib tashlangan 
holda) hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan yuklab jo‘natilgan mahsulot, 
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushumlar summasi aks 
ettiriladi.  
Masalan, ishlab chiqarish tannarxi 100000 so‘m bo‘lgan (QQS bi-
lan birga) mahsulot 300000 so‘mga sotilgan. Shartnomaga muvofiq 
100% oldin to‘lov (bo‘nak) olingan. 
1. Oldindan to‘lov olinganida: 
D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» schoti – 300000 so‘m 
K-t 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» – 
300000 so‘m 
2. QQSni hisobga olgan holda mahsulot realizatsiya si aks ettiril-
gan  
D-t 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» – 
300000 so‘m  
K-t 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schoti – 
240000 
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» - 
QQS – 60000 so‘m. 
3. Olingan bo‘naklar hisobga o‘tkazilganda: 
D-t 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» 
schoti – 300000 so‘m, 
K-t 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» – 
300000 so‘m. 
4. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi aks ettirilganda: 
D-t 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» schoti – 
100000 so‘m,  
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti – 100000 so‘m 


 
 
246
Mahsulot(tovar, ish va xizmat)lar realizatsiyasini schotlarda aks et-
tirishning ayrim xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. 
1. 
 QQS, aksizlarva boshqa bilvosita soliqlar (yoqilg‘i iste’moli 
uchun soliq) sotishdan olingan daromadlar schotida aks ettirilmaydi, 
ya’ni daromadlar schotida faqat sof tushumning o‘zi aks ettiriladi. 
2. 
 Sotishdan olinadigan daromadlar 9000-«Asosiy (operatsion) fao-
liyatning daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9010, 9020, 9030) 
schotlar kreditida sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish 
tannarxi 9100-«Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini 
hisobga oluvchi schotlar» (9110, 9120, 9130) schotlar debeti bo‘yicha 
aks ettiriladi. 
3. Hisobot davrining oxirida 9000, 9100-schotlar 9910-«Yakuniy 
moliyaviy natija» schoti bilan yopiladi. Ya’ni, bizning misolimizda:  
D-t 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schoti — 
240 000 so‘m 
K-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schoti — 240 000 so‘m 
va 
D-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schoti — 100000 so‘m 
K-t 9110 «Sotilgan mahsulot tannarxi» schoti — 100000 so‘m  
9000-«Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga 
oluvchi schotlar», 9100-«Sotilgan mahsulot(tovar, ish, xizmat)larning 
tannarxini hisobga oluvchi schotlar» yopilganidan so‘ng 9910-schot 
bo‘yicha aniqlangan saldo sotishdan olingan yalpi foydani ko‘rsatadi 
(150000 so‘m). 
 
YaF = SST-IT = 240 000 so‘m – 100 000 so‘m = 140 000 so‘m 
 
Faqat qolgan barcha schotlar (9300, 9400, 9500, 9600, 9700) yo-
pilganidan so‘ng 9910-schotda soliq to‘langunga qadar bo‘lgan 
foyda(zarar)ga ega bo‘lamiz.  
Foyda solig‘ining hisoblab yozilishi quyidagi provodka bilan aks 
ettiriladi: 
D-t 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schoti 
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» 
schoti 
Shundan so‘ng 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» 
schoti ham yopiladi: 
D-t 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schoti 
K-t 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schoti 


 
 
247
Endi 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schoti bo‘yicha saldo kor-
xonaning hisobot davri uchun sof foydasini aks ettiradi.  
Daromadlar oraliq to‘lovlar summalari va xaridorlardan olingan 
bo‘naklar summalari bo‘yicha tan olinmaydi. Ushbu summalar balansda 
majburiyatlar kabi: 6230-«Boshqa kechiktirilgan daromadlar», 6310-
«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schotlarida – joriy 
qismi, 7230-«Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar», 7310-
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schotlarida – uzoq 
muddatli qismi aks ettiriladi. 
Qishloq xo‘jaligining «Agrokimyota’minot», «Neftta’minot» va 
MTP kabi savdo, tayyorlov va ta’minot-sotish tashkilotlarida 9020-
«Tovarlarni sotishdan daromadlar» schotining krediti bo‘yicha sotilgan 
tovarlarning shartnoma bahosi (tayyorlov va ta’minot-sotish korxonalari 
uchun — QQS ayirilgan holda) aks ettiriladi. 
Masalan, tumandagi «Agrokimyota’minot» AJ tomonidan tannarxi 
120000 so‘m bo‘lgan tovar sotilgan. Shartnoma bo‘yicha QQSni hi-
sobga olgan holda sotish qiymati 200000 so‘m bo‘lib, 15%lik oldin 
to‘lov (bo‘nak) to‘lanishi belgilangan.  
1) olingan 15 % lik oldin to‘lov (bo‘nak) aks ettirilganda:  
D-t 5110 «Hisob-kitob schoti» — 30000 so‘m,  
K-t 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» 
schoti — 30000 so‘m. 
2) Tovarning 
sotilishi aks ettirilganda: 
D-t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» 
— 200000 so‘m 
K-t 9020 «Tovarlarni sotishdan daromadlar» schoti - 16667 so‘m 
K-t 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schoti - QQS- 
33333 so‘m. 
3) 
Ilgari olingan bo‘nak hisobdan chiqarilganda: 
D-t 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» 
schoti -30000 so‘m 
K-t 4010 «Xaridorlar va burtmachilardan olinadigan schotlar» — 
30000 so‘m. 
4) Sotilgan 
tovarning 
tannarxi hisobdan chiqarilganda: 
D-t 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi» schoti — 120000 so‘m 
K-t 2910 «Ombordagi tovarlar» schoti — 120000 so‘m.  
5) Xaridorning 
debitorlik qarzi qoplandi: 
D-t 5110 «Hisob-kitob schoti» — 170000 


 
 
248
4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» — 
170000 so‘m. 
Shundan so‘ng yuqorida keltirilgan misoldagiga o‘xshab hisobot 
davrining oxirida daromadlar va xarajatlarga oid barcha schotlar yopi-
ladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling