O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
ing oxirgi sanasiga bo‘lgan kursi bo‘yicha amalga oshiriladi, kurs farqi
summasi esa, balansning valyuta moddalarining qayta baholangungacha va undan keyingi qiymatlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Balansning valuta moddalariga quyidagilar kiradi: ¾ kassadagi, bankdagi depozit va ssudalar schotlaridagi valyuta mablag‘lari, shu jumladan, akkreditivlar; ¾ xorijiy valyutadagi pul hujjatlari; ¾ xorijiy valyutadagi qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar; 264 ¾ xorijiy valutada olingan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar. Valuta kursi farqlarini to‘g‘rilashda quyidagilar qayta hisob-kitob qilinmaydi: ¾ xo‘jalik yurituvchi subyektning xorijiy valyutaga sotib olingan mol-mulki (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar); ¾ xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitali va ta’sischilari (ishtirokchilar) ulushlarining nisbatlari, bularga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ham kiradi. Masalan, uskuna xorijiy valutaga sotib olingan va uning valyuta- dagi qiymati 100 ming AQSh dollari. Uskunaning qiymati milliy valyutada hisob-kitob qilish uchun ushbu operatsiya rasmiylashtirilgan sanada amal qilgan almashtirish kursi qabul qilinadi. Ushbu uskunani olish vaqtida amal qilgan 1 AQSh dollari 960,0 so‘mga teng bo‘lgan kursni hisobga olgan holda, uning qiymati 9600 ming so‘m deb baholanadi, mol yetkazib beruvchiga bo‘lgan kreditorlik qarzi ham mana shuncha summaga baholanadi. Uskunaning qiymati valuta kursining o‘zgarishi chog‘ida o‘zgarmasligi lozim, biroq, mol yetkazib beruvchidan kreditorlik qarzlari summasi to u to‘liq qoplanma- gunga qadar, har oyning oxirida qaytadan hisob-kitob (korrektirovka) qilib boriladi. Faraz qilaylik, hisobot oyining oxirgi sanasida 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 970 so‘mni tashkil qilgan va bu kreditorlik qarzlari summasi endi 9600,0 ming so‘mni emas, balki 9700,0 ming so‘mni tashkil qiladi. Jamlash usuli qo‘llanilganda mazkur salbiy kurs farqi (9600,0- 9700,0) muddati kechiktirilgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi: D-t 3230-«Boshqa kechiktirilgan boshqa xarajatlar» schoti — 100,0 ming so‘m K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti – 100,0 ming so‘m. Bevosita usul qo‘llanilganda salbiy kurs farqi jamlanmaydi, balki o‘sha zahotiyoq zararlarga kiritiladi: D-t 9620-«Valyuta kursi farqlaridan zararlar» - 100,0ming so‘m K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar»- 100,0 ming so‘m. Mol yetkazib beruvchiga qarz to‘langan (o‘tkazilgan) vaqtda esa 1 AQSh dollarining kursi 975,0 so‘mni tashkil qilgan. Bunda yetkazib 265 beruvchiga (10,0 x 975,0) q 9750,0 ming so‘m o‘tkazildi. Ushbu holatda bir hisobot davri doirasidan chiqmaydigan salbiy kurs farqi o‘sha za- hotiyoq zararlarga kiritiladi: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti - 9700,0 ming so‘m D-t 9620-«Valuta kursi farqlaridan zararlar» schoti – 9750,0 ming so‘m K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schotlari» - 9750,0 ming so‘m. Ilgari jamlash usuli bo‘yicha 3230-schotda aks ettirilgan kursdagi farq ham to‘lov amalga oshirilishi vaqtida zararlarga hisobdan chiqari- ladi: D-t 9620-«Valyuta kursidagi farqlardan ko‘riladigan zararlar» schot – 100,0 ming so‘m. K-t 3230-«Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» — 100,0 ming so‘m. Mazkur operatsiya bo‘yicha valyutadagi farqlardan ko‘rilgan jami umumiy zarar summasi 150,0 ming so‘mni tashkil qiladi. 9550-schotda mol-mulkning uzoq muddatli ijaraga berilishidan, shuningdek, moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar aks ettiriladi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha olinadigan daromad va joriy debitorlik qarzlarining qoplanishiga taqsimlanadigan lizing to‘lovi olinganda lizing beruvchi buni quyidagi tarzda aks ettiradi. Masalan, 1200,0 ming so‘mdan iborat summadagi lizing to‘lovi, qoplash jadvaliga muvofiq, lizing oluvchining asosiy qarzini (750,0 ming so‘m) kamaytirish va foizlar ko‘rinishidagi daromadga (450,0 ming so‘m) kiritilishi kyerak Hisoblab yozish tamoyiliga muvofiq oldin lizing bo‘yicha foizli da- romad hisoblab yozilishi kyerak: D-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti - 450,0 ming so‘m K-t 9550-«Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar» - 450,0 ming so‘m. Lizing oluvchidan undiriladigan asosiy qarzning joriy qismini tav- siflovchi lizingga oid olinadigan joriy to‘lovlar to‘lov muddati kelishi bilanoq 4810-«Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar» schotida aks ettirib quyilgan. Lizing to‘lovining olinishi chog‘ida op- eratsiya quyidagi tarzda aks ettiriladi: D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» — 1200,0 ming so‘m 266 K-t 4810-«Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar» schoti — 750,0 ming so‘m K-t 4830-«Olinadigan foizlar» schoti — 450,0 ming so‘m. 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar»- schotida qimmatli qog‘ozlarga quyilgan mablag‘larni qayta baholashda olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qayta baho- lash bilan bog‘liq xarajatlarni 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schotida aks ettirish mumkin. Masalan, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarning qayta baholanishi amalga oshirilgan: D-t 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti K-t 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta bahoshdan daromadlar» schoti. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan oli- nadigan daromadlar rezerv kapital schotlarida aks ettiriladi: D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti K-t 8510-«Aktivlarning qayta baholanishi bo‘yicha tuzatishlar» schoti Biroq, №12 BHMSning 22-bandiga muvofiq bozor bahosi bo‘yicha qayta baholangan qimmatli qog‘ozlarning sotilishi chog‘ida re- zyerv kapital schotlarida aks ettirilgan jami qo‘shimcha baholash sum- masi joriy davrning daromadi sifatida (yoki taqsimlanmagan foydaning ko‘payishi sifatida) aks ettiriladi: D-t 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schoti K-t 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schoti yoki 8720-«Jamg‘arilgan foyda». Qayta baholashda qimmatli qog‘ozlar bahosining arzonlashtiril- ganda: D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schoti K-t 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti. Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosi kamaytiril- ganda, uni, ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta baholashlar doirasida rezyerv kapitalini kamaytirish hisobiga kompensatsiyalash mumkin. Ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil qilingan rezyerv- dan ortiq bo‘lgan arzonlashtirish summasi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga qo‘shiladi. Masalan, qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosi 100,0 ming so‘mgacha kamaygan, oldingi qayta baholash hisobiga tashkil qilingan rezyerv esa 80,0 ming so‘mni tashkil qiladi: 267 D-t 8510-«Mol-mulkning qayta baholanishi bo‘yicha tuzatishlar» schoti —80,0 ming so‘m D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» — 20,0 ming so‘m K-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar» schoti – 100,0 ming so‘m. 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xara- jatlar»-schotida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schotlar bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Masalan, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha xarajatlar to‘langanida: D-t 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar» schoti K-t 5110-«Hisob-kitob schoti» yoki 6990-«Boshqa majburiyatlar» schoti Bunday xarajatlar soliq solish maqsadda daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydi. 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schotida moli- yaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar aks aks ettiriladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling