O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga olish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
7.5.2. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga olish Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish- quyidagi schotlarda yuritiladi: 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda» 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda» 9330-«Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar» 9340-«O‘tgan yillar foydalari» 9350-«Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar» . 9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» 9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari» 9380-«Tekin moliyaviy yordam» 9390-«Boshqa operatsion daromadlar». 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda» schotida asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda summasi 254 aks ettiriladi, u 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schoti kredi- tidan o‘tkaziladi, 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda» schotida esa boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olinadigan foyda summasi aks ettiriladi, u 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ket- ishi» schotining kreditidan o‘tkaziladi. 9330-«Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar» schotida qarz- dorlardan olingan (olinishi lozim bo‘lgan) jarimalar, penyalar, ustamalar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa jazo turlari, shuningdek, yetkazilgan zararlarning qoplanishi bo‘yicha daromadlar hisob-kitoblar yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan kor- respondensiyada aks ettiriladi. Masalan, xo‘jalik shartnomalari shartlarining buzilganligi uchun ustamalar olingan: Hisoblab yozishlar chog‘ida (xo‘jalik sudining qarori, inkasso ta- labnomasi taqdim etilgan hollarda): D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar» K-t 9330-«Undirilgan jarimalar, penyalar va ustamalar». Ustamaning‘ olinishi chog‘ida: D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» K-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar». Bu yerda yana bir marotaba ta’kidlash lozimki, xuddi buxgalteriya hisobidagi kabi, O‘zbekistonda soliq hisobining asosiy tamoyili hisoblab yozish tamoyili hisoblanadi, shuning uchun ham mazkur holatda daro- mad hisobda pul mablag‘larining haqiqatda olinishi vaqtidan qat’i nazar aks ettiriladi. 9340-«O‘tgan yillar foydasi» schotida hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi, shu jumladan, o‘tgan davrlarda aniqlangan xatolar natijasida aniqlangan summalar ham aks ettiriladi. Masalan, o‘tgan yillar uchun uskunaga doir ortiqcha hisoblab yozilgan amortizatsiyaga oid tuzatishlar aks ettirilgan: D-t 0230-«Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi» K-t 9340-«O‘tgan yillar foydasi». №3-«Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli BHMSga mu- vofiq avvalgi davrlarning moliyaviy hisobotlari tayyorlanishi chog‘ida yo‘l quyilgan xatoliklarni (muhim bo‘lmagan) tuzatish summasi hisobot davrining sof daromadi yoki zarariga kiritiladi. 9340-schotda aks ettiril- gan foyda korxonaning soliq solinadigan daromadiga kiritiladi; shuning- dek, daromadlar (foyda) solig‘ining o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar ham hisoblab yozilishi lozim. 255 Avvalgi davrda yo‘l quyilgan jiddiy xatoliklarga oid tuzatishlar summalari esa yil boshida taqsimlanmagan foyda qoldig‘ini o‘zgartirish yo‘li bilan aks ettiriladi. Masalan, moliyaviy natijalarga sezilarli dara- jada ta’sir ko‘rsatilgan hollarda shu holat (ortiqcha hisoblab yozilgan amortizatsiyaga oid tuzatishlar) quyidagi tartibda aks ettirilishi mumkin: D-t 0230-«Mashina va asbob-uskunalarning‘ eskirishi» K-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda» K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». Mazkur holatda jiddiy xato summasi aynan mana shu davrda olin- gan daromad deb hisoblanmasligi uchun joriy davrning daromadi sifa- tida aks ettirilmaydi. Ushbu summa daromadlarni hisobga oluvchi schotlarni chetlab o‘tganligi, ya’ni soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shilmaganligi uchun ham 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schotining krediti bo‘yicha tegishli soliq stavkasi bo‘yicha hisoblangan soliq summasi aks ettiriladi. 9350-«Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar» schotida mol- mulkning ijaraga berilishidan olingan (bir yildan ortiq bo‘lmagan mud- datga) daromadlar aks ettiriladi. Masalan, 200,0 ming so‘mdan iborat summadagi ijaradan olingan daromadning, QQSni hisobga olgan holda, hisoblab yozilishi chog‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiri- ladi: D-t 4820-«Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar»- 150,0 ming so‘m. K-t 9350-«Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar» — 125,0 ming so‘m. K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar», QQS- 25,0 ming so‘m Ijaradan daromad olinishi chog‘ida: D-t 5110-«Hisob-kitob schoti» — 150,0 ming so‘m K-t 4820-«Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar»- 150,0 ming so‘m Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling