O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatil-
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
7.9. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatil-
ishini hisobga olish Joriy yilda olinadigan foydadan yil davomida soliqlar va yig‘imlar to‘lash uchun foydalanish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi: 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schoti 9820-«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar». Daromad (foyda) solig‘i, yagona soliq, yalpi tushumdan yagona soliq, infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining hisoblab yozilishi 9810, 9820-schotlar debetida va 6410-"Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (tur- lari bo‘yicha)" schotining krediti bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. 9810 va 9820-schotlar debetida jamlangan summalar hi- sobot davrining oxirida ularning kreditidan 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schotining debetiga o‘tkazilib yopiladi. Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga va №21 BHMSga mu- vofiq hisobot davrida daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar vaqtincha farqlarning soliq samarasini hisobga olish asosida aniqlanadi. 269 Bizning amaliyotimiz uchun yangi bo‘lgan ayrim tushunchalarga to‘xtalib o‘tamiz. Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar — hisob siyosatiga muvofiq hisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig‘i summasi (9810-schot). To‘lanadigan daromad (foyda) solig‘i — soliqqa oid qonun hu- jjatlariga muvofiq hisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig‘i summasi (6410-schot). Muddati uzaytirilgan soliq majburiyati —soliqqa tortiladigan vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kelgusi davrlarda to‘lanadigan daromad (foyda) solig‘i summasi (6250, 7250-schotlar). Muddati uzaytirilgan soliq talabi — chegirib tashlanadigan vaqtin- chalik farqlar bo‘yicha kelgusi davrlarda qoplanadigan daromad (foyda) solig‘i summasi (0950, 3210-schotlar). Muddati uzaytirilgan soliq talablarining kelgusi davrlarda hisobga olinishi mazkur davrlardagi soliqqa tortiladigan daromadning kamay- tirilishini bildiradi. Muddati uzaytirilgan soliq majburiyati kelgusida soliqqa tortiladigan daromadni ko‘paytiradi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobot davridagi soliqqa tortiladigan daromadi 500,0 ming so‘mni, 3210-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i» schotining saldosi 40,0 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu esa o‘tgan hisobot davrlarida soliq soli- nadigan daromadning balans foydasidan katta bo‘lganligini va korxona hisob siyosatiga muvofiq hisoblab yozilganidan 40,0 ming so‘m ko‘p summani budjetga to‘laganligini anglatadi. Agar 3210-schotda vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati kechik- tirilgan daromad (foyda) solig‘i summalari mavjud bo‘lmaganda edi, korxona budjetga 100,0 ming so‘m daromad solig‘i (500000x20%:100%) to‘lagan bo‘lar edi. Biroq 3210-schotdagi qoldiq ushbu summani kamaytiradi va korxona budjetga 40000 so‘m kam, ya’ni 60000 so‘m daromad solig‘i to‘laydi (100000-40000). D-t 6410-«Foyda solig‘i bo‘yicha budjetdan qarzlar» schoti - 40000 K-t 3210-«Vaqtinchalik farqlarga bo‘yicha muddati kechiktirilgan daromad solig‘i» schoti - 40000. Demak, agar korxona, chegirmalar amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yetarlicha soliqqa tortiladigan daromad olgandagina, soliq to‘lovlarining qisqartirilishi shaklidagi iqtisodiy nafni qo‘lga kiritadi. Shuning uchun, agar korxonada vaqtinchalik farqlar chegirib tashlanadi- 270 gan, soliqqa tortiladigan daromadni olish ehtimoli mavjud bo‘lgandagina muddati uzaytiriladigan soliq talabi tan olish o‘rinli hisoblanadi. 9820-«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schotida korxonalarning foydasidan to‘lanadigan boshqa soliqlarga oid hisoblab yozishlar aks ettiriladi. Masalan, infratuzilmani rivojlantirish uchun to‘lanadigan soliqning hisoblab yozilishi schotlarda quyidagicha aks ettiriladi. D-t 9820-«Foydadan olingan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schoti K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schoti. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling