O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Moliya xo‘jalik faoliyati natijasida foyda olinsa qanday bux-


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

8. Moliya xo‘jalik faoliyati natijasida foyda olinsa qanday bux-
galteriya provodkasi tuziladi? 
A) Dt 8720  Kt 9910 
B) Dt 9910  Kt 8720 
C) Dt 8710  Kt 8720 
D) Dt 9910  Kt 8710 
9.  Moliya xo‘jalik faoliyati natijasida zarar ko‘rilsa qanday 
schotlar aloqasi tuziladi? 
A) Dt 9910  Kt 8720 
B) Dt 8510  Kt 9910 
C) Dt 8710  Kt 9910 
D) Dt 9910  Kt 8310 


 
 
283
10. Moliyaviy hisobotda daromadlar va xarajatlar qaysi shak-
lda aks ettiriladi? 
A) 1-shakl «Buxgalteriya balansi» 
B) 2-shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» 
C) 3-shakl «Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot»  
D) 4-shakl «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot» 
 
 


 
 
284
 
VIII BOB. BUXGALTERIYA HISOBOTLARI 
 
8.1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati 
 
Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat tomonidan boshqaruv 
funksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari 
buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomala-
lari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi 
va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya hisobotlariga o‘tkaziladi. 
Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot 
korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoli-
yati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qara-
ladi. Hisobotlar ma’lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar 
bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. 
O‘z navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi 
lozim bo‘lgan davr. 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasiga mu-
vofiq moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrga 
qadar bo‘lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil etilgan yu-
ridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sanadan 
boshlab, yuridik shaxs hisoblanmaydigan subyektlar uchun esa ular te-
gishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan sanadan boshlab, o‘sha yil-
ning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi 
belgilangan.  
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt joriy yilning 1 oktyabridan keyin 
ro‘yxatga olingan bo‘lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yiln-
ing 31 dekabrida tugaydi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgungacha 
amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning 
birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi.  
Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi avvalo
korxonaning o‘zi uchun zarur va muayyan korxona moliya-xo‘jalik 
faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish kiritish bi-
lan bog‘liq.  


 
 
285
Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan 
foydalanuvchilarning mulklar, moliyaviy ahvol, foyda va zararlar ahvoli 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lgan, istalgan faktlarni ochib berishi lozim. Bunday axborotlardan 
foydalanuvchilar rahbarlar, ta’sischilar, ishtirokchilar va korxona 
mulkining egalari hisoblanadi.  
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati, mulkiy ahvoli va moliyaviy 
barqarorlik darajasi to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital quyish-
dan manfaatdor bo‘lgan investorlarda ham uchun qiziqish uyg‘otadi.  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling