284
VIII BOB. BUXGALTERIYA HISOBOTLARI
8.1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati
Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat
tomonidan boshqaruv
funksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari
buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik
muomala-
lari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi
va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya hisobotlariga o‘tkaziladi.
Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot
korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoli-
yati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
yagona tizimi sifatida qara-
ladi. Hisobotlar ma’lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar
bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi.
O‘z navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi
lozim bo‘lgan davr.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasiga mu-
vofiq moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrga
qadar bo‘lgan kalendar yil deb belgilangan.
Yangidan tashkil etilgan yu-
ridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sanadan
boshlab, yuridik shaxs hisoblanmaydigan subyektlar uchun esa ular te-
gishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan sanadan boshlab, o‘sha yil-
ning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr birinchi hisobot
yili deb hisoblanishi
belgilangan.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt joriy yilning 1 oktyabridan keyin
ro‘yxatga olingan bo‘lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yiln-
ing 31 dekabrida tugaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgungacha
amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning
birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi.
Hisob axborotlarini umumlashtirishning
bunday tartibi avvalo,
korxonaning o‘zi uchun zarur va muayyan korxona moliya-xo‘jalik
faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish kiritish bi-
lan bog‘liq.
285
Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan
foydalanuvchilarning mulklar, moliyaviy ahvol,
foyda va zararlar ahvoli
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan, istalgan faktlarni ochib berishi lozim. Bunday axborotlardan
foydalanuvchilar rahbarlar, ta’sischilar,
ishtirokchilar va korxona
mulkining egalari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati, mulkiy ahvoli va moliyaviy
barqarorlik darajasi to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital quyish-
dan manfaatdor bo‘lgan investorlarda ham uchun qiziqish uyg‘otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: