O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Tejamlilik tegishli hisobot shakllarini unifikatsiyalash va standart-
lash, ayrim ko‘rsatkichlarni hisobot ma’lumotlarining sifatiga zarar yet- kazmaydigan tarzda qisqartirish yo‘li bilan yerishiladi. Bu eng avvalo, axborot-ma’lumotnoma tavsifidagi ko‘rsatkichlarga taalluqlidir. Moliyaviy hisobotga quyiladigan talablardan biri – uni rasmiy- lashtirish hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, ma- jburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valyuta – so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish O‘zbekiston Respublikasi «Bux- galteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasida belgilangan ro‘yxatdagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ularga ochiq aksi- yadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar bir- jalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari kiradi. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish axborotdan foydalanuvchilar uchun ma’lumot olish imkoni bo‘lgan ommaviy axborot vositalarida yoki tegishli nashrlarda, hamda qiziquvchilarga taqdim etish uchun korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat statistika organlariga taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishidan oldin auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilib, ijo- biy auditorlik xulosasi olingan va xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqaruv organi (aksiyadorlarning umumiy majlisi, ta’sischilar majlisi va h.k.) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar 288 to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdan foydalanu- vchilarga mazkur korxonaga kapital quyish va boshqa masalalar bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya balansi qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi mumkin va uning mazmuni korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining qoi- dalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi lozim. Yillik moli- yaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mum- kin. Uning mazmuni mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr (baho) dan iborat. Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling