O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
T U R К U M L A Sh M E Z O N L A R I
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOBOT TURLARI
T U R К U M L A Sh M E Z O N L A R I
Buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlar hajmiga ko‘ra tuzilish maqsadiga ko‘ra Davriyligi bo‘yicha HISOBOT TURLARI Qisman hisobot Tashqi hisobot Davriy (joriy) hisobot Umumiy hisobot Ichki hisobot Yillik hisobot 290 a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul qilish uchun; b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash; B) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish. Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi. Yillik moliyaviy hisobot shakllarini tuzishdan oldin katta tayyor- garlik ishlari amalga oshiriladi. Uning mazmuni hisob ma’lumotlarining mulklar va ular manbalarining haqiqiy mavjud qoldiqlariga mosligini tasdiqlash bilan belgilanadi. Shuning uchun yillik balansni tuzishga yil davomida tuziladigan balanslarga qaraganda juda yuqori ishonchlilikni ta’minlash talabi quy- iladi. Bunda tayyorgarlik ishlarining negizi barcha turdagi xo‘jalik mab- lag‘lari va mablag‘lar manbalarini to‘liq inventarizatsiya qilishdan ibo- rat. Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar bilan tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to‘ldirilishini nazarda tutadi. Balansni tuzishdan oldin analitik hisob schotlari bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bosh daftardagi schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bilan solishtirilib, tekshirilishi lozim. Bunda ularning tengligiga ishonch hosil qilish zarur. Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma’lum talablar quyiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini baholash qoidalariga rioya qilish kyerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektning mulklari va majburiyatlarini baho- lashning umumiy tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 12-moddasida belgilangan. Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining bahosini shakllantirish tamoyillari quyidagi yondoshuvlarni nazarda tutadi: − pul to‘lash yo‘li bilan sotib olingan mulklar sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha baholanadi; − bepul olingan mulklar balansda hisobga olingan sanadagi bozor bahosi bo‘yicha aks ettiriladi; − xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zida tayyorlangan mulklar ularni tayyorlash xarajatlarining summasi bo‘yicha balansga qabul qili- nadi; 291 − asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati nati- jalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar amalga oshiriladi; − asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar balansda qoldiq qiymati bo‘yicha baholanadi; − mulklar va majburiyatlarni baholashning boshqacha uslublari amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan hollarda ruxsat etiladi. Buxgalteriya hisobotlari shakllariga quyiladigan umumiy talablar ularda bo‘yab tuzatish va noaniqliklar bo‘lmasligini nazarda tutadi. Agar shakllarda xatolar aniqlansa, ular o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha tuzatil- ishi lozim. Buxgalteriya hisobotlarida aniqlangan xatolar ular qaysi davrga taalluqli bo‘lishlaridan qat’iy nazar hisobot davridan keyingi birinchi davrda (chorakda, yil boshidan) tuzatilishi lozim. Tuzatishning bunday varianti ichki audit xizmati yoki nazorat organlari tomonidan aniqlan- gan, tekshiruvlar va inventarizatsiya chog‘ida aniqlangan noaniqliklarni tuzatishga ruxsat etiladi. Tuzatishlar tegishli tarzda izoh berilib, tuzatish sanasi ko‘rsatilgan holda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga quyiladigan talablar, umuman olganda joriy buxgalteriya hisobini shakllantirishga quyiladigan talablarga mos keladi. Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. Buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tash- kilotlar tomonidan yoki buxgalteriya hisobiga doir mutaxassis bilan fu- qarolik-huquqiy shartnomasi asosida yuritiladigan tashkilotlarda bux- galteriya hisobotlari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamda hisobni yurituvchi chet tashkilot vakili yoki mutaxassis tomonidan imzolanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling