O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni qaysi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni qaysi 
organlarga taqdim qilinadi?  
A) Soliq organlariga, davlat statistika organlariga, ta’sis 
hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, qonunchilikda ko‘zda tutilgan 
boshqa organlarga 
B) Statistika organlariga, jismoniy shaxslarga, mulkdorlarga, 
homiylarga 
C) Fermer xo‘jaliklari uyushmasiga, oilalarga, jismoniy shaxslarga, 
soliq inspeksiyasiga 
D) Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga, fermer xo‘jaliklari 
uyushmasiga, oilalarga, jismoniy shaxslarga 
 
 


 
 
297
 
IX BOB. STATISTIKANING MAZMUNI, PREDMETI 
VA METODI 
 
9.1.  Statistika to‘g‘risida umumiy tushuncha  
 
«Statistika» atamasi lotincha «status» so‘zidan olingan bo‘lib, bu 
so‘z hodisalarning holati, vaziyati, ahvoli degan ma’noni bildiradi. Ik-
kinchi bir ma’nosi davlat to‘g‘risidagi muayyan bilim, ma’lumotlar 
yig‘indisi va davlat ishi bilan shug‘ullanuvchilar degan ma’noni 
anglatadi. 
Shu bilan bir qatorda, ushbu nom bilan ayrim davlatlarning tuzil-
ishi va ahvoliga oid bilimlar ham yuritilgan. Shu bilimlarga ega bo‘lgan 
shaxslarni davlat va siyosatlar bilimdoni deb atashgan. 
Demak, dastlab statistika deganda davlatlar haqidagi turli-tuman 
bilimlar (ma’lumotlar) to‘plami tushunilgan, keyinchalik bu nom bilan 
ijtimoiy hayotning turli tomonlarini belgilab beruvchi ma’lumotlar yu-
ritilgan va nihoyat ijtimoiy fanlarning maxsus tarmog‘i ham- «Sta-
tistika» deb atalgan. 
Hozirgi paytda bu tyermin har xil ma’noda qo‘llaniladi. Statistika 
deganda avvalo, ijtimoiy hayotning turli tomonlari-ishlab chiqarish va 
uning mahsulini taqsimlash, sotish hamda iste’mol qilish, madaniy, 
ma’naviy va siyosiy hayotdagi hodisa va voqealar, aholining moddiy 
farovonligi va hokazolarni ta’riflaydigan umumiy ko‘rsatkichlar tu-
shuniladi. Tegishli ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan amaliy faoliyat ham statistika deb ataladi.  
Demak, hozirgi kunda statistika nazariyasi o‘z ob’yekti va usuliga 
ega bo‘lgan mustaqil fan bo‘lib, amaliy faoliyatidagi mustaqil tarmoqlari 
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi, viloyat-
larda statistika boshqarmalari, tumanlarda (shaharlarda) esa statistika 
bo‘limlarini o‘z ichiga qamrab olgan. 
Statistika ko‘p asrlik tarixga egadir. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 
yeramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi hisobi (ro‘yxati), Rossiya 
(Moskva) da esa ikki marta (1362 va 1389 yillarda) aholi ro‘yxati 
o‘tkazilgan. XV asrda Moskvada «Mirza daftarlari» nomi bilan ma’lum 
bo‘lgan maxsus statistik to‘plamlar tuzilgan. Pyotr I davrida «aholi taf-
tishi» nomi bilan mashhur bo‘lgan soliq to‘lovchi aholi ro‘yxatlari 


 
 
298
o‘tkazila boshlangan. Jami 10 marta taftish (oxirgilari 1857-1860 yil-
larda) o‘tkazilgan. Ulardagi ma’lumotlar XVIII va XIX asrning birinchi 
yarmidagi Rossiya aholisining sonini tavsiflovchi yagona manba bo‘lib 
hisoblangan. 
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida 
shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga 
keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U.Petti (1623-1687) va Jon 
Graunt (1620-1674) bo‘lganlar. U.Pettini o‘z vaqtida iqtisodning «otasi» 
va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. 
Yevropada statistikaning asoschisi bo‘lib belgiyalik olim A.Ketle 
(1796-1874) hisoblangan. O‘sha davrda Germaniyada P.Axenvall (1719-
1772) birinchi marta «statistika» so‘zini qo‘llagan. Angliyada esa A. 
Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. 
Rossiyada statistikaning rivojlanishiga quyidagi olimlar o‘z his-
salarini qo‘shishgan:  
N.Tatishchev (1686-1750) birinchi marotaba aholi ro‘yxatini 
o‘tkazish bilan birga aholining joriy hisobini tadbiq qilish lozimligini 
kun tartibiga qo‘ydi.  
I.Krilov (1689-1737) statistika tarixida birinchi marotaba davlatni 
tavsiflovchi iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni jadval yordamida izohladi. 
P.Juravskiy (1810-1856) birinchi marotaba statistika - fanining 
ta’rifini berdi, guruhlash rolini ko‘rsatdi, markaziy statistika boshqarma-
sini tashkil etish to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. 
Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914) ma’lum darajada rus davlati 
statistikasining «otasi» hisoblanadi. U 1864 yilda markaziy statistika 
qo‘mitasining boshlig‘i etib tayinlangan. Uning rahbarligi ostida 1897 
yilda butun Rossiya aholisining ro‘yxati o‘tkazilgan. 
E.Yanson (1835-1893) birinchi marotaba Rossiyada nazariy sta-
tistika bo‘yicha darslik yozgan. 
Rus statistikasini rivojlantirishda A.I.Chuprov (1842-1908), 
AL.Chuprov (1974-1926), N.A.Kablukov (1849-1919), A.A.Kaufman 
(1864-1919), V.E.Varzar (1851-1910) va boshqalar juda katta xizmat 
qilishgan. 
Rus statistikasining rivojlanishida zemstvo statistikasi alohida o‘rin 
tutadi. Bu statistika XIX asrning boshlarida vujudga kelgan edi. V.I. 
Orlov (1849-1885), A.P.Shlikeviya (1849-1909), A.A.Rusov (1847-
1915) va boshqalar zemstvo statistikasining buyuk namoyandalaridan 
bo‘lib hisoblanadi. Zemstvo statistikasi yer va uning sifati, undan oli-
nadigan daromadni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Ularning to‘plagan 


 
 
299
ma’lumotlaridan keyinchalik bir qancha iqtisodchi olimlar juda keng 
foydalanishgan. 
Sobiq ittifoq davrida statistika nazariyasi va amaliyotini rivojlanti-
rishda quyidagi olimlarning xizmatlari kattadir: 
Akademik S.R.Strumilin (1877-1975) - mehnat resurslari, mehnat 
unumdorligi, ilmiy texnika taraqqiyoti kabi muhim muammolarni 
yechishning yangi usullarini ishlab chiqdi. 
Akademik V.S.Nemchinov (1894-1964) - qishloq xo‘jaligi statisti-
kasiga asos solgan birinchi olimdir. U iqtisodiy tadqiqot fanida yangi, 
ya’ni iqtisodiy tadqiqot va rejalashtirishda matematika usulini qo‘llashni 
asoslab berdi. 
V.N.Starovskiy, M.I.Smit, B.S.Yastremskiy, M.V.Gurevich, 
L.V.Nekrash, A.I.Rotshteyn, D.V.Savinskiy, S.M.Yugenburg, G.A.Bak-
lanov, A.I. Gazulov, N.K.Drujinin, A.I.Ejov, A.I.Petrov, G.V.Rya-
bushkin, E.N. Freymundt, A.M.Dubrov, V.E.Adamov, V.M. Ryabsev 
kabilar yuqori malakali statistlarni tayyorlashda muhim hissa qo‘shdilar. 
Bu fanni O‘zbekistonda rivojlantirishda professorlar N.Soatov, 
E.Akramov, I.Yermatov, X.Nabiyev, S.Sirojiddinov, Yo.Abdullayev, 
M.Xamroyev, Z.Toshmatov, X.Shodiyev, B.Usmonov, A.Nabixo‘jayev 
va X.Xo‘jaqulov kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling