O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Statistika fanining predmeti va metodi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
9.2. Statistika fanining predmeti va metodi
Statistika mustaqil ijtimoiy fan bo‘lib, o‘zining xususiy predmeti va usuliga ega, bu fan o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog‘langan holda olib o‘rganadi. Butun borliq, ya’ni moddiy dunyodagi tabiiy va ijtimoiy hodisalarning barchasi statistikaning o‘rganish obyekti bo‘lib hisoblanadi. Tabiiy hodisalarning sifat tomonlarini maxsus tabiiy fanlar o‘rganadi. Masalan, hayvonot dunyosini-zoologiya, modda tuzilishini- kimyo, organik hayotni-biologiya, fazoni-astronomiya, yer qatlamlari boyliklarini- geologiya fani o‘rganadi va hokazo. Tabiiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini esa mavhum holda matematika o‘rganadi. Ijtimoiy hayotdagi hodisalarning sifat tomonini falsafa, iqtisodiy nazariya, iqtisodiy geografiya, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, iqtisodiyot va shu kabi ijtimoiy fanlar o‘rganadi. Masalan, iqtisodiy nazariya jamiyat oldida turgan ikkita qarama-qarshi muammo, ya’ni ishlab chiqarish re- surslarining cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi o‘rtasidagi 300 mutanosiblikni o‘rganadi, tegishli qonun va qonuniyatlarni belgilab beradi. Ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini esa statistika o‘rganadi. U ayrim hodisalar bilan shug‘ullanmasdan, balki ommaviy hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan cham- barchas bog‘lagan holda tahlil qiladi. Demak, statistika fanining predmeti deb, jamiyatda ro‘y berayot- gan ijtimoiy hodisalarni miqdor 11 jihatdan o‘rganib, ularni sifat 12 ko‘rsatkichlari bilan bog‘lab, ma’lum vaqt va joyda o‘rganishiga aytiladi. Bu ta’rifdan quyidagi to‘rtta asosiy xususiyatlarini ta’kidlab o‘tish mumkin: Birinchi xususiyati shundan iboratki, bu fan o‘rganilayotgan ijti- moiy hodisalarni o‘rgangani uchun ijtimoiy fan bo‘lib hisoblanadi va jamiyatning hamma tomon (iqtisodiy, ijtimoiy va hokazo) larini o‘z ichiga qamrab olib o‘rganadi. Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini o‘rganadi. Uchinchi xususiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan ijtimoiy, hodisalarning miqdorini sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘lab o‘rganadi. To‘rtinchi xususiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning miqdori va sifatini ma’lum vaqt va joyda o‘rganadi. Misol qilib, paxta yetishtirishni olaylik. Xo‘jalik 2010 yilda 1200,0 t. paxta etishtirgan bo‘lsin. Bu yerda bu son paxta yetishtirish hajmini, hodisa miqdorini belgilasa, uning chiqish tolasi esa sifat ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi va bu ko‘rsatkichlar bir-biri bilan uzviy birlikda bo‘ladi va bir-birini taqozo etadi. Demak, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlari bilan aloqasi Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling