Statistik qonuniyatlar - ommaviy ijtimoiy ma’lumotlarni umum-
lashtirish yo‘li bilan aniqlanadigan qonuniyatlarni o‘rganilishini tushu-
namiz.
Dinamik qonuniyatlar - faqatgina alohida hodisalarda ro‘y bera-
digan qonuniyatlarni o‘rganilishini tushunamiz.
Yuqoridagi ko‘rib chiqilgan ommaviy-ijtimoiy hodisalar statistika
fani bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlikni quyida ko‘rib
chiqamiz:
Birinchidan, iqtisodiy hodisalar o‘rganiladi. Bunda, eng avvalo bu
yerda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi, ya’ni: statistika
iqtisodiy hodisalar miqdorini, ijtimoiy taraqqiyot negizi-iqtisodiy qonun
va qonuniyatlarni aniq vaqt va joy sharoitida qanday miqdoriy
bog‘lanish va nisbatlarda yuzaga chiqayotganligini o‘rganadi. Bu
o‘rinda u ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini
bir butunligida olib tekshiradi.
Ikkinchidan, madaniy va ta’lim-tarbiya sohadagi hodisalar
o‘rganiladi. Statistika ularni ham miqdor jihatdan o‘rganadi. Jumladan, u
madaniy-ma’rifiy munosabatlarning, o‘quv yurtlarining, maktab,
bog‘cha, kutubxona va hokazolarning rivojlanishini o‘rganadi.
Uchinchidan, siyosiy va mafkuraviy hodisalar o‘rganiladi. Bunda
barcha bo‘lib o‘tgan va bo‘layotgan qurultoylar, sessiyalar, saylovlar,
ulardagi qatnashchilar soni, ovozlarning taqsimlanishi kabilar ana shun-
day hodisalar turkumiga kiradi.
To‘rtinchidan, tabiiy hodisalar o‘rganiladi. Bunda tabiiy ofatlar,
ya’ni: zilzila, suv toshqinlari, do‘l yog‘ishi, yong‘in, portlash kabilar ana
shunday hodisalar turkumiga kiradi.
Bundan tashqari, statistik qonuniyatning namoyon bo‘lishi ulkan
Do'stlaringiz bilan baham: |