O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
sonlar qonunining amal qilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu qonunning
mohiyati shundaki, hodisalar to‘plami qancha ko‘proq unsurlardan tash- kil topsa, unda alohida tasodifiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchanliklar shuncha to‘laroq o‘zaro yeyishadi va natijada hodis- alarning zaruriy bog‘lanishi va izchilligi, umumiy qonuniyatlari aniqroq yuzaga keladi. 302 Masalan, tug‘ilishlardagi o‘g‘il bolalar bilan qizlar sonining nis- batidagi umumiy qonuniyatni olaylik. Shartli ravishda olsak, viloyat miqyosida har 100 ta tug‘ilishdan 51 tasi o‘g‘il va 49 tasi qizdir. Vaholanki, ayrim oilalarda bu nisbat turlicha, ya’ni faqat o‘g‘il bolalar, faqat qiz bolalar yoki aralash bo‘lishi mumkin. Demak, bir qancha tasodiflar orqali o‘ziga yo‘l ochuvchi va ularni tartibga soluvchi ichki qonun faqatgina katta to‘plamdagi miqdor olin- gan vaqtdagina namoyon bo‘ladi. Endi statistika fanining usulini ko‘rib chiqamiz. Statistika dialektik va tarixiy materializm hamda iqtisodiy nazari- yaga suyangan holda o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarga to‘g‘ri tavsif- noma berishi mumkin. Chunki bu fanlar ijtimoiy hayotdagi hodisalar- ning mohiyati va rivojlanishini belgilab beradi. Shuning uchun ham bu fanlar statistik fanining ilmiy nazariy asosini tashkil etadi. Masalan, har bir xodimga ish haqi hisoblashdan oldin, statistika ish haqi darajasining mohiyatini iqtisodiy nazariya fanidan aniqlab oladi. Shu bilan birga statistika fani o‘zining xususiy o‘rganish usullariga egadirki, bu usullar dialektik materializmning belgilangan talab va qoi- dalaridan kelib chiqadi. Bunda o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarni bir- biridan ajratmasdan, balki ularni bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda va alo- qadorlikda o‘rganadi. Demak, o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarni kuzatayotganda ular- dagi tomonlarni alohidalikda, bir-biridan ajralgan holda emas, balki shu hodisaga taalluqli barcha tomonlarni, aloqalarni birgalikda olib o‘rganish zarur. Bu aloqalarni bilish juda katta ahamiyatga egadir, ya’ni odamlar bu aloqalarni bilib olib, obyektiv dunyoning qonunlarini kashf etadilar. Statistika dialektikaning qonun-qoidalariga asoslanib o‘zining xususiy usullarini ishlab chiqqan. Ular quyidagilardan iboratdir: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling