O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkich (masalan, mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar, indeks usuli, dinamik ko‘rsatkichlar va ho
- Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko‘rinishida tasvir- lash.
Ommaviy statistik kuzatish. Bunda oldindan tuzilgan dastur va
ma’lum qoidalar asosida o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi to‘plangan ma’lumotlar birma-bir qayd etiladi. Kuzatish ma’lumotlarini svodkalash va guruhlash. Bunda olin- gan dastlabki ma’lumotlar turkumlanib, undan keyin esa bir tizimga solinib hisoblanadi va to‘g‘ri hisoblanganligi tekshirilib chiqiladi. Shun- dan so‘nggina ushbu olingan ma’lumotlar asosida guruhlash amalga oshiriladi. Turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkich (masalan, mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar, indeks usuli, dinamik ko‘rsatkichlar va ho- 303 kazo)larni hisoblash. Bunda o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mutlaq o‘zgarishi, o‘rtachasi, dinamikasi va shu kabi ko‘rsatkichlari bir qator yillar uchun hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko‘rinishida tasvir- lash. Bunda hisoblangan ko‘rsatkichlar jadval va grafiklarda umum- lashtirilgan statistik ko‘rsatkichlarda keltiriladi va bu hisoblangan ko‘rsatkichlarga kerakli bo‘lgan xulosa va takliflar ishlab chiqiladi. Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot bu to‘rtala usulning cham- barchas ravishda olib borilishini taqozo etadi. Qishloq xo‘jaligi statistikasi ijtimoiy fan bo‘lib, uning ob’yekti qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonini o‘rganishdan iboratdir. Qishloq xo‘jaligidagi hodisa va jarayonlarning miqdor tomonini sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘lab, ma’lum vaqtda va joyda o‘rganadi. Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish jarayoni xilma-xil qishloq xo‘jaligi korxonalarida amalga oshirilganligi uchun ham qishloq xo‘ja- ligi statistikasi bu korxonalarning faoliyatini o‘rganadi va tahlil etadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini o‘rganishda qishloq xo‘jaligi statisti- kasi statistika fanining umumiy qoidalari va uslublariga (metodlariga) asoslanib, o‘zining ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda statistik ko‘rsatkichlar tizimini tashkil etgan. Demak, qishloq xo‘jaligi statistikasi fanining predmeti deb, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining obyektiv statistik tizim ko‘rsatkichlari orqali holatini va rivojlanishini aks ettirilishiga aytiladi. Obektiv statistik ko‘rsatkichlar umumiy xususiyatlariga ega: o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning miqdori va sifatining umumi- yligi; o‘rganilayotgan hodisaning to‘laligicha kuzatilishi; qishloq xo‘jaligining holati va rivojlanishining muhim belgilarini belgilash va hokazo. Demak, obyektiv statistik ko‘rsatkichlar qishloq xo‘jaligida ro‘y berayotgan ijtimoiy hodisa va jarayonlarning miqdorini va sifatini o‘zida aks ettiradi. Qishloq xo‘jaligi statistika fanining uslubi (metodi) - iqtisodiy nazariya, dialektik va tarixiy materializm fanlariga asoslangan bo‘lib, o‘zining maxsus o‘rganish uslublariga egadir. Bu uslublar statistik ku- zatish; statistik axborotlash va guruhlash; indeks uslubi; tanlama ku- zatish uslubi, balans uslubi va hokazo. Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish tarmog‘i hozirgi kunda bo- zor iqtisodiyotining umumiy qonunlariga bo‘ysungan holda, o‘zining ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, statistika fani orqali o‘rganiladi. 304 Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish tarmog‘ining eng asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uning muhim ishlab chiqarish vositasi yer bo‘lib hisoblanadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositasi- dan farqi shundan iboratki, unga vaqt mobaynida qancha yaxshi ishlov berilsa va undan to‘g‘ri foydalanilsa, jismoniy eskirmaydi, balkim shun- cha yaxshilanib, o‘z hosildorligini va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham yer qishloq xo‘jaligida doimiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib qolaveradi. Bu ishlarni faqatgina kishilarning mehnati orqali amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish tarmog‘ining boshqa ishlab chiqarish tarmog‘idan yana bir farqi shundan iboratki, bunda iqtisodiy jarayonlar bilan tabiiy jarayonlar uzviy bog‘lanib ketganligi sababli, ish davri bilan ishlab chiqarish davri o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Ish davri - bu shunday davrki, bu davr davomida olinadigan mahsulot mehnat ta’siri ostida bo‘ladi. Ishlab chiqarish davri esa-shun- day davrki, bunda olinadigan mahsulot tabiat ta’sirida pishib, o‘sib, ye- tilib boradi. Masalan, kuzgi bug‘doy yetishtirishda, ish davri shunday jarayonlarni o‘z ichiga oladi-ki, bunga shudgorlash, ekish, ekilgan may- donlarni parvarish qilish, hosilni yig‘ib-terib olish kirsa, ishlab chiqarish davriga esa-shu ekinlarning tabiiy o‘sishi va pishib yetilishi kiradi. Ish davri bilan ishlab chiqarish davri to‘g‘ri kelmasligi sabablaridan biri bo‘lib, yil faslining o‘zgarishi tufayli qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish jarayonining mavsumiy bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va ishlab chiqarish re- surslaridan foydalanishiga katta ta’sir etadi. Masalan, hosilni yig‘ib-terib olishda ishchi kuchiga va qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan talab ancha oshib boradi, qish oylarida esa- keskin kamayib boradi. Respublikamizda hozirgi kunda qishloq xo‘jalik ekinlari har xil iqlim-sharoitlari bo‘lgan katta maydonlarga joylashtirilgan bo‘lib, bir xil maydonlarda iqlim sharoitini hisobga olgan holda paxta, bug‘doy yoki boshqa ekin turlari ekilgan bo‘lsa, u holda qishloq xo‘jalik mahsu- lotlarini ishlab chiqarishni rasional joylashtirish orqali esa qishloq xo‘jalik korxonalarini ixtisoslashuvini aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa ishchi kuchidan va ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalan- ishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi o‘zining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i bo‘lganligi uchun obyektiv statistik ko‘rsatkichlar tizimini (sistemasini) tashkil etgan bo‘lib, bu tizim 305 o‘zining maxsus shakli va mazmuni, tahlil etishning usuli va uslubiga egadir. Bu ko‘rsatkichlar tizimi orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqa- rishning omil va uning natijaviy belgilarining belgilangan rejalarini ba- jarilishini tasvirlashdan iboratdir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning omil ko‘rsatkichlariga yer resurslari, asosiy va oborot fondlari, mehnat resurslari kiradi. Shu omillarning bir-biriga bo‘lgan munosabati orqali esa shu omillardan ish unumi va samarali foydalanish darajasi aniqlanadi. Ma- salan ishlab chiqarish vositalari (asosiy va oborot fondlari) qishloq xo‘jaligidagi yaroqli yerlarga nisbati, uning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining intensifikatsiya darajasini tavsiflasa; qishloq xo‘jaligidan yaroqli yerlarning mehnat resurslariga nisbati mehnat resurslari bilan ta’minlanish ko‘rsatkichini tavsiflasa; ishlab chiqarish vositalarining mehnat resurslariga nisbati esa ish kuchining fond bilan qurollanish da- rajasini tavsiflaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida omil- larning iste’moli ekstensiv (vaqt bo‘yicha) va intensiv (ish unumi bo‘yicha) bo‘lishi mumkin. Bularga yer resurslaridan, ishlab chiqarish vositalaridan va mehnat resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlari kiradi. Bu ko‘rsatkichlar orqali ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasi aniqlanadi. Masalan, bir traktorning bir smenadagi ish unumi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning natijaviy ko‘rsatkichlariga mahsulot turi va elementlari bo‘yicha sarflar; mahsulotlar bo‘yicha ularning hajmi va sifati kiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar natura va qiymat ko‘rinishida hisobga olib boriladi. Bu mahsulotlarning hajmi omilli ishlab chiqarishga taqqoslanadi. Masalan, o‘simlikchilikda olin- gan mahsulotni yer maydoniga bo‘lish orqali dehqonchilikning hosil- dorlik ko‘rsatkichi kelib chiqadi; mahsulot hajmining mehnat massasiga nisbati bo‘yicha mehnat unumdorligi kelib chiqsa; qilingan xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga bo‘lish orqali esa ishlab chiqaril- gan mahsulotning samaradorligini bilish mumkin. Qishloq xo‘jalik ish- lab chiqarishining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda statistik tizim (sistema) ko‘rsatkichlari faqatgina qishloq xo‘jaligi korxonasini emas, balkim barcha qishloq xo‘jalik korxonalarining tarmoqlari, tiplari va hududlari bo‘yicha ham foydalanish mumkin. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi xalq xo‘jaligining g‘oyat muhim, hayot uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan tarmog‘idir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini ta’minlash aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatning xom- 306 ashyoga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘liqrok qondirish uchun, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining zaruriy davlat zaxiralarini yaratish uchun dehqonchilik va chorvachilik samaradorligini har tomonlama oshirishda, birinchi navbatda yerning holati va undan foydalanishni o‘rganish, yerni foydalanuvchilar tomonidan maqsadli foydalanilishini nazorat etish hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi statistikasining eng muhim vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, yana bir muhim vazifalaridan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligini rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisoblash va tahlil etish uslublarini (metodlarini) takomillashtirish hisoblanadi. Bu borada ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlar tizimi (sistemasi) har xil turdagi qishloq xo‘jaligi korxonalarining faoliyati natijalarini obyektiv ravishda to‘liq va aniq yoritib beradigan bo‘lishi lozimdir. Demak, bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi ishlar bajarilishi lozim: - qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining (davlat buyurtmasi) bajarilishini ko‘rsatuvchi zaruriy statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish; - jamiyat hayotida yuz bergan va yuz berayotgan yangi hodi- salarni ochib berish va ularni qayd etib, tahlil etish; - qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida yuz berayotgan kamchiliklarni ochib berish va ularni tugatish; - qishloq xo‘jaligida yerishilgan yutuqlarni (masalan, mehnat unumdorligi; moddiy-texnika bazasining yaxshilanishi; aholining mod- diy manfaatdorligining o‘sishi va hokazo) ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni mehnatkashlar orasida keng yoyishdan iboratdir. Bu ishlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga fandagi yangi yutuq- larni va ilg‘or tajribalarni joriy etish orqali amalga oshiriladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling