8.1-rasm. Buxgalteriya hisobotlarining turkumlanishi
Moliyaviy hisobotda korxona faoliyatidan olinadigan moliyaviy
natijalar, ularning iqtisodiy tavsifiga muvofiq turlari bo‘yicha guruhlanib
aks ettiriladi. Aktivlar, passivlar va kapital balansda korxona moliyaviy
holatini bevosita baholaydigan elementlarga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qon-
unining 16-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagi asosiy
shakllarni o‘z ichiga oladi:
−
buxgalteriya balansi;
−
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot;
−
pul oqimlari to‘g‘risida hisobot;
−
xususiy kapital to‘g‘risida hisobot;
−
izohlar, hisob-kitoblar va moliyaviy hisobotga tushuntirishlar.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi
sifatida moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning
moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan
ko‘plab iste’molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |