O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Tejamlilik tegishli hisobot shakllarini unifikatsiyalash va standart-
lash, ayrim ko‘rsatkichlarni hisobot ma’lumotlarining sifatiga zarar yet-
kazmaydigan tarzda qisqartirish yo‘li bilan yerishiladi. Bu eng avvalo, 
axborot-ma’lumotnoma tavsifidagi ko‘rsatkichlarga taalluqlidir.  
Moliyaviy hisobotga quyiladigan talablardan biri – uni rasmiy-
lashtirish hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, ma-
jburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish 
kabi, o‘zbek tilida va milliy valyuta – so‘mda amalga oshirilishini 
bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgalteri 
tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.  
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish O‘zbekiston Respublikasi «Bux-
galteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasida belgilangan 
ro‘yxatdagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ularga ochiq aksi-
yadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar bir-
jalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari kiradi.  
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish axborotdan foydalanuvchilar 
uchun ma’lumot olish imkoni bo‘lgan ommaviy axborot vositalarida 
yoki tegishli nashrlarda, hamda qiziquvchilarga taqdim etish uchun 
korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat statistika organlariga 
taqdim etish orqali amalga oshiriladi.  
Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi 
yilning 1 mayidan kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy 
hisobot e’lon qilinishidan oldin auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilib, ijo-
biy auditorlik xulosasi olingan va xo‘jalik yurituvchi subyektning 
boshqaruv organi (aksiyadorlarning umumiy majlisi, ta’sischilar majlisi 
va h.k.) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot 
shakllaridan  buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar 


 
 
288
to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba 
xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdan foydalanu-
vchilarga mazkur korxonaga kapital quyish va boshqa masalalar 
bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya 
balansi qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi mumkin va uning mazmuni 
korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining qoi-
dalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi lozim. Yillik moli-
yaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mum-
kin. Uning mazmuni mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy 
hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr (baho) dan iborat.  
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor 
qilinmasligi uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan 
ma’lumotlarni noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka muvofiq 
javobgarlikka tortiladi.  
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling