O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Buxgalterlik (moliyaviy) hisobot–hisobot davri uchun korxona
faoliyatining natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami. Moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili buxgalteriya hi- sobi uslubiyatining asosi hisoblangan muhim tamoyillardan biridir. Ishonchlilik nafaqat buxgalterlik hisobi axborotlari, balki hisobning boshqa turlari, eng avvalo, statistik hisob ma’lumotlariga asoslanadi. Ushbu yondoshuvning buzilishi biznes-reja tuzish, xo‘jalik faoliyatining turli pog‘onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini ham yo‘qqa chiqaradi. Ushbu talab hisobot va reja ko‘rsatkichlarining taqqoslanuv- chanligini talab etadi. Hisobotning ahamiyati – uning: ishonchliligi to‘liqligi o‘z vaqtidaligi tekshiriluvchanligi oddiyligi taqqoslanuvchanligi tejamliligi e’lon qilinishi qat’iy belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi 286 To‘liqlik aniqroq asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Shu maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. O‘z vaqtidalik zarur moliyaviy hisobotlarni tegishli joylarga belgi- langan muddatlarda taqdim etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar (budjet tashkilotlaridan tashqari) barcha tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30 kun ichida moliyaviy hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy hisobot yil yakunlanganidan so‘ng 90 kun davomida, agar boshqacha muddat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan bo‘lsa, taqdim etilishi lozim. U mulkdorlarning ta’sis hujjatlariga mu- vofiq belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim. Moliyaviy hisobotning oddiyligi uning qisqa va tushunarliligidan iborat. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o‘tkazilishi ushbu talabni amalga oshirishga yordam bermoqda. Moliyaviy hisobotning tekshirishga qulayligi unda taqdim etilgan axborotning istalgan vaqtda tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning betarafligini bildiradi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgarishlar moliyaviy yilning boshida kiritilishi lozim. Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, hisobot davridan old- ingi davr uchun ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kerak. Bunda O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining uslubiy birligi shundan iborat. Tuzatishlar va ularni bajarish uslubi moliyaviy hisobotga tushunti- rish xatida tuzatishlar sababi ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim. Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan ku- chayadi, ya’ni u korxonaning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari kabi, uning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilgan boshqa tarkibiy bo‘linmalar ko‘rsatkichlarini ham o‘z ichiga olishi lozim. Taqqoslanuvchanlik kechayotgan jarayonlar va tafovutlarni aniqlash maqsadida har xil vaqt oralig‘ida bir xil ko‘rsatkichlar mavjud- ligini nazarda tutadi. 287 Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini aniqlash uchun zarur. Lekin, undan foydalanishda axborotlarning foy- dalilik chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin emas. Bu esa noto‘g‘ri xulosalarni shakllantirishga olib keladi. Masalan, korxona hi- sobot davrida ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish tuzulmasini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va shu munosabat bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan moliyaviy hi- sobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati yaxshilan- ishini faqat uzoq kelajakda ko‘rish mumkin. Ushbu yondoshuvlarni amalga oshirish uchun moliyaviy hisobotda keltirilgan o‘tgan davrdagi va hisobot davridagi aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborotlarni taqqoslash keltirilishi lozim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling