O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Xarajatlarni hisobga olish. Xarajatlar – mahsulot (tovar) larning
yetkazib berilishi yoki ishlab chiqarilishi, xizmatlarning ko‘rsatilishi yoki xususiy kapitalining kamayishiga olib keluvchi, biroq uning qat- nashchilar o‘rtasida taqsimlanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan, boshqa faoliyat turlarining amalga oshirilishi oqibatida aktivlarning kamayishi yoki boshqa xil sarflanishi yoki/va qarzlarning vujudga kelishidir. Ya’ni, xarajatlarning asosiy alomatlaridan biri bo‘lib, ularning xususiy kapital summasini kamaytirishiga olib kelishi hisoblanadi. Pul mablag‘lari summasi (yoxud boshqa aktivlar) ning kamayishini yoki korxonaning tovarlarni sotib olish yoki xizmatlar haqini to‘lashi natijasida majburiyatlari summasining ko‘payishini aks ettiruvchi chiqimlar, xarajatlardan farqli ravishda kapitalning kamayishiga olib kelmaydi. Masalan, agar korxona tovarlarni sotib olsa yoki xizmatlar haqini to‘lasa – ulardan foydalanish vaqtiga qadar kapital summasining kamayishiga ta’sir qilmaydigan chiqimlar hosil bo‘ladi. Xarajatlar tovarlar yoki xizmatlardan foydalanish faktini, ya’ni, ularning xo‘jalik faoliyati jarayonida iste’mol qilinishini anglatadi. Masalan, fermer xo‘jaligi avgust oyida 100,0 ming so‘mlik minyeral o‘g‘it sotib olgan; shunda uning aprel oyiga bo‘lgan chiqimlari 100,0 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu operatsiya schotlarda quyidagicha aks ettiriladi: D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti – 100,0 ming so‘m, 238 K-t (6010) 5110 «Hisob-kitob schoti» - 100,0 ming so‘m Xo‘jalik operatsiyalari natijasidagi chiqim xarajatlar tarkibiga kiritiladi yoki bo‘lmasa, mazkur davrning oxirida schotlarda Material- larning qoldig‘i ko‘rinishida hisobga olinadi. Masalan, agar sotib olin- gan mineral o‘g‘itdan xo‘jalik faoliyatida 60,0 ming so‘m summadagi qismi foydalaniladigan bo‘lsa, xarajatlar 60,0 ming so‘mga ko‘payadi. Shunday qilib, Materiallar (mineral o‘g‘it) ning ko‘payishi chiqimlarning ko‘payishi bilan (biroq xususiy kapital hajmining o‘zgarishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi) bog‘liq bo‘lib, korxona faoliyatini ta’minlash uchun Materiallar (o‘g‘it) dan foydalanish esa - o‘z navbatida korxona kapitalini kamaytiradigan xarajatlar bilan bog‘liq. Chiqimlar qiymatliklarning sotib olinishi chog‘ida, xarajatlar esa – qiy- matliklardan foydalanilganida vujudga keladi. Mahsulotlar (tovar) lar ishlab chiqarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlar sotilgan mahsulot (tovar, ish, xiz- mat) larning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi va hisobotlarda sotishdan olingan daromadlar bilan taqqoslanadi. Mazkur hisobot davrida daromad olinmasligi tegishli daromadni olishni ko‘zlab, maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirilgan xarajatlarni kelgusi davrlar (3100-schotlar), tugallanmagan ishlab chiqarish (2000-schotlar) yoki tovar-moddiy zaxiralar (1000-schotlar va boshqalar) xarajatlari si- fatida aktivlarga kiritilish imkonini beradi. Asosiy xo‘jalik faoliyatida yuzaga keladigan xarajatlardan tashqari, kelgusida biror-bir iqtisodiy naf keltirmaydigan xarajatlardan iborat zararlar ham bo‘lishi mumkin. Ularga quyidagi uchta mezondan biriga javob beradigan xarajatlar kiritiladi: — kelgusida ma’lum bir daromadlarni keltirib chiqarmasligi; — aktivlar sifatida tan olib bo‘lmasligi (kelgusi davrlar xarajatlari yoki oldindan to‘langan boshqa xarajatlarga o‘xshash); — xo‘jalik yurituvchi subyekt balansidagi mol-mulklarning ko‘payishiga olib kelmasligi. Zararlar iqtisodiy nafning kamayishiga olib kelishi (ya’ni, o‘z xususiyatiga ko‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmasligi) tufayli, buxgal- teriya hisobi standartlariga muvofiq ular ham xarajatlar deb hisoblanadi va hisobotda mustaqil element sifatida ko‘rsatilmaydi. Iqtisodiy mazmu- niga ko‘ra, zararlar kutilmagan operatsiyalar yoki favqulodda hodisalar, shuningdek, xarajatlarning hisobot davri mobaynida daromadlar bilan to‘liq qoplanmasligi natijasida korxona kapitalining kamayishidan ibo- rat. Masalan, asosiy vositalar yoxud boshqa aktivlarning sotilishidan 239 olingan zararlar boshqa operatsion xarajatlar sifatida 9430-schotda aks ettiriladi. Oddiy operatsiyalarga oid xarajatlar ular vujudga kelgan hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoki majburiyatlarning ko‘payishi ko‘rinishida, mazkur operatsiyalar bo‘yicha kelib tushgan daromadlar bilan bevosita aloqadorlikda aks ettiriladi. Daromadlar va xarajatlarning muvofiqligiga albatta rioya etilishi kyerak. Agar qilingan xarajatlar daromadlarning bir necha hisobot davrlari mobaynida kelib tushishini taqozo etsa yoki xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi aloqadorlik aniq belgilanmaydigan bo‘lsa, bunday xarajatlar hisobotda, ularni hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlashga oid biror-bir asoslangan hisob-kitoblar asosida aks ettiriladi. Masalan, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirishga oid xarajatlar. Joriy davrda taqsimlab bo‘linmagan xarajatlar buxgalteriya balan- sida kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schotlarda aks ettiri- ladi. Masalan, gazeta va jurnallar uchun to‘langan yillik obuna haqi. Ta’kidlash joizki, buxgalteriya tamoyillari bo‘yicha xarajatlarning hisobotlarda aks ettirilishi soliqqa tortish qoidalari bilan hech ham bog‘lanmaydi. Yuqorida bayon qilingan, tan olishga mezonlariga mu- vofiq, barcha xarajatlar, ularning soliqqa tortiladigan bazaga kiritilishi yoki kiritilmasligidan qat’i nazar, aks ettirilishi kyerak. Buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida «... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qilinadigan barcha xarajatlar quyidagi tarzda guruhlanadi: 1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. Bular: a. bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b. bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; c. boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarishga oid qo‘shimcha xarajatlar. Mahsulot (ish, xizmat) larning tannarxi o‘zida mahsulot (ish, xiz- mat) larni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, Materiallar, yoqilg‘i, enyergiya, asosiy vositalarning amorti- zatsiyasi, mehnat resurslari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan boshqa xarajatlarning qiymatini aks ettiradi. 2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, davr xarajatlarida hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olinadigan foyda hisobidan qopla- nadigan xarajatlar; a) realizatsiya xarajatlari; 240 b) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; B) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajat- lar davr xarajatlari bo‘lib hisoblanadi. Ularga ma’muriy-boshqaruv xarajatlari, realizatsiya xarajatlari, boshqa umumxo‘jalik maqsadlari- dagi xarajatlar, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar kiritiladi. Mazkur xarajatlar moddasining xususiyati shundan iboratki, ular ishlab chiqarish jarayonining faoliyat ko‘rsatishi bilan bevosita bog‘liq emas, balki korxonaning tayyor mahsulotlari (bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar) va boshqa aktivlarni sotish jarayoni bilan bog‘liqdir. Shuningdek, ular ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar yoki tovarlar hajmiga bog‘liq emas, balki ko‘proq, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi, vaqti bilan bog‘liq. Ushbu xarajatlar ular yuzaga kelgan hi- sobot davrida hisobdan chiqariladi. 3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning umumxo‘jalik faoliyatidan oli- nadigan foyda yoki ko‘rilgan zararni hisob-kitob qilish chog‘ida hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar: − foizlar bo‘yicha sarflar; − xorijiy valuta muomalari bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar; − moliyaviy quyilmalarni (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va h.k.) qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar; − xususiy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar; − moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlar. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar korxonaning asosiy faoli- yatiga kirmaydi, shuning uchun ular alohida guruhga ajratilgan. Ular ham, davr xarajatlari kabi, ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulot yoki tovarlar hajmiga bog‘liq emas va yuzaga kelgan hisobot davrining o‘zida hisobdan chiqariladi; 4. Favqulodda zararlar., ular daromad (foyda) solig‘i to‘langun- gacha bo‘lgan foyda yoki zararlarni hisob-kitob qilish chog‘ida hisobga olinadi. Biroq, soliqqa tortish uchun korxona qaysi xarajatlarini haqiqiy tannarxga va davr xarajatlariga kiritishi alohida ahamiyatga ega emas. Moliyaviy hisobda tannarx va xarajatlarni hisobga olish tartibi faqat soliqqa tortish maqsadida belgilanadi. 241 Soliqqa tortish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha xarajatlarini shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin: 1. Soliqqa tortiladigan daromadni kamaytiruvchi xarajatlar, ya’ni soliqqa oid qonun hujjatlari tomonidan chegirishga ruxsat etilgan xarajatlar. Bular tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan (davlat nuqtai nazaridan olganda) xarajatlardir. 2. Soliqqa tortiladigan daromadni kamaytirmaydigan xarajatlar, ya’ni soliqqa oid qonun hujjatlarida chegirishga ruxsat etilmagan xara- jatlar. Bular tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lib hisoblanmaydigan (davlat nuqtai nazaridan olganda) xarajatlardir. Xarajatlarning ushbu guruhiga har qanday turdagi xayriya, homiylik yordami mol-mulklarni tekinga berishlar, xodimlarga beriladigan har xil rag‘batlantirish to‘lovlari, ular uchun turli yo‘llanmalar, ovqatlanish va yo‘l xarajatlari, moddiy yordam, ijtimoiy-madaniy tadbirlar kiritiladi. Mazkur guruhga korxonaning o‘z aybi bilan yuzaga kelgan va agar faoliyati yaxshi tashkil qilinganda oldini olish mumkin bo‘lgan xarajat- lar ham; masalan, mahsulot(ish va xizmat)larning sotilishidan va mol- mulkning sotilishidan ko‘rilgan zararlar; korxona to‘lashiga to‘g‘ri kel- gan sud chiqimlari, jarimalar, penyalar, boqimandalar, shuningdek tovar-moddiy qimmatliklarning buzilishi, o‘g‘irliklar (agar aybdor shax- slar aniqlanmagan bo‘lsa) kiritiladi. Bular, shuningdek, davlat nuqtai nazaridan qaralganda isrofgarchilik bo‘lib hisoblanuvchi xarajatlardir: xizmat avtomobilidan, uyali aloqadan foydalanish xarajatlari, tadbirkor- lik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, shuningdek, me’yordan ortiqcha xarajatlardir. Ushbu guruhga qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi bilan bog‘liq xarajatlar va uzoq muddatli bank krediti, O‘zR Markaziy banki to- monidan belgilangan hisob stavkalaridan ortiqcha qisqa muddatli kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, shuningdek muddati kechiktiril- gan va muddati o‘tib ketgan ssudalarga oid xarajatlar kabi moliyaviy faoliyat xarajatlarini kiritish mumkin. 3. Me’yorlanadigan xarajatlar, ya’ni me’yorlari qonun hujjatlari bilan belgilangan xarajatlar. Bunday xarajatlar me’yorlar doirasidagi qismi soliqqa tortiladigan daromaddan chegirib tashlanishi mumkin; me’yordan ortiqcha xarajatlar esa daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi. Ularga quyidagi xarajat turlari kiradi: xizmat safari xarajatlari, vakillik, reklamaga oid, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasiga oid xarajatlar; kadrlarni o‘qitishga oid xarajat- lar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiya qilinishi 242 bo‘yicha chegirmalar; atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqar- ganlik uchun to‘lov, ta’til pullari, ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarni saqlash xarajatlari, moddiy qiymatliklarning yo‘qolishi va kamomadiga oid va shu singari boshqa xarajatlar. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling