6-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi
Download 186.84 Kb.
|
6-mavzu slayd
6-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobiReja:1. Qurilish ishlarini bajarishdan olingandaromadlarning hisobi2. Qurilish ishlarini bajarishda asosiy faoliyatdan olingan daromadQurilish ishlarini bajarishdan olinadigan daromadlar qurilish tashkilotlarida foyda olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizning 2-son BHMS «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»ga muvofiq qurilish ishlaridan olingan daromadlarni tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ular quyidagi shartlarga javob berishi lozim: 1. Qurilish tashkiloti tomonidan daromadga egalik qilish huquqi bajarilgan qurilish ishlarining buyurtmachilarga topshirilgan-ligiga guvohlik beruvchi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi; 2. Olinadigan daromadning summasi aniq bo‘lishi; 3. Bajarilgan ishlardan kelib tushgan yoki kelib tushadigan tushum qurilish tashkilotining aktivlarini ko‘payishiga yoki uning majburiyatlarini kamayishiga olib kelishiga to‘liq ishonch bo‘lishi; 4. Buyurtmachi qabul qilib olgan qurilish ishi uchun pudratchi oldidagi majburiyati summasini so‘zsiz tasdiqlashi;Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan olinadigan daromadlarning hisobi ularni tan olishning usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu usullar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:1
2
3
To‘liq tugallanish usulida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar qurilish ishlari to‘liq yakunlangan va buyurtmachiga topshirilgandan so‘ng yuqorida nomlari zikr etilgan dalolatnoma va ma’lumotnomalar asosida tan olinadi. Qurilish ishlari to‘liq yakunlanmaguncha unga sarflangan barcha xarajatlar tugallanmagan qurilish sifatida hisobga olib boriladi. «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida bajarilgan ishlardan olingan daromad summasiga quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 4010 «Olinadigan schyotlar» Kredit 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan daromad»Download 186.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling