293
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga mu-
vofiq boshqa ayrim turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun
hisobotni taqdim qilishning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik
moliyaviy hisobotlari
manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar
va boshqalar uchun
oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar yillik
moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko‘chirish sarflarini to‘lab
undan nusxa olish huquqlariga egadirlar.
Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta
kompaniyalari, banklar,
fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassa-
salari
har yilgi moliyaviy hisobotini, ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlar
to‘g‘riligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangach, hisobot yilidan
keyingi yilning birinchi mayigacha e’lon qilishlari shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganida (bankrot,
ixtiyoriy rav-
ishda yoki boshqa asosda tugatilishi) sud yoki boshqa vakolatli organlar
tomonidan bankrot deb e’lon qilingan yoki tugatish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan sanaga yakuniy moliyaviy hisobot tuzadilar. Xo‘jalik yu-
rituvchi subyektni tugatishga doir
muomalalarni hisobga olish, tugatish
balansi va hisobotini tuzish uchun javobgarlik tugatish komissiyasiga
yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik
yurituvchi subyektni tu-
gatishni amalga oshiradigan boshqa organga yuklatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari tugatish balansida
tugatish komissiyasi tomonidan aniqlangan bahoda, ya’ni
ularni sotish
mumkin bo‘lgan baholarda baholanadi. Umidsiz qarzlar va zararlar
tugatish balansiga kiritilmaydi.
Tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiyatlari
aniqlashtiriladi va ularni tuzish vaqtiga qadar
hisoblangan foizlar bilan
birga qo‘shib, tugatish balansida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: