Statistik to‘plamning muhim belgisi deb, shu to‘plamda ichki
o‘zgaruvchanlikning mavjud bo‘lishiga aytiladi.
Masalan, har bir fermer bo‘yicha ishlab chiqarilgan paxtaning ha-
jmi yoki ishchilarning soni misol bo‘la oladi. Bularning har biri alohida-
alohida bir-biri bilan qo‘shilib, pirovard natijada xo‘jalik bo‘yicha jami
ishlab chiqarilgan paxta miqdori yoki ishchilar soni bilan ifodalangan
miqdorlarga ega bo‘lamiz. Bunday miqdorlar statistikada o‘zgaruvchan
belgilar deb ataladi. Shu belgilar asosida esa statistika ommaviy-ijti-
moiy hodisalarni o‘rganadi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini bel-
gilab beradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, har bir statistik to‘plam birliklari
o‘zining ayrim xususiyatlariga ega bo‘lib, bu xususiyatlar shu
to‘plamdagi barcha birliklar uchun umumiy bo‘lgan tomonini mujas-
samlashtiradi.
Masalan, har bir qishloq xo‘jaligi korxonasini bir qator belgilar bi-
lan tavsiflash mumkin: xo‘jalikning ishlab chiqarish yo‘nalishi, yer
fondining hajmi, ishlovchilar soni va shu kabilar bilan, lekin hamma
qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha bir tip
(toifada)dagi korxonalar bo‘lib, ijtimoiy shakli bo‘yicha-fermer xo‘jaligi
bo‘lib hisoblanadi hamda bular birgalikda statistik to‘plam birligini
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |