O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Oksidlar, xloridlar, ftoridlar, sulfldlar, karbonatlar va silikatlarning hosil


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Oksidlar, xloridlar, ftoridlar, sulfldlar, karbonatlar va silikatlarning hosil 
bo‘lish va parchalanish termodinamikasi. Qiyosiy analiz uchun, odatda, ΔG° 
ning qiymati kJ/mol O
2
yoki J/g-atom О larda keltiriladi. Eng muhim elementlar 
uchun bunday taqqoslash 2.2- rasmda berilgan, bu yerda fazaviy o‗tish nuqtalarida 
sinishlarga ega bo‗lgan ΔG° = f(T) chiziqlardan tashqari, kislorod muvozanat 
bosimining va ayni sharoitlar uchun muvozanatda bo‗lgan CO/CO
2
va H
2
/H
2

nisbatlar darajasining qiymatlari keltirilgan. Bu diagrammadan foydalanib, ΔG
o
ning qiymatinigina emas, balki 
ni ham, shuningdek, C—O—metall va 
H—O—metall sistemalardagi muvozanat nisbatini aniqlash mumkin. Diagrammani 
qurish prinsipi rasmda keltirilgan. 
Gibbs energiyasi tushunchasi oksidlarning nisbatan mustahkamligi haqida 
mulohaza yuritishga imkon beradi, lekin uni juda katta ehtiyotlik bilan qo‗llash 
lozim. Shuni nazarda tutish zarurki, Gibbs energiyasi haqidagi ma‘lumotlar 
muvozanat holatlarga taalluqlidir. Agar reaksiya mahsuloti reaksiya zonasidan doim 
chiqarib turilsa, muvozanat hech qachon bo‗lmaydi. Bunda reaksiya tezligi va 
aktivlash to‗sig‗i katta ahamiyatga ega. Masalan, 
C + O2 
⇆ CO
2
reaksiya uchun ΔG = -94 kkal/mol, lekin agar ko‗mir yondirilmasa, 
ya‘ni unga aktivlash energiyasi berilmasa, u yonmaydi. Past temperaturada esa 
reaksiya tezligi shunchalik kichik bo‗ladiki amalda reaksiya sodir bo‗lmaydi. 
ΔG° =f(T) chiziq qiyaligi reaksiya entropiyasining o‗zgarishini xarakterlaydi, 
chunki dΔG°/dT = -ΔS. To‗g‗ri chiziq ΔG = f ( T ) ning uzunligi dastlabki moddalar 


75 
yoki reaksiya mahsulotlarining fazaviy aylanishlari nuqtalari (suyuqlanish, qaynash, 
fazaviy o‗tish) bilan cheklanadi. Fazaviy aylanish vaqtida entropiya o‗zgaradi va 
to‗g‗ri chiziq o‗z qiyaligini o‗zgartiradi. ΔG — Tdiagrammadagi to‗g‗ri chiziqlar 
(2.2- rasmga q.) o‗xshash qiyaliklarga ega, chunki gazsimon kisloroddan qattiq 
oksidga o‗tishda entropiyaning o‗zgarishi barcha hollarda qariyb bir xil bo‗ladi. 
Metall kislorod bilan o‗zaro ta‘sirlashib qattiq oksid hosil qilganda entropiya 
kamayadi, chunki qattiq oksid metall va gazga nisbatan 
ancha tartiblangan strukturaga ega bo‗ladi. 
(
)
bo‘lgani uchun 
diagrammada to‗g‗ri chiziqlar musbat qiyalikka ega bo‘lishi kerak, ya‘ni 
temperatura ortgan sayin ΔG° kattalik kamroq manfiylikka ega bo‗lib qoladi. 
Fazaviy aylanishlarda chiziqlar o‗z qiyaligini o‗zgartiradi. Qaynash temperaturalari 
va sublimatsiyada chiziqning egilish qiyaligi suyuqlanish nuqtasidagiga qaraganda 
deyarli tik bo‗ladi. 


76 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling