O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4- rasm.
CaO—Al
2 O 3 —SiO 2 sistema uchlama evtektiklarining tarkibi va suyuqlanish temperaturasi Tarkibi Suyuqlanish temperaturasi 1618 1443 1538 1583 1653 1778 1608 1608 SiO 2 70,4 62,0 42,0 41,0 31,8 9,3 6,8 16,8 Al 2 O 3 19,8 14,75 20,0 11,8 39,0 53,2 43,7 41,2 CaO 9,8 23,25 38,0 47,2 29,2 37,5 49,5 52,0 2.4- rasm. CaO—A1 2 O 3 — SiO 2 sistema. Temir qotishmalarini ikkilamchi suyuqlantirish shlaklarining suyuqlanmalari qovushoqlikka ega bo‗lib, bu qovushoqlik ishqor hosil qiladigan metallarning tipik ion suyuqlanmalar hisoblanadigan suyuqlantirilgan galogenlarining 95 qovushoq-ligidan ancha ortiq bo‗ladi. SiO 2 ning qovushoqligi temperaturaga quyidagicha bog‗langan: Qovushoqligi 0,9 Pa·s dan kam bo‗lgan shlaklar juda suyuq oquvchan, qovushoqligi 0,9—1,1 P a ·s shlaklar suyuq oquvchan, qovushoqligi 1,5—1,8 P a ·s shlaklar suyuq oquvchanligi yetarli bo‗lmagan shlaklar jumlasiga kiradi. Shlaklarning qovushoqligi sezilarli darajada temperaturaga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, tarkibida 40% SiO 2 , 10% A1 2 O 3 , 35% CaO va 15% MgO bo‗lgan shlak uchun t= 1330 °C da η = 10 Pa·s, t= 1400 °C da esa η = 0,6 Pa·s bo‗ladi. Shlak tarkibidagi FeO va MnO larning miqdori ortishi bilan ularning qovushoqligi ancha kamayadi, bu esa ularning kompleksni vayron qilish qobiliyati to‗g‗risida dalolat beradi. Oksidlar uchun sirt taranglik qiymati 200—500 kJ/m 2 ni tashkil qiladi. Suyuqlantirilgan silikatlarning o‗tkazuvchanligi, odatda, 0,1 —1,0 Om -1 · sm -1 chegarasida bo‗ladi, Gaz fazasining tuzilishi va xossalari. Suyuqlantirish pechlarining gaz fazasi metallurgik jarayonlarning o‗tishida muhim, ayrim hollarda esa hal etuvchi rol o‗ynaydi. Gaz fazasida oddiy atomli gazlar (O 2 , N 2 , H 2 ), gazlar-oksidlar (H 2 O, CO 2 , CO, NO) va boshqa gazlar (CH 4 , NH 3 , H 2 S, PH 3 va boshq.) qatnashishi mumkin. Gaz fazasi maxsus yaratiladigan, ya‘ni metallurgik jarayonda aniq bir maqsadga qaratilgan (masalan, issiqlik tashigich yoki kimyoviy reagent sifatida) bo‗lishi ham, yuzaga kelgan sharoitlar tufayli (masalan, induksion pechdagi gaz fazasi) suyuqlantirishda qatnashadigan ham bo‗lishi mumkin. Aktiv gaz fazasining hosil bo‗lish manbayi — asosiy tashkil etuvchilari uglerod va vodoroddan iborat yoqilg‗ini yoqish: S + O 2 → CO 2 , 4H + O 2 → 2H 2 O 96 Bu reaksiyalar yoqilg‗ining barcha turlari (qattiq, suyuq va gazsimon) uchun to‗g‗ri, chunki uglevodorodlar ham yonib CO 2 va H 2 O larni hosil qiladi: CH 4 + 2O 2 → CO 2 + 2H 2 O Gaz fazas komponentlarning parsial bosimlari bilan xarakterlanadi. Parsial bosimlar o‗zlarining termodinamik potensiallari bilan birgalikda u yoki bu komponentlarning boshqa fazalar va komponentlarga nisbatan aktivligini xarakterlaydi. Murakkab eritma hisoblanadigan metall va shlak suyuqlanmalari uchun termodinamik hamda kimyoviy potensiallarni aniqlash ishi murakkabroq bo‗ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling