O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Quyma ko‘rinishidagi rangli qotishmalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Quyma ko‘rinishidagi rangli qotishmalar. Quyma holatdagi alyuminiy 
qotishmalarining (ГОСТ 295—79E) 19 ta markasi chiqariladi. A dan keyingi harflar 
legirlovchi elementlarni (K — kremniy, M — mis, N — nikel va h.k.), bu harflardan 
keyingi raqamlar bu elementlarning o‗rtacha miqdorini ifodalaydi. Masalan, AK9 
tarkibida 9% Si; AK2IM2, 5H2,5 tarkibida 21% Si, 2,5% Cu va 2,5% Ni bor. 
Quyma holatdagi magniy qotishmalari (ГОСТ 2581—78) yuqori- dagiga 
o‗xshash markalanadi: M dan keyin keladigan harflar legirlovchi elementlarni 
ifodalaydi (M — marganes, A — aluminiy, Ц — rux, Цр — seriy, H — neodim va 
h.k.). Masalan, МА5Ц1 marka qotishma tarkibida 5% A1 va 1% rux borligini 
ifodalaydi. 
Antifriksion rux qotishmalari (ГОСТ 19424—74) qotishmalarning o‗zi kabi 
markalanadi, quyma ko‗rinishida yetkazib beriladigan antifriksion qotishmalar esa 4 
(chushka) harfi qo‗shib markalanadi. Masalan, ЦАМ9-1, 54 (A1 - 9%, Cu - 1,5%). 
Quyma ko‗rinishidagi qalayli (ГОСТ 614—73) va qalaysiz (ГОСТ 17328—78) 
bronza quyiladigan qotishmaning o‗ziga o‗xshash markalanadi: harflardan keyin 
tarkibidagi elementning o‗rtacha miqdorini ifodalaydigan raqamlar keladi (A — Al, 
Ж — Fe, Мц — Mn, О — Sn, Ц — Zn, C — Pb, H — Ni). Masalan, quyma 
ko‗rinishidagi qalayli bronza quyidagicha ifodalanadi: Бр. 03Ц8С4Н1 va h.k. 
ГОСТ 1020—77 da quyma ko‗rinishida quyiladigan jezga jezning qaysi markasi 
uchun u yoki bu quyma markasi qo‗llanilishi aniq ko‗rsatiladi. Quyma 
ko‗rinishidagi jezlarning markasida harflar quyidagilarni ifodalaydi: S - Pb, О - Sn, 


125 
К - Si, Мц - M, Ж - Fe, A - Al. 
Rangli metallar hamda qotishmalarning temir-tersagi va chiqindilari 
(ГОСТ 1639—78). Rangli metallar va qotishmalarning chiqindilari (bo‗lak- bo‗lak 
temir- tersak, qirindi, kukunsimon chiqindilar, sim) u yoki bu metall asosidagi 
temir- tersak va chiqindilarga bo‗linadi (3.2- rasm). Fizik alomatlariga ko‗ra temir- 
tersak va chiqindilar klasslarga bo‗linadi. A — bo‗lak- bo‗lak temir- tersak, Б — 
qirindi, sim va mayda temir- tersak, В — kukunsimon chiqindilar, Г — boshqa 
chiqindilar), kimyoviy tarkibi bo‗yicha esa gruppa va markalarga bo‗linadi. 
Gruppalar miqdori rangli metallar va qotishmalarning asoslariga qarab o‗zgaradi. 
Sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha temir-tersak va chiqindilar navlarga bo‗linadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling