O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
III BOB. QUYMA QOTISHMALARNI SUYUQLANTIRISH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
III BOB. QUYMA QOTISHMALARNI SUYUQLANTIRISH
3.1. Shixta materiallari Metall shixta materiallari Klassifikatsiyasi va umumiy xarakteristikasi. Metall shixta uchun asos sifatida birlamchi va ikkilamchi qora va rangli metallar hamda ligaturalardan foydalaniladi. Birlamchi — metallurgiya sanoatining ruda materiallaridan olinadigan va quyma ko‗rinishida yetkazib beriladigan mahsulotidir. Ikkilamchi — temir-tersak va metall hamda qotishma chiqindilari, shuningdek, temir-tersak va chiqindilardan suyuqlantirib olingan rangli metallarning qotishmalaridan iborat. Temir-tersak ko‗rinishidagi ikkilamchi qora metallardan po‗lat va cho‗yanni suyuqlanti- rishda keng foydalaniladi. Ikkilamchi rangli metallar qotishmalarni quyma ko‗rinishida chiqaradigan «Vtorsvetmet»ning ixtisoslashtirilgan korxonalarida qayta suyuqlantiriladi, lekin ba‘zan mashinasozlik korxonalarida temir-tersak va chiqindilardan bevosita foydalaniladi. Chiqindilar ular hosil bo‗ladigan korxonalarda bevosita ishlatilganda iqtisodiy samaradorlik yuqori bo‗ladi, lekin buning uchun korxona zaruriy shixta tayyorlash va metallurgiya bo‗limlariga ega bo‗lishi kerak. Tayyor qotishmalar ko‗rinishida aluminiy quymalari, bosim ostida quyish uchun magniy va rux qotishmalari, antifriksion rux qotishmalari, shuningdek, badiiy quymalar uchun bronza, qalayli va qalaysiz quyma bronzalar va qalayli quyma jezlar yetkazib beriladi [7]. Cho‗yan quymalari quyiladigan, qayta ishlanadigan va tabiatan legirlangan cho‗yanlarga bo‗linadi. Quyiladigan cho‗yanlar (ГОСТ 4832—80)ning odatdagi (Л) va magniy bilan tozalangan (ЛР) turlari chiqariladi. Bundan tashqari, quyiladigan cho‗yanlar tarkibidagi krem- niyga qarab Л1 (Si 3,2—3,6%) ... Л6 (Si 1,2—1,6%) markalarga, tarkibidagi Mn ning miqdoriga qarab I (0,3% gacha) ... IV (0,9 dan 1.5% gacha) gruppalarga va A (0,08% gacha), Б (0,12% gacha), В (0,3% gacha), Г (0,7% gacha), Д (0,12% gacha) klasslarga va tarkibidagi S miqdoriga qarab 1 (0,05%)... 5 (0,05% gacha) kategoriyalarga bo‗linadi. 120 Qayta ishlanadigan (ГОСТ 805—80) cho‗yanning 10 ta markasi chiqariladi: П1 va П2 — qayta ishlab po‗lat olish uchun; ПЛ1 (Si 0,8— 1,2%) va ПЛ2 (Si 0,5—0,8%) — quymakorlik uchun, ПФ1, ПФ2, ПФЗ — fosforli, ПВК1, ПВК2, ПВКЗ — yuqori sifatli. Marka xuddi quyma cho‗yanniki kabi tarkibidagi Si miqdori bilan aniqlanadi, lekin Si qayta ishlanadigan cho‗yanlarda ancha kam bo‗ladi. Bundan tashqari, qayta ishlanadigan cho‗yanlar Mn bo‗yicha gruppalarga, P bo‗yicha klasslarga va S bo‗yicha kategoriyalarga bo‗linadi. Tabiatan legirlangan cho‗yanlar uch turga bo‗linadi: xrom-nikelli (ТУ 14-15-84-79), titanli va titan-misli (ТУ 14-15-4-74). Xrom-nikelli cho‗yanning 10 ta markasi chiqariladi: ЛХН1 (Ni + Co 0.2%; Cr 0,4— 1,2%) dan ЛХН10 (Ni + Co 1%; Cr 2,3-3,2%) gacha. Titanli cho‗yan (БТЛЗ—БТЛ7) tarkibida 0,3—1,2% Ti, titan- misli cho‗yan (БТМЛЗ—БТМЛ7) tarkibida 1-3% Cu va 0,3-1,2% Ti bo‗ladi. Ular shixtaga qo‗shilsa, kam legirlangan konstruksion cho‗yanlarni suyuqlantirib olish uchun imkon tug‗iladi. Ikkilamchi qora metallar (ГОСТ 2787-75). Ular jumlasiga cho‗yan va po‗latning temir-tersagi, po‗lat va cho‗yan qirindisi, metall qirqmasi, shtampovka qilingan detal va shunga o‗xshashlar kiradi. Ikkilamchi qora metallar klassifikatsiyasi 3.1- rasmda tasvirlangan. Ular kategoriyalarga (A — uglerodli va Б — legirlangan), klasslarga (po‗lat va cho‗yan) va turlarga bo‗linadi. Turi fizik holati va sifat ko‗rsatkichlari bilan aniqlanadi: bo‗lak-bo‗lak, presslangan, qirindi; gabaritli, nogabarit va h.k. Domnaga kiritiladigan qo‗shimcha, metall zaki (kuyindi) va payvand shlaki klassga bo‗linmaydi, ular suyuqlantirishda quymakorlikda ishlatilmaydi. Legirlangan chiqindilar va temir- tersak kimyoviy tarkibi bo‗yicha 67 ta gruppaga bo‗linadi. Ferroqotishmalar. Metall shixta materiallarining bu keng gruppasi bitta yoki bir nechta legirlovchi elementlari bo‗lgan temir qotishmalarni o‗z ichiga oladi. Asosiy legirlovchi element, odatda, qotishmalarning nomida ko‗rsatiladi: ferrosilitsiy — Si, ferromarganes — Mn, ferroxrom — Cr va h.k. Ferromarganes (ГОСТ 4755-80) kam uglerodli (C = 0,5%), o‗rta uglerodli (C = 1—2%) va ko‗p uglerodli (C = 7%) qotishmalarga bo‗linadi. Kam uglerodli, 121 o‗rtacha uglerodli ferromarganesning tarkibida 85% Mn (tarkibidagi Mn miqdori 75% bodgan ФМн 2,0 dan tashqari) bo‗ladi. Kam uglerodli ferromarganes markasining raqamli belgisida tarkibidagi uglerodning o‗rtacha miqdori ko‗rsatiladi (masalan, ФМн 1,5 tarkibida 1,5% C bo‗ladi), ko‗p uglerodlida esa marganesning o‗rtacha miqdori (masalan, ФМн 75 tarkibida 75% Mn bo‗ladi) ko‗rsatilgan. Ferromarganes markasida A harfi tarkibdagi fosfor miqdorining kamligini (masalan, ФМн 78A tarkibida 0,05% P bo‗ladi), K harfi tarkibdagi kremniy miqdorining kamligini (kremniy 1% gacha), C harfi tarkibdagi kremniy miqdorining yuqorligini ifodalaydi, C harfidan keyingi raqam kremniy miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФМн 75AC6 tarkibida 6% kremniy bo‗ladi). Ferroxrom (ГОСТ 4757-89E) kam uglerodli (0,01—0,5% C), 0‗rtacha uglerodli (1—4%C), ko‗p uglerodli (6,5—8% C) va markasiga N half belgisi kiritilgan azotlangan (1—6% N) ferroxromga bo‗linadi. Ferroxronming barcha markalarida xrom miqdori 60—68% bo‗ladi. Kam uglerodli, o‗rtacha uglerodli va ko‗p uglerodli ferroxromning markalaridagi raqamli belgi tarkibdagi C miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФХ006А tarkibida 0,06% C bor). Azotlangan ferroxrom markasidagi raqamli belgi tarkibdagi azot miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФХН 200A tarkibida 2% azot bor). Ferroxrom tarkibidagi Si miqdori 0,8—2,0% atrofida bo‗ladi. Markadagi C harfi tarkibdagi Si miqdorining ko‗pligini (masalan, ФХ800СА tarkibida 5,0—10,0% Si bor), A va Б harflari tarkibdagi P miqdorining kam yoki ko‗p bo‗lishini ko‗rsatadi (A harfi bo‗lsa, tarkibdagi P miqdori 0,02— 0,03%; Б harfi bo‗lsa, P miqdori 0,03—0,05% atrofida bo‗ladi). Ferrosilitsiyning (ГОСТ 1415—78) 11 ta markasi chiqariladi. Ferrosilitsiy markasidagi raqamli belgi tarkibdagi silitsiyning o‗rtacha miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФС45 tarkibida 41—47% Si bo‗ladi). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling