O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

 
ЕР 


16 
1.3rasm. Quymakorlik pechlarining ishchi jarayoni asosiy turlarining texnologik sxemalari.


17 
Suyuqlantirish jarayonini amalga oshirish uchun ikkita asosiy element zarur: 
ishchi bo‗shliq va issiqlik energiyasi hosil qiluvchi manba. Uzluksiz jarayonlarda 
shaxta shaklidagi ishchi bo‘shliqdan (1.3- a rasm), davriy kontaktli usullarda vanna 
tarzidagi (1.3- b rasm), kontaktsiz usullarda tigel tarzidagi (1.3-d rasm) ishchi 
bo‗shliqlardan foydalaniladi. 
Issiqlik energiyasi hosil qilish manbalariga quyidagilar kiradi (1.3- rasmga q.): K 
— qattiq yoqilg‗i (odatda, koks) va G — gaz yoki suyuq yonilg‗i, D — elektr yoy 
razryadi, P — plazma-yoy razryadi, S — spiralning (nixrom sim va boshqalarning) 
qarshiligi, I — tigel atrofidagi induktor, IK — kanal tipidagi induktor, SSh — shlak 
qatlamining qarshiligi, EP — elektron pushka. 
Ishchi bo‗shliqlarni va issiqlik hosil qilish qurilmalarini birlashtirish (U)
2
variantlari quyidagi asosiy suyuqlantirish agregatlarini hosil qi- lishga imkon beradi. 
1. Yoqilg‗idan foydalaniladigan: SH 
∪ K=V — vagranka, SH ∪ G = = GV — 
gazda ishlaydigan vagranka, VP 
∪ G = PI — alangali pechlar, bular quyidagilarga 
bo‗linadi: statsionar PlS, burilma PlP va aylanma P1V hamda T 
∪ G = TP — tigelli 
suyuqlantirish pechlari. 
2. Elektrda ishlaydigan; VP 
∪ D = DP — yoy pechlari, bular quyidagilarga 
bo‗linadi: nomustaqil yoyli pechlar DZ (bunda yoy elektrod bilan metall orasida 
yonadi); mustaqil yoyli pechlar DN (bunda yoy ikkita elektrod orasida yonadi); VP 
∪ P = PP — plazma pechlari; VP ∪ S = PSV — vannali qarshilik pechlari; T ∪ I = 
ITP — tigelli induksion pechlar; T
∪ I K = IKP — kanalli induksion pechlar; T ∪ S = 
PST — tigelli qarshilik elektr pechlari. 
Issiqlik hosil qiluvchi ikkita manbani bitta shakldagi ishchi bo‗shliq yoki ikki 
shakldagi ishchi bo‗shliq bilan birlashtirilganda kombinatsiyalashgan suvuqlantirish 
pechlari hosil bo‗ladi. Masalan, T 
∪ I ∪ P = IPP — induksion-plazmali pech; SH ∪ 

∪ G = SHP - shaxta-alangali pech va h.k. 
Metallni 
ikkita 
suyuqlantirish 
agregatidan 
foydalanib 
suyuqlantirish 
dupleks-jarayon deb ataladi (1.4- rasm). Dupleks-jarayonning turlaridan biri 
2
«U» alomati bilan bu yerda va keyin pechning ishchi bo‗shlig‗ini va issiqlik hosil qilish manbayini birlashtirish 
belgilanadi. 


18 
vagrankadan konvertorga cho‗yan quyib (1.4-rasmdagi K), undan po‗lat olishdir. 
Konvertorga quyilgan cho‗yan orqali havo yoki kislorod haydaladi, natijada po‗lat 
olinadi. Konvertor — yoqilg‗i foy- dalanilmaydigan yagona agregatdir. 
Issiqlik hosil qilish manbalari ishchi bo‗shliqning qayta suyuqlantirish qoliplari 
bilan birlashtirilganda (PrP, 1.3- e, f rasm) qayta suyuqlantirish jarayonlari sodir 
bo‗ladi, masalan, PrP 
∪ SSH = ESHP — elektr-shlak vositasida qayta suyuqlantirish 
va h.k. Quymakorlikda ESHP pechi yordamida tayyor quyma olish mumkin (suv 
bilan sovitiladigan kristallizator). Qayta suyuqlantirishning boshqa turlari vakuum 
(V) bo‗lishini taqozo etadi: PrP 
∪ D ∪ V = VDP — vakuum- yoy yordamida qayta 
suyuqlantirish; PrP 
∪ EP ∪ V = ELP — elektr- nur yordamida qayta suyuqlantirish. 
Qayta 
suyuqlantirish 
jarayonlariga, 
shuningdek, 
vakuumda 
induksion 
suyuqlantirishni ham kiritish mumkin (IP 
∪ V = IVP). 
Jarayonlarning keltirib o‗tilgan klassifikatsiyasiga muvofiq, qotishmalarning har 
qaysi guruhi uchun suyuqlantirishning turli usullari mavjud. Masalan, cho‗yanni 
suyuqlantirib olish uchun vagrankada suyuqlantirish, induksion va yoy yordamida 
elektr suyuqlantirish, dupleks-jarayonlarda suyuqlantirish, issiqlik hosil qilishning 
kombinatsiyalashgan manbalaridan foydalanib (masalan, induksion-plazma 
yordamida) suyuqlantirish qo‗llaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling