O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.32 Mb.
bet58/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119
Tayanch iboralar: O’xshash unsurlar (elementlar),qalpoqcha, belbog’cha,nuqtacha, qo’shimcha elementlar, halqali unsur, oval unsur, yarim oval unsur, osti ilmoq kalta tayoqcha, usti ilmoqli uzun tayoqcha, tuguncha element,ozidan oldingi va keyigi harflarga ulanish elementi, dumchasini cho’ziish elementi, onglilik tamoyili, genetik tamoyil, oddiydan murakkabga tamoyili

HARFLAR GURUHINING TAHLILI.


Boshlang'ich sinflarda yozuvga o'rgatishning eng qulay yo'li harflarni guruhlarga ajratish bo’lib, bu guruhlashni harflarning o’xshash unsurlari (elementlari)ga ko'ra tasnif qilinadi.
Kichik harflar guruhi:
1-guruh: i, u, n, m, t. l, y.
i – osti ilmoq unsur. Kichik i harfi ilmoq unsurli harf. Bir ilmoq bilan ifodalanib keladi, o’zidan oldingi harfga kalta ilmoq bilan qo’shiladi, kyeyingi harfga o’zining ilmoq do’mchasi biroz cho’ziladi, bir unsurli harf:
nina, in, it, ustiga nuqta qo’yiladi.
u– kichik harfi ikki ilmoq harf, o’zidan oldingi harfga ilmoqcha bilan, keyingi harfga esa dumchasi bilan ulanadi. Qo’l harakatini uzmasdan yoziladi. Unsuri bir xil bo’lganligi uchun bir unsurli harf hisoblanadi: un, tun.
n – kichik harfi ikki unsu’rli harf, sanoq-ohang usulida 1-bir, 2-iiki dyeb sanash bilan yoziladi: non, ana, ona.
m- harfi, 3-elemyentli harf, 1-tayoqcha va –1,2-ilmoqcha – m. Sanoq-ohang usulida bir- , ikki- , uch- ko’rinishida bo’lib o’rtadagi 1-va dyeb izohlanadi: olma, mana. O’zidan oldingi va kyeyingi harflarga kalta ilmoqcha va dumchasi bilan qo’shiladi. Bular usu’r hisoblanmaydi.
Bir- , ikki- , uch- : m mana,mosh.
t – kichik harfi osti ilmoqli uzun tayoqchadan iborat bo’lib, so’z tugagandan keyin belbogchasi qo’yiladi: tutun.
l harfi elyemyetnlarga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi. O’zidan oldingi va kyeyingi harflarga osongina qo’shiladi: lola, ol, bol.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling