O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.32 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya
- Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
Fanning ta’limdagi o’rni
Husnixat o’qitish metodikasi fani pedagogik fanlardan biri bo’lib, boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish usullarini yoritib beradi. O’quvchilarning husnixatdan muhim tushunchalar o’zlashtirishlarini, yozma nutqqa, chiroyli yozuvga oid ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta'minlaydi. Bu ko’nikma va malakalar o’rta maktabda boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. Husnixat bilan yozishning ijtimoiy ahamiyati juda katta bo’lib, o’quvchilarning-madaniyatni egallashlariga yo’l ochadi. Umumiy o’rta ta’im olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantiradi. o’quvcbilani umumiy o’rta ta'limga tayyorlaydi Husnixatga o’rgatish metodikasi kursi talabalarni pedagogik amaliyotga va universitetni bitirgandan so’nggi pedagogik tayyorlaydi. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya Husnixat va uni o’qitish metodikasini o’qitishda Davlat talim standartlari, boshlang’ich ta’lim ona tili dasturi, husnixat daftarlarini tahlil qilish, darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ma'ruza matnlari, elektron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo’llash, interfaol usullarni, shuningdek, ritmik usul, qo’l harakatlarini mashqlantirish, reproduktiv usullarda husnixatga o’rgatish, ta'limiy vositalami ta'lim jarayoniga tadbiq etish, husnixat darslarida epidiaskop, kesma yozma harflar, bo’g’in, so’z yozilgan ko’rgazmalardan foydalanish muhim ta'limiy ahamiyatga ega. Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni Husnixatning ahamiyati. Chiroyli yozuvning ahamiyati. O’quvchilarni chiroyli yozuvga o’rgatishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati, chiroyli yozuv o’quvchida mehnat qobitiyatini shakllantirishi, yuklatilgan vazifani toza, aniq, madaniyat bilan bajarishga o’rgatishi, estetik didni tarbiyalashi. chiroyli yozuv imlo xatolarining oldini olishi. xunuk xat o’quvchida yozuvga nisbatan mas'uliyatsizlik hissini uyg’otishi o’ylamay yozishga imlo xatolariga befarq bo’lishga olib kelishi chiroyli yozuvning ijtimoiy ahamiyati, huijatlar o’qib bo’lmaydigan dastxat bilan yozilsa o’quvchining ko’p vaqtini olishi va tushunmaslikka olib keishi. Kundalik hayotda dastxat bilan ma'ruza, dalolatnoma, tarjimai hol, ariza, e’lon va boshqa ish qog’ozlarini yozishga to’g’ri kelishi, maktabda o’qib bo’lmaydigan dastxat o’quvchilar ishini tekshirishni qiyinlashtirishi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling