O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.32 Mb.
bet5/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Yozuv materiallari va qurollari.
Xattaxta. «To’g’ri o’tir!» plakati. alifboning yozma shakli, harflar alohida yozilgan albom, husnixat daftari, rangli bo’r.
Sharikli ruchka.
Yozuv uchun qulayligi. ingichka, yengilligi ruchkani barmoqlar orasida ushlash, ruchka uchi bilan ko’rsatkich barmoq orasida 1,5-2 sm oraliq qolishi. Ruchkaning pastasi siyohi binafsha rangda bo’lishi, o’qituvchining tekshiradigan pastasi qizil rangda. Ruchkani penalda yoki partadagi maxsus joyda saqlash. o’qituvchi stolida lozim bo’lgan paytda foydalanish uchun ruchka, sterjenlar bo’lishi lozimligi. Yozuv daftari.
1-sinfda yozuv yo’li 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bo’lgan qiya chiziqlar siyrak bo’lgan 2 chiziqli daftar, 2-4 sinflarda chiziqlar orasi 8 mm bo’lgan 1 chiziqli daftar tutilishi. Kichik harflarning bo’yi 3 mm. bosh harflarning bo’yi 6 mm, raqamlarning bo’yi harflardan 2 marta qisqa bo’ladi. l-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida daftar, 3-4-sinfda ona tili daftariga yozadilar. l-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yilikdan boshlanadi, daftarga sana, oy yoziladi. Xat boshiga qat’iy-amal qilinadi, hoshiya bo’lishi shart. Sarlavha bilan matn orasida qator qoldirmaslik o’qituvchi xatolarni to’g’rilash yo’lini o’quvchiga o’rgatishi (xato harflarning ustidan chiziq tortib, ustiga to’g’risini yozishi). Daftarni har uy vazifasidan so’ng yig’ib tekshirish va baholash.
Yozuvga o’rgatishning usullari
Ritmik usul. Bunda o’quvchilar o’qituvchining sanog’i ostida yozishni mashq qilishi, uning qiziqarliligi, butun sinf bilan ishlash imkoniyatiga egaligi. Biroq bu usulni doimiy qo’llash o’quvchilarni toliqtirishi, mehnatga qiziqishini so’ndirishi.
Qo’l harakatlarini mashq qildirish usuli. Bunda barmoqlar bilan yelka harakati mashq qildirilishi. Yozuv chiziqlarining berilmasligi harf shtrixlari ustidan yozdirilishi, keyinchalik bo’g’in, so’z, gap yozishga o’tilishi. Uning samarali mctodlardan ekanligi.
Husnixatga o’rgatish tamoyillari
Umumdidaktik va grafik malakalar bilan bog’liq tamoyillar. Onglilik, soddadan murakkabga tamoyili, takrorlash. ko’rgazmalilik, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyillari husnixatga o’rgatish tamoyillari.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling