2. Shakldan 30 ta kvadratni sanab bera olasizmi?
Download 298.26 Kb.
|
MATNLI MASALALAR2(1)
2
2. Shakldan 30 ta kvadratni sanab bera olasizmi? 3. Bog‘dagi bir tup olxo‘ridan 38 kg, ikkinchisidan esa undan 9 kg ko‘p hosil olindi. Hammasi bo‘lib necha kilogramm olxo‘ri terib olingan? Zumrad birinchi haftada 62 betli kitobning 28 betini, ikkinchi haftada esa qolganini o‘qib bo‘ldi. Zumrad ikkinchi haftada birinchi haftadagiga qaraganda necha bet ko‘p o‘qigan? Soat sirtini shunday 6 bo‘lakka bo‘lingki, har bir bo‘lakdagi sonlar yig‘indisi bir xil bo‘lsin. Birinchi do‘konga 53 kg, ikkinchisiga esa undan 15 kg kam go‘sht keltirildi. Ikkala do‘konga jami necha kilogramm go‘sht keltirilgan? Botirda 24 ta yong‘oq bor. Ukasidagi yong‘oqlar unikidan 8 ta kam. Aka-ukada hammasi bo‘lib nechta yong‘oq bor? Birinchi egatdan 35 kg, ikkinchisidan esa undan 9 kg ortiq sabzi kovlab olindi. Ikkala egatdan hammasi bo‘lib necha kilogramm sabzi olingan? 9 ta cho‘pdan 3 tasining har biri 3 bo‘lakka bo‘linsa, jami cho‘plar soni qancha bo‘ladi? Polizdan 43 ta tarvuz va undan 6 ta kam qovun uzildi. Hammasi bo‘lib nechta tarvuz va qovun uzib olingan? Azizda 18 ta, Diloromda undan 7 ta ortiq, Xurshidada esa Diloromdagidan 12 ta ortiq daftar bor. Xurshidada nechta daftar bor? 4 dan 9 gacha sonlarni bo‘sh doirachalar ichiga shunday joylashtiringki, uchburchakning har bir tomonidagi sonlar yig‘indisi 17 bo‘lsin. Birinchi qopda 37 kg, ikkinchi qopda undan 8 kg ortiq, uchinchi qopda esa ikkinchidagidan 3 kg ortiq kartoshka bor. Uchinchi qopda necha kilogramm kartoshka bor? Sport musobaqasida 34 nafar o‘quvchi qatnashdi. Ulardan 15 nafari yugurish, 8 nafari uzunlikka sakrash, qolganlari balandlikka sakrash bo‘yicha ishtirok etishdi. Balandlikka sakrashda necha nafar o‘quvchi qatnashgan? 12 ta shashka donasini uch qator qilib shunday joylashtiringki, har bir qatorda 5 tadan shashka donasi bo‘lsin. Bog‘da 60 tup daraxt bor. Ulardan 25 tupi olma, 17 tupi o‘rik, qolganlari esa shaftoli daraxti. Bog‘da necha tup shaftoli daraxti bor? Dasturxondagi vazalarda 16 ta olma bor edi. Ulardan 9 tasi yeyildi. Shundan keyin vazalardagi olmalar sonini 20 taga yetkazish uchun yana nechta olma kerak? Sinfda 18 nafar o‘g‘il bola va 17 nafar qiz bola bor. 7 nafaridan tashqari barcha o‘g‘il bolalar futbol to‘garagiga qatnashadi. Sinfdagi o‘quvchilardan necha nafari futbol to‘garagiga qatnashmaydi? Do‘konda peshindan keyin qolgan 54 ta muzqaymoqdan 38 tasi sotildi. Agar ertalab do‘konga 100 ta muzqaymoq keltirilgan bo‘lsa, kun bo‘yi nechta muzqaymoq sotilgan? 4 ta likopchaning har birida 3 tadan olma bor. Likopchalardagi jami olmalar nechta? 12 ta olma 4 ta likopchaga teng qo‘yildi. Har bir likopchada nechtadan olma bor? Gulzordan Shahnoza 7 ta, Dilnoza undan 3 marta ko‘p gul uzdi. Gulzordan hammasi bo‘lib nechta gul uzilgan? Qovunning massasi 6 kg, handalakning massasi undan 4 kg kam. Qovunning massasi handalaknikidan necha marta ortiq? Bir-biridan 100 m uzoqlikda turgan ikki o‘quvchi bir-biri tomon yura boshlashdi. Birinchi o‘quvchi 25 m yurganda, ikkinchisi 35 m yurdi. Ular orasida necha metr masofa qoldi? Sherzod birinchi qavatdan ikkinchi qavatga ko‘tarilish uchun 18 ta zinani bosib o‘tdi. U ikkinchi qavatdan to‘rtinchi qavatga chiqquncha yana nechta zinani bosishi kerak? Birinchidan oltinchi qavatga chiqquncha-chi? Do‘kondan 4 quti chinni idishlar sotib olindi. Har bir qutida 1 ta choynak va 6 ta piyola bor. Jami nechta chinni idish sotib olingan? Tokzordan 3 ta savatga husayni va 2 ta yashikka toifi uzildi. Har bir savatdagi husayni 6 kg, har bir yashikdagi toifi 8 kg. Hammasi bo‘lib necha kilogramm uzum uzilgan? 24 m arqon uchta joyidan teng qirqilsa, har bir bo‘lakning uzunligi necha metr bo‘ladi? Qopda 40 kg kartoshka bor edi. 8 haftadan keyin qopda 16 kg kartoshka qoldi. Haftasiga necha kilogrammdan kartoshka ishlatilgan? 24 ta olma va 16 ta nok 4 ta vazaga bir xil taqsimlanib, dasturxonga qo‘yildi. Har bir vazaga nechtadan olma va nechtadan nok qo‘yilgan? Har bir vazada nechtadan meva bor? Arifmetik amallar yordamida 3 ta 5 raqamidan quyidagi sonlarni hosil qiling: a) 2 ni; b) 4 ni; c) 11 ni. Barno 9 yoshda, buvisi 63 yoshda. Buvisining yoshi Barnonikidan necha marta ortiq? Buvisi nabirasidan necha yosh katta? Maktab bog‘ida birinchi tupdan terilgan 96 kg olma 8 ta yashikka solindi. Ikkinchi tupdan terilgani esa 6 ta yashikka joylandi. Ikkinchi tupdan necha kilogramm olma terilgan? Tarvuzning yarmi 5 kg. Butun tarvuzning massasi necha kilogrammga teng? Qovunning uchdan bir qismi 2 kg. Butun qovunning o‘zi necha kilogrammga teng? Qovoqning choragi 2 kg. Butun qovoqning massasi necha kilogrammga teng? Savatdagi anorning choragi 6 donani tashkil etadi. Savatdagi anorning yarmi necha donani tashkil etadi? Uchdan bir qismi-chi? To‘pda 60 m duxoba bor. Birinchi xaridorga uning yarmi, ikkinchisiga qolgan duxobaning uchdan bir qismi sotildi. Ikkinchi xaridor necha metr duxoba sotib olgan? Savatda 32 ta anor bor. Undagi anorlarning yarmini Anvar, choragini Marjona oldi. Savatda nechta anor qoldi? Bozorga 96 dona tarvuz olib kelindi. Peshingacha tarvuzlarning to‘rtdan bir qismi sotildi. Sotish uchun necha dona tarvuz qoldi? 70 kunda matematika darsi necha marta bo‘ladi? Matematika darsi bir haftada 5 marta bo‘lishini hisobga oling. Oshxonada kuniga 20 kg dan sabzi sarflanadi. Agar oshxonada 67 kg sabzi qolgan bo‘lsa, 4 kunga yetishi uchun yana qancha sabzi sotib olish kerak? 6 ta vazaning har birida 4 donadan olma va 2 donadan nok bor. Vazalarda hammasi bo‘lib necha dona meva bor? 7 ta guldonning har birida 5 donadan qizil va 4 donadan sariq atirgul bor. Jami atirgullar necha dona? Shunday to‘rtta sonni topingki, bu sonlardan biri 4 ga bo‘linganda, ikkinchisi 4 ga ko‘paytirilganda, uchinchisiga 4 qo‘shilganda, to‘rtinchisidan 4 ayirilganda javob 4 bo‘lishi kerak. Sarvar, Shahnoza va Gulnozaning har birida 4 tadan katak va 5 tadan chiziqli daftar bor. Ularda jami nechta daftar bor? Dilbar kuniga 6 sahifadan kitob o‘qidi. 14 kun o‘qiganidan keyin kitobning 12 sahifasi qoldi. Kitob necha sahifadan iborat? Ikki xonali shunday son topingki, uni 7 ga ko‘paytirib, chiqqan sondan 1 ayirilganda 90 hosil bo‘lsin. Bu qanday son? Quyonlar uchun 5 kg sabzi olib kelindi. 13 ta quyonning har biriga 4 tadan sabzi berildi. Agar har bir kilogrammda 11 tadan sabzi bo‘lsa, nechta sabzi ortib qoladi? Maktab tajriba maydoniga 8 kg kartoshka ekilib, undan 6 marta ko‘p hosil olindi. Olingan hosil ekilganidan qancha ko‘p? 8 ta bir xil bankada 16 kg bodring tuzlandi. Ortib qolgan 12 kg bodringni tuzlash uchun yana nechta banka kerak bo‘ladi? Uzilgan a kg uzum b ta yashikka joylangandan keyin yana d ta bo‘sh yashik qoldi. Ularni ham to‘ldirish uchun yana qancha uzum uzish kerak? Bunda a = 54, b = 6, d = 4 Sog‘ilgan a litr sut b ta bankaga quyildi. Ortib qolgan d ta bankaga necha litr sut sig‘adi? Bunda a = 12, b = 4, d = 2 deb oling. Uy tomiga 35 ta kaptar kelib qo‘ndi. Birozdan keyin ulardan 17 tasi uchib ketdi. Shundan so‘ng 8 ta kaptar qaytib keldi. So‘ngra 14 ta kaptar uchib ketib, 7 tasi yana qaytib keldi. Tomda nechta kaptar qoldi? Sotib olingan a metr chit b ta bir xil ko‘rpachani qoplashga yetdi. Shunday d ta ko‘rpachani qoplash uchun yana necha metr chit kerak bo‘ladi? a = 42, b = 7, d = 3 deb oling. Birinchi to‘pda 30 m, ikkinchi to‘pda 24 m shoyi bor. Agar bitta ko‘ylak uchun 3 m shoyi sarflansa, ikki to‘pdagi jami shoyidan nechta ko‘ylak tikish mumkin? 3-A sinfdan 32 nafar, 3-B sinfdan 34 nafar o‘quvchi 3 ta avtobusda teatrga borishdi. Avtobuslarga necha nafardan o‘quvchi o‘tirgan? Arifmetik amallar yordamida 4 ta 3 raqamidan 30 sonini hosil qila olasizmi? 6 ta 3 raqamidan 31 sonini-chi? Sinfda 17 nafar o‘g‘il bola va 19 nafar qiz bola o‘qiydi. Partalar 3 qatordan qo‘yilgan. Har bir partalar qatorida necha nafar o‘quvchi o‘tiradi? Ozoda va Rahima gulzordan 44 ta gul uzib, 4 ta bir xil guldasta tayyorlashdi. 9 ta guldasta tayyorlash uchun nechta gul kerak? Ikkita kesma chizing. Birinchi kesmaning uzunligi 88 mm, ikkinchisiniki esa birinchi kesma uzunligidan 2 marta qisqa bo‘lsin. Hayvonot bog‘idagi 2 ta qafasga 24 ta to‘ti joylashishi mumkin. 5 ta qafasga nechta to‘ti joylashadi? 100 litr sutdan 84 litri 3 litrli bankalarga, qolgani 2 litrli bankalarga quyildi. Sut nechta 3 litrli va nechta 2 litrli bankalarga quyilgan? 91 ta kitobdan 39 tasi o‘quvchilarga tarqatilgandan keyin 4 bog‘lam kitob qoldi. Har bir bog‘lamda nechtadan kitob bor? Berilgan shaklda nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak bor? 91 ta kitobdan 39 tasi o‘quvchilarga tarqatilgandan keyin 4 bog‘lam kitob qoldi. Har bir bog‘lamda nechtadan kitob bor? Bobo 56 yoshda, nabirasi 14 yoshda. Necha yildan keyin bobo nabirasidan ikki marta katta bo‘ladi? Do‘konga 5 ta o‘ramda 90 m atlas keltirildi. Peshingacha ulardan 3 o‘rami sotildi. Peshingacha necha metr atlas sotilgan? 5 ta savatda 65 kg uzum bor. Shunday 2 ta savatda necha kilogramm uzum bo‘ladi? Do‘konda 85 ta «Nestle» suvidan 61 tasi sotilgandan so‘ng 3 qadoq suv qoldi. Har bir qadoqda nechtadan «Nestle» suvi bor? Do‘konda birinchi kuni 25 kg, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 20 kg ortiq konfet sotildi. Agar har bir qutida 5 kg dan konfet bo‘lsa, ikki kunda necha quti sotilgan? 0 dan 8 gacha sonlarni kvadrat kataklariga shunday joylashtiringki, kvadratning har bir qatori va ustuni bo‘yicha sonlar yig‘indisi 12 ga teng bo‘lsin. 48 dona pomidor 3 ta bankaga bir xil sonda solinib tuzlandi. Xuddi shunday yana 5 ta bankaga tuzlash uchun necha dona pomidor kerak bo‘ladi? To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 24 kv. sm ga teng. Uning bo‘yi 4 sm bo‘lsa, eni necha santimetrga teng? Berilgan bo‘yi va topilgan eniga ko‘ra to‘g‘ri to‘rtburchakni chizing. Nodira akasidan 6 yosh kichik. Akasi 3 yil avval 8 yoshda edi. Hozir Nodira necha yoshda? To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 32 kv. sm ga teng. Uning eni 8 sm ga teng bo‘lsa, bo‘yini toping. Berilgan eni va topilgan bo‘yiga ko‘ra to‘g‘ri to‘rtburchakni chizing. Feruza 43 ta, E’zoza 35 ta xurmo terdi. Ularning har biri xurmolardan 3 tasini yedi. Qizlarda hammasi bo‘lib nechta xurmo qoldi? Qanday to‘rtta har xil sonni ketma-ket ko‘paytirib, 40 sonini hosil qilish mumkin? Kamola 84 yoshli buvisidan 21 marta yosh. U necha yoshda? Agar onasi 42 yoshda bo‘lsa, onasi buvisidan necha marta kichik? Kutubxonaga 84 ta kitob olib kelindi. Har bir bog‘lamda 14 tadan kitob bo‘lsa, nechta bog‘lam kitob keltirilgan? Lift birinchi qavatdan uchinchi qavatga chiqish uchun 8 m ko‘tariladi. Birinchi qavatdan to‘qqizinchi qavatga ko‘tarilganda lift necha metr masofani bosib o‘tadi? Do‘konda 90 kg shakar 18 ta paketga solindi. Birinchi kuni 12 ta paketdagi shakar sotildi. Do‘konda necha kilogramm shakar qoldi? 64 dona olxo‘ri 4 ta likopchaga teng taqsimlab qo‘yib chiqildi. Likopchalarga nechtadan olxo‘ri qo‘yilgan? 2 ta daftar sinf o‘quvchilariga 2 tadan tarqatildi. Sinfda necha nafar o‘quvchi bor? Bitta ko‘ylak tikishga 3 m gazlama sarflanadi. 66 m gazlamadan nechta ko‘ylak tikish mumkin? 32 nafar o‘quvchining chorak qismi musiqa to‘garagiga, 9 nafari sport to‘garagiga boradi. Qaysi to‘garakda sinf o‘quvchilari ko‘p? Uzunligi 16 mm bo‘lgan AB kesma va undan 6 marta uzun bo‘lgan CD kesma chizing. Uchburchakning bir tomoni 7 sm, ikkinchi tomoni 5 sm. Agar uchburchakning perimetri 18 sm bo‘lsa, uchinchi tomoni qancha? 96 kg qand 12 ta paketga solib chiqildi. Birinchi kuni 8 ta paketdagi qand sotildi. Necha kilogramm qand sotilgan? Sotish uchun yana necha kilogramm qand qoldi? To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 32 sm. Agar uning bir tomoni 6 sm bo‘lsa, qo‘shni ikkinchi tomoni necha santimetrga teng? 5 ta 2 soni orasiga to‘rt amal ishorasining har biridan bittadan shunday qo‘yingki, natijada 3 soni hosil bo‘lsin. 45 kg pomidor 15 ta bir xil bankaga solib tuzlandi. 96 kg pomidorni tuzlash uchun nechta shunday banka kerak bo‘ladi? Birinchi kuni kutubxonaga 13 ta bog‘lamda 91 ta kitob olib kelindi. Ikkinchi kuni yana 3 ta shunday bog‘lamli kitoblar keltirildi. Ikkinchi kuni nechta kitob keltirilgan? 48 m adrasdan 16 ta ko‘ylak tikildi. Yana 12 ta ko‘ylak tikish uchun necha metr adras kerak bo‘ladi? 7 ta yong‘oqni 3 o‘rtoq teng taqsimlab olishmoqchi bo‘lishdi. Bolalarning har biriga nechtadan yong‘oq tegadi? 18 dona anor 4 ta likopchaga bir xilda qo‘yilishi kerak. Bitta likopchaga necha dona anor to‘g‘ri keladi? Necha donasi qoldiq sifatida ortib qoladi? Uzunliklari 12 sm va 5 sm bo‘lgan ikkita kesma chizing. Birinchi kesma uzunligi ikkinchi kesma uzunligiga bo‘linganda necha santimetrli kesma qoldiq sifatida qoladi? Tarozining birinchi pallasida 3 ta bir xil handalak bor. Ikkinchi pallasiga shunday 1 ta handalak va 12 ta bir xil shaftolini qo‘ysak, tarozi pallalari tenglashadi. 1 ta handalak massasi nechta shaftolining massasiga teng? 100 kg uzum har bir yashikka 8 kg dan qilib joylansa, nechta yashik kerak bo‘ladi? Necha kilogramm uzum ortib qoladi? Gulzordan uzilgan 48 ta gulni 5 ta guldonga teng miqdorda taqsimlab solish kerak. Har bir guldonga necha donadan gul solinadi?Nechta gul qoldiq sifatida ortib qoladi? Bo‘sh kataklarga 3 va 4 sonlarini shunday joylashtiringki, har bir qator va ustun bo‘yicha yig‘indi har gal 9 chiqsin. 32 ta atirgul va 21 ta chinnigulni 5 ta guldonga bir xilda solish kerak. Har bir guldonga nechta atirgul va nechta chinnigul to‘g‘ri keladi? Nechta atirgul va nechta chinnigul qoldiq sifatida ortib qoladi? 2 ga bo‘linganda 1 qoldiq, 3 ga bo‘linganda 2 qoldiq, 4 ga bo‘linganda 3 qoldiq, 7 ga esa butun bo‘linadigan sonni toping. Birinchi daraxtdan 45 kg, ikkinchisidan 54 kg xurmo terib olindi. Xurmolar 8 ta yashikka bir xilda qilib joylandi. Necha kilogramm xurmo ortib qoldi? 105. Tomonlari 9 sm va 5 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakdan tomoni 3 sm bo‘lgan nechta kvadrat qirqib olish mumkin? Qanday yuzali to‘rtburchak ortib qoladi? 3 ta 2 raqamidan 24 sonini hosil qila olasizmi? 20 sonini-chi? Bozordan sotib olingan mandarinlar sanalganda 52 ta ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular 6 ta likopchaga teng taqsimlab chiqildi. 107. Har bir likopchaga nechtadan mandarin qo‘yilgan? Nechta mandarin qoldiq sifatida ortib qolgan? Savatdagi shirin kulchalar 8 nafar bolaga 4 tadan berilgandan keyin 3 ta qoldi. Savatda jami nechta shirin kulcha bor edi? Qanday qilib butun pishloqni 3 marta pichoq bilan kesib, 8 bo‘lakka bo‘lish mumkin? 3 ta xonaning har birida bittadan qandil bor. Har bir qandilga 5 tadan lampochka qo‘yilgan. Agar qandillardagi 2 ta lampochka kuygan bo‘lsa, yaroqli lampochkalar nechta? Soat millari 12 dan 20 minut o‘tganini ko‘rsatmoqda. Agar shu holatda soat va minut millari o‘rni o‘zaro almashtirib qo‘yilsa, soat nechani ko‘rsatadi? Bahodirning yoshi otasidan 4 marta, bobosidan esa 7 marta kichik. Bahodir 10 yoshda bo‘lsa, uning otasi necha yoshda? Bobosichi? Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping. 9 ga bo‘lganda qoldiqda 7 chiqadigan eng kichik sonni toping. Qopdagi 70 kg un 5 kg dan qilib paketlarga solindi. Qopdagi un nechta paketga solingan? Oshxonaga 60 kg kartoshka keltirildi. Birinchi kuni uning ikkidan bir qismi, ikkinchi kuni uchdan bir qismi ishlatildi. Oshxonada necha kilogramm kartoshka qolgan? 2 ta cho‘pning o‘rnini o‘zgartirib, 6 ta kvadrat hosil qiling. O‘quvchilarga tarqatish uchun 100 ta daftar olib kelindi. Sinfdagi 32 nafar o‘quvchi 3 tadan daftar oldi. Nechta daftar ortib qoldi? 3 ta sinfda 98 nafar o‘quvchi o‘qiydi. Ular 3 ta avtobusga 24 nafardan o‘tirib teatrga borishdi. Necha nafar o‘quvchi teatrga bormagan? Do‘konga har birida 6 kg dan bo‘lgan 14 quti konfet keltirildi. Bir haftada 11 quti konfet sotildi. Sotilmagan necha kilogramm konfet qoldi? Bozorga 84 kg kartoshka olib kelindi. Tushgacha uning to‘rtdan bir qismi sotildi. Sotish uchun qancha kartoshka qoldi? Birinchi tupdan 36 dona, ikkinchisidan undan 4 marta kam anor olindi. Birinchi tupdan ikkinchisiga qaraganda nechta ortiq anor uzilgan? 9 ta jo‘janing oyoqchalari soni 4 ta otning oyoqlari sonidan necha dona ortiq? 96 nafar o‘quvchining uchdan bir qismi 3-A sinfda o‘qiydi. Qolganlari 3B va 3D sinflarda o‘qiydi. 3B va 3D sinflarda necha nafar o‘quvchi bor? Bog‘da 72 kg olma va 66 kg nok uzildi. Olmalar yashiklarga 9 kg dan, noklar esa 6 kg dan joylandi. Olma va noklar jami nechta yashikka joylangan? Keltirilgan sutning 42 litri 3 litrli bankalarga, 65 litri esa 5 litrli bankalarga quyildi. Keltirilgan sut jami nechta bankaga quyilgan? 5 ta 1 raqami yordamida 21 sonini qanday hosil qilish mumkin? Polizdan uzilgan bodringlarning 96 kilogrami 8 kg dan qilib, 72 kilogrami 6 kg dan qilib yashiklarga joylandi. Bodringlar jami nechta yashikka joylangan? Birinchi xirmondagi sholi 48 qop, ikkinchisidagi esa 36 qop chiqdi. Ular ikkita mashinaga teng qilib ortildi. Har bir mashinaga necha qopdan ortilgan? Cho‘plardan shunday 3 tasini olib tashlangki, kvadratlar soni 3 ta bo‘lib qolsin. Birinchi savatda 36 dona, ikkinchisida undan 24 dona kam olma bor. Birinchi savatdagi olmalar soni ikkinchi savatdagidan necha marta ortiq? «Neksiya» avtomobili shahardan birinchi qishloqqacha 64 km, birinchi qishloqdan ikkinchi qishloqqacha yana 28 km yo‘l yurdi. «Neksiya» hammasi bo‘lib necha kilometr yo‘l yurgan? 1, 2, 3 sonlarini bo‘sh kataklarga shunday joylashtiringki, har bir qator bo‘yicha ham, har bir ustun bo‘yicha ham bu sonlarning har biri bittadan qatnashsin. Shuhrat uydan maktabga borguncha 500 m yo‘l yuradi. U maktabga borib kelish uchun ikki kunda necha kilometr yo‘l yuradi? Bir qishloq bilan ikkinchi qishloq orasidagi masofa 28 km. Ikkinchi qishloq bilan uchinchi qishloq orasidagi masofa esa undan ikki marta ortiq. Birinchi qishloq bilan uchinchi qishloq orasidagi masofa qancha? Bidonlardagi sut 14 ta 3 litrli va 11 ta 5 litrli bankalarga quyildi. Bankalarga hammasi bo‘lib qancha sut quyilgan? Qanday qilib 3 litrli va 5 litrli idishlar yordamida hovuzdan 1 litr suv olish mumkin? Bog‘ to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning tomonlari 100 m va 200 m ga teng. Bog‘ atrofi devor bilan o‘ralgan. Devorning uzunligi necha metrga teng? «Matiz» avtomobilida bir qishloqdan ikkinchisiga, keyin uchinchisiga borildi. So‘ngra shu yo‘ldan qaytib kelindi. Birinchi va ikkinchi qishloqlar orasidagi masofa 28 km, ikkinchi va uchinchi qishloqlar orasi esa 16 km. «Matiz»da hammasi bo‘lib qancha yo‘l bosilgan? Mashinada har biri 13 kg dan bo‘lgan 6 yashik uzum bor edi. Do‘konga 4 yashik uzum tushirildi. Mashinada necha kilogramm uzum qoldi? Har biriga 21 nafardan bola o‘tirgan 5 ta avtobus «Umid nihollari» sport musobaqasiga yo‘l oldi. 3 ta avtobusga o‘g‘il bolalar,qolgan avtobuslarga qiz bolalar o‘tirdi. Sport musobaqasiga necha nafar qiz bola jo‘nab ketgan? Agar bir songa 7 ni qo‘shib, yig‘indini 7 ga bo‘lib, bo‘linmadan 7 ni ayirib, ayirma 7 ga ko‘paytirilsa, natija 7 chiqadi. Bu qanday son? Do‘konga 18 qadoq «Sayhun» mineral suvi keltirildi. Birinchi kuni 12 qadog‘i sotildi. Agar har bir qadoqda 8 tadan «Sayhun» bo‘lsa, sotish uchun yana nechta suv qoldi? Sinfdagi 18 nafar qiz va 17 nafar o‘g‘il bolaning har biriga 10 tadan daftar berildi. O‘quvchilarga jami nechta daftar berilgan? Tomonlari 2 sm 4 mm va 3 sm 2 mm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing va perimetrini toping. Bog‘ning har bir qatorida 16 tadan daraxt bor. Ulardan 12 tupi gilos, qolganlari olxo‘ri daraxti. Agar shunday qator 10 ta bo‘lsa, bog‘da necha tup gilos va necha tup olxo‘ri daraxti bor? Bolalar bog‘chasiga 24 ta paketda sovg‘a keltirildi. Har bir paketda 4 tadan konfet, 3 tadan pecheniy va 2 tadan olma bor. Keltirilgan paketlarda jami nechta konfet, nechta pecheniy va nechta olma bor? Anvar shunday dedi: «3 yildan keyin otamning yoshi menikidan 3 marta katta bo‘ladi». Hozir Anvar 9 yoshda bo‘lsa, otasi necha yoshda? Do‘konga har biri 50 kg dan bo‘lgan 10 ta qopda shakar keltirildi. Hamma shakar 100 ta paketga solib chiqildi. Har bir paketga necha kilogrammdan shakar solingan? Guldondagi gullardan 16 tasi qizil, qolgani oq chinnigullar. Agar guldondagi gullarning hammasi 25 ta bo‘lsa, ulardan nechtasi oq chinnigul? Masalani tenglama tuzish orqali yeching. Sinfdagi o‘quvchilardan 11 nafari futbol to‘garagiga, bir necha o‘quvchi esa musiqa to‘garagiga boradi. Agar musiqa va futbolga jami 18 nafar o‘quvchi qatnashsa, ulardan necha nafari musiqa to‘garagiga boradi? Yulduz o‘ziga 8 ta va ukasiga yana bir nechta daftar sotib oldi. Agar olgan daftarlari 15 ta bo‘lsa, ukasi uchun nechta daftar olgan? Masalani tenglama tuzish orqali yeching. Testni bajargan 24 nafar o‘quvchi chiqib ketgandan keyin sinfda 12 nafar o‘quvchi qoldi. Sinfda jami necha nafar o‘quvchi bo‘lgan? Masalani tenglama tuzish orqali yeching. Do‘konga keltirilgan 38 paket un sotilgandan keyin yana 52 paket un qoldi. Hamma un necha paket edi? Masalani noma’lum kamayuvchini topishga doir tenglama tuzish orqali yeching. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 12 kv. sm ga teng. Uning bo‘yi 3 sm bo‘lsa, eni necha santimetrga teng? Masalani tenglama tuzish orqali yeching. Qo‘yning massasi qo‘zichoqnikidan 4 marta katta bo‘lib, 52 kg ni tashkil etadi. Qo‘zichoqning massasini noma’lum ko‘paytuvchi qatnashgan tenglama tuzish orqali toping. 2 ta cho‘pning o‘rnini shunday o‘zgartiringki, kvadratlar soni 7 ta bo‘lib qolsin. 8 ta yashikdagi xurmo 96 kg. Bitta yashikda qancha xurmo borligini noma’lum ko‘paytuvchi qatnashgan tenglama tuzish orqali toping. Bog‘bon ekish uchun uzum novdasidan 72 ta qalamcha tayyorladi. Ulardan 46 tasi husayni, qolganlari toifi navli. Qalamchalardan nechtasi toifi navli uzum novdasidan tayyorlangan? Masalani tenglama tuzish orqali yeching. Nodirning bobosi 72 yoshda. Nodirning yoshi bobosinikidan 8 marta kichik. Nodir necha yoshda? Perimetri 64 sm bo‘lgan kvadratning tomoni necha santimetr bo‘ladi? Noma’lum bo‘luvchini topishga doir masala tuzing va uni yeching. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tomorqaning yuzi 200 kv. m. Agar tomorqaning bir tomoni 20 m bo‘lsa, ikkinchi tomonini toping. Noma’lum bo‘luvchini topishga doir masala tuzing va uni yeching. Madina 96 betli kitobning choragini o‘qidi. U kitobning necha betini o‘qib bo‘lgan? Masalani tenglama tuzish orqali yeching. Do‘konga ertalab 48 kg, tushdan keyin undan 5 kg kam qand keltirildi. Do‘konga hammasi bo‘lib necha kilogramm qand keltirilgan? 2 nafar ishchi 2 soatda 2 ta kalit yasasa, 4 nafar ishchi 4 soatda nechta kalit yasaydi? Yusuf ko‘chadagi vodoprovod jo‘mragidan behudaga suv oqayotganini ko‘rib qoldi va uni berkitdi. Jo‘mrakdan 1 minutda 10 litr suv oqayotgan bo‘lsa, 1 soatda qancha suv behudaga oqishi mumkin edi? Murod ertalab maktabga borib, darslardan keyin do‘kondan non xarid qildi. Shundan keyin uyiga qaytdi. Bunda u uyidan maktabgacha 400 m, maktabdan do‘kongacha 300 m, do‘kondan uyigacha 200 m yurdi. Murod hammasi bo‘lib qancha yo‘l yurgan? Mohira bir haftada 96 betli ertak kitobining 34 betini o‘qidi. Ikkinchi haftada ham o‘qigandan keyin kitobning 24 beti qoldi. Mohira ikkinchi haftada necha bet kitob o‘qigan? 48 kg shakarning yarmi 3 kg li, qolgani 4 kg li paketlarga solindi. Shakar nechta paketga solingan? Berilgan shaklni ikkiga shunday ajratingki, hosil bo‘lgan shakllar bi xil bo‘lsin. Do‘konga 260 ta karam keltirildi. 150 tasi sotilganidan keyin yana 180 ta karam olib kelindi. Do‘konda jami nechta karam bo‘ldi? Tomonlari 180 mm va 240 mm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini detsimetr va santimetrda hisoblang. Kurant soati bonglari soat necha bo‘lsa, shuncha marta bong uradi. Bir sutkada kurant soati necha marta bong uradi? Qopdagi guruch 2 kg li 20 ta va 3 kg li 10 ta xaltachaga taqsimlab chiqildi. Qopda necha kilogramm guruch bo‘lgan? 5 ta 5 yordamida 31 sonini qanday hosil qilishni bilasizmi? Berilgan kesmaning choragi 2 sm. Berilgan kesmaning uzunligini toping va uni chizing. Toshbaqa ertalab 17 metrli chuqurlikka tushib ketdi. Har kuni kunduzi 5 metrga ko‘tariladi, kechasi esa 2 metrga sirg‘alib pastga tushadi. Toshbaqa necha kunda chuqurlikdan chiqadi? Ikki soatda «Neksiya» 160 km, «Lasetti» undan 20 km ortiq, «Matiz» esa «Neksiya»dan 40 km kam masofani bosib o‘tdi. Har bir avtomobil bir soatda qancha masofani bosib o‘tgan? Daraxt tagidan boshlab bir yo‘nalishda har birining orasi 1 m dan qilib 10 ta yong‘oq qo‘yilgan. Olmaxon 10 marta qatnab, hamma yong‘oqni daraxt tagiga bittadan tashib kelishi uchun qancha masofani bosib o‘tishi kerak? Anvar do‘kondan 150 so‘mga 1 ta qalam, 250 so‘mga 1 ta ruchka va har biri 250 so‘mdan 2 ta daftar oldi. Anvar hammasi bo‘lib necha so‘m sarfladi? Bidondagi sut 5 ta 3 litrli va 5 ta 5 litrli bankalarga quyildi. Bidonda qancha sut bo‘lgan? Ariq bo‘yidagi 30 m joyga bir qator qilib 6 ta yong‘oq ko‘chati ekishmoqchi. Daraxtlar orasi necha metrdan bo‘lishi kerak? Bir cho‘pon ikkinchisiga: «Agar sen menga bitta qo‘yingni bersang, mening qo‘yim senikidan ikki marta ko‘p bo‘ladi», – dedi. Ikkinchisi birinchisiga: «Yaxshisi sen menga bitta qo‘yingni ber. Shunda qo‘yimiz teng bo‘ladi», – dedi. Ularda nechtadan qo‘y bo‘lgan? Qopdagi un 10 ta 3 kg li va 8 ta 5 kg li xaltachalarga solindi. Qopda necha kilogramm un bo‘lgan? To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi futbol maydonining tomonlari 100 m va 60 m. Maydonning perimetri necha metrga teng? 3, 0, 7 raqamlaridan foydalanib, mumkin bo‘lgan barcha 2 xonali sonlarni yozing. 2 ta cho‘pning joylashishini o‘zgartirib, tenglikni tuzating. Mashqni ikki usulda bajaring. VII – II = II Yilning har bir oyini tartib bo‘yicha rim raqami bilan ifodalang. 5 ta 3 raqami yordamida 21 sonini hosil qila olasizmi? Tomoni 4 sm bo‘lgan kvadrat chizing. Uning perimetri va yuzini toping. Do‘kondan 400 g qora choy va undan 150 g kam ko‘k choy xarid qilindi. Hammasi bo‘lib necha gramm choy xarid qilingan? Bittadan 1, 3 va 5 kg li toshlar bor. Shu toshlardan foydalanib pallali tarozida 500 g, 2 kg, 7 kg guruchni qanday qilib tortish mumkin? Do‘kondan 400 g sariyog‘ va undan 50 g ortiq pishloq xarid qilindi. Hammasi bo‘lib necha gramm mahsulot xarid qilindi? Nazokatda 19 ta, Nasibada undan 4 ta kam, Naimada esa Nasibadagidan 8 ta ortiq kompyuter diski bor. Qizlarda jami nechta disk bor? Birinchi daraxtdan 50 kg, ikkinchisidan unga qaraganda 3 marta ortiq, uchinchisidan esa 1 sr olma terildi. Jami qancha olma terilgan? Fermer xo‘jaligida birinchi kuni 180 sr, ikkinchi kuni undan 60 sr kam, uchinchi kuni esa 16 t kartoshka kovlab olindi. Uch kunda jami necha tonna kartoshka kovlangan? G‘oz va qo‘ylar jami 6 ta. Ularning oyoqlari soni esa 18 ta. G‘ozlar nechta? Qo‘ylar-chi? Bozorga 10 qop guruch keltirildi. Har bir qop guruch 70 kg dan bo‘lsa, bozorga necha sentner guruch keltirilgan? Birinchi xirmondagi bug‘doy 12 ta, ikkinchi xirmondagisi esa 8 ta qopga solindi. Har bir qop 50 kg bo‘lsa, hamma bug‘doy necha sentner? Tonnaga aylantirganda qancha bo‘ladi? Qizi tug‘ilganda onasi 24 yoshda edi. Hozir qizining yoshi onasining yoshidan ikki marta kichik. Hozir qizi necha yoshda? 200. Bozorda sotuvchi birinchi kuni 312 kg, ikkinchi kuni undan 43 kg ortiq piyoz sotdi. Sotuvchi ikki kunda necha kilogramm piyoz sotgan? Bo‘yi a sm, eni b sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 36 sm2. Uning tomonlari uzunligi nechaga teng bo‘lishi mumkin? Ikki va uch g‘ildirakli velosipedlarning umumiy soni 5 ta, g‘ildiraklari soni esa 12 ta. Ikki va uch g‘ildirakli velosipedlarning har biri nechta? Sotuvchi birinchi kuni 124 ta, ikkinchi kuni undan 31 ta ortiq tarvuz sotdi. Ikki kunda hammasi bo‘lib nechta tarvuz sotilgan? «Lasetti» bir shahardan ikkinchi shaharga yo‘l olib, 114 km masofani bosib o‘tdi. Shaharlar orasidagi masofa 236 km bo‘lsa, manzilga yetish uchun «Lasetti» yana qancha masofani bosib o‘tishi kerak? Amallarni bajarmasdan turib 666 sonini 999 soniga qanday qilib aylantirish mumkin? Bozorga 768 kg sabzi keltirildi. Birinchi kuni 232 kg, ikkinchi kuni 324 kg sabzi sotildi. Qancha sabzi qoldi? Tikuvchilik korxonasida birinchi kuni 128 ta, ertasiga undan 16 ta ortiq ko‘ylak tikildi. Ikki kunda nechta ko‘ylak tikilgan? Berilgan kvadratning perimetri 16 sm ga teng. Kvadratning tomonini toping va uni chizing. dan 5 gacha sonlarni doirachalarga shunday joylashtiringki, eniga ham, bo‘yiga ham uchta son yig‘indisi 8 ga teng bo‘lsin. Ko‘ylaklar tikish uchun birinchi kuni 327 m, ertasiga undan 38 m ortiq gazlama sarflandi. Ikki kunda necha metr gazlama sarflangan? Terimchilar birinchi kuni 382 kg, ertasiga undan 72 kg ortiq paxta terdilar. Ular ikki kunda necha kilogramm paxta terishgan? Fermer xo‘jaligidagi issiqxonaga ajratilgan maydon to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning bo‘yi 232 m, eni 241 m. Issiqxonaga ajratilgan maydonning perimetrini toping. Bozorga 387 kg pomidor va undan 76 kg ortiq bodring keltirildi. Bozorga hammasi bo‘lib qancha pomidor va bodring keltirilgan? Tomorqadan 194 kg piyoz, undan 76 kg ortiq sabzi, sabzidan 158 kg ortiq kartoshka kovlab olindi. Necha kilogramm sabzi va necha kilogramm kartoshka kovlab olingan? Kunduzi soat 12 dan tundagi soat 12 gacha soat mili necha marta aylanib chiqadi? Minut mili-chi? Maktabda har bir dars 45 minutdan davom etadi. Birinchi va ikkinchi darsdan keyin 5 minutdan tanaffus, uchinchi darsdan keyin esa 15 minut tanaffus bo‘ladi. Birinchi dars boshlangandan to‘rtinchi dars tugaguncha qancha vaqt o‘tadi? 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni yozish uchun nechta raqam ishlatiladi? Tog‘ga chiqishga 2 soat 45 minut, tog‘dan tushishga esa 1 soat 35 minut sarflandi. Hammasi bo‘lib qancha vaqt sarflandi? Har faslda nechta sutka borligini hisoblang. Fasllardagi sutkalar sonini qo‘shish orqali 1 yil necha kunligini toping. O‘quv yilining uchinchi choragi 11-yanvardan 20-martgacha davom etadi. Uchinchi chorak necha sutkadan iborat? Katakli qog‘ozga bo‘yi 9 katak va eni 4 katak bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Bu to‘rtburchakni ikki bo‘lakka shunday ajratib qirqingki, bu ikki bo‘lakdan bitta kvadrat yig‘ish mumkin bo‘lsin. Bir shahar bilan ikkinchi shahar orasidagi masofa 248 km, ikkinchi shahar bilan uchinchi shahar orasidagi masofa esa undan 64 km ortiq. Birinchi shahar bilan uchinchi shahar orasidagi masofa qancha? Berilgan shaklda kvadrat soni nechta? To‘g‘ri to‘rtburchaklar soni-chi? Shakldan shunday 2 ta cho‘pni olib tashlangki, natijada 4 ta kvadrat qolsin. Do‘konga keltirilgan 10 qop shakar 3 kg li paketlarga solib chiqildi. Agar bir qop shakar 45 kg bo‘lsa, keltirilgan hamma shakar nechta paketga solingan? Birinchi va ikkinchi shaharlar orasidagi masofa 256 km. Ikkinchi va uchinchi shaharlar orasi undan 38 km kam. Uchinchi va to‘rtinchi shaharlar orasi esa ikkinchi va uchinchi shaharlar orasidagi masofadan 48 km ortiq. 1) Qaysi shaharlar orasi eng katta? 2) Qaysi shaharlar orasi eng kichik? Fermer xo‘jaligida birinchi issiqxonadan 548 kg, ikkinchisidan unga nisbatan 164 kg kam pomidor terib olindi. Hammasi bo‘lib qancha pomidor terib olingan? Sayyoh tog‘ga chiqishga 3 soat 20 minut sarfladi. Tog‘ tepasida 1 soat 50 minut dam olgandan keyin 2 soat 40 minut vaqt sarflab, tog‘dan qaytib tushdi. Sayyoh tog‘ga yo‘l olgandan qaytib tushgunga qadar qancha vaqt o‘tgan? Kitob do‘konida ikki kunda 524 ta kitob sotildi. Agar birinchi kuni 356 ta kitob sotilgan bo‘lsa,ikkinchi kuni nechta sotilgan? Birinchi kuni ikkinchi kuniga qaraganda nechta kitob ortiq sotilgan? Otaning 17 ta tuyasi bor edi. U katta o‘g‘liga tuyalarning yarmini, o‘rtanchasiga uchdan birini va kenjasiga to‘qqizdan birini vasiyat qilgan edi. O‘g‘illari tuyalarni qanday qilib bo‘lib olishni bilmay turganlarida tuya mingan donishmand kelib qoldi. U tuyalarni o‘g‘illarga bo‘lib berdi va tuyasiga minib yo‘lini davom ettirdi. Donishmand qanday qilib tuyalarni bo‘lib bergan? To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 2 marta orttirilsa, uning yuzi necha marta ortadi? 2) Kvadratning tomoni 3 marta orttirilsa, yuzi necha marta ortadi? Supermarketga 502 kg qo‘y go‘shti va mol go‘shti keltirildi. Birinchi kuni qo‘y go‘shtidan 138 kg, mol go‘shtidan 154 kg sotildi. Supermarketda qancha go‘sht qoldi? Anvar singlisi Umidadan 7 yosh katta. 4 yil oldin Anvar Umidadan ikki marta katta edi. 7 yildan keyin Anvar va Umida necha yoshda bo‘lishini toping. Do‘konga 625 ta katak va chiziqli daftar keltirildi. Bir haftada 258 ta katak daftar va 186 ta chiziqli daftar sotildi. Do‘konda jami nechta daftar qoldi? Zamiraning onasi 3 yildan keyin qizidan 4 marta katta bo‘ladi. Agar onasi hozir 37 yoshda bo‘lsa, Zamira necha yoshda? Bozorga 360 kg sholg‘om va 245 kg turp keltirildi. Bir kunda 457 kg sholg‘om va turp sotildi. Jami necha kilogramm sholg‘om va turp qoldi? Avtomobilda bir shahardan ikkinchi shaharga yo‘l olindi. Bir soatda 94 km, ikkinchi soatda 85 km masofa bosib o‘tildi. Agar bu ikki shahar orasi 268 km bo‘lsa, manzilga yetib borish uchun yana qancha yo‘l qoldi? Ikkita son o‘yladim. Bu ikki sonning yig‘indisi 14 ga, ko‘paytmasi esa 24 ga teng. O‘ylagan sonlarimni toping. Bir yil oldin maktabda 878 nafar o‘quvchi o‘qir edi. Ulardan 89 nafari maktabni bitirishdi. Sentabrda 1-sinfga 96 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Hozir necha nafar o‘quvchi o‘qimoqda? Maktab kutubxonasiga 426 ta kitob keltirildi. Bu kitoblardan 134 tasi boshlang‘ich sinflar uchun, 176 tasi yuqori sinflar uchun, qolgani o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Kutubxonaga keltirilgan kitoblardan nechtasi o‘qituvchilarga mo‘ljallangan? Do‘konda birinchi kuni 158 ta, ikkinchi kuni undan 24 ta ortiq, uchinchi kuni esa ikkinchi kunga nisbatan 18 ta ortiq muzqaymoq sotildi. Uchinchi kuni nechta muzqaymoq sotilgan? 1 to‘p gazlama 28 m bo‘lsa, 10 to‘p gazlama necha metrni tashkil etadi? Do‘konga 10 ta yashikda «Fanta» ichimligi keltirildi. Agar har bir yashikda 24 tadan bo‘lsa, jami nechta «Fanta» keltirilgan? 1 qop guruch 60 kg ga teng. Birinchi va ikkinchi kuni 5 qopdan guruch sotildi. Ikki kunda necha kilogramm guruch sotilgan? Do‘konda 1 ta qalamning narxi 100 so‘m, 1 ta ruchkaning narxi esa 200 so‘m. Lobar do‘kondan 3 ta qalam va 2 ta ruchka sotib oldi. Lobar jami necha so‘m sarfladi? Anvarning akasi va singlisi bor. Uchalasining yoshini qo‘shib hisoblaganda 17 yosh. 6 yildan keyin ularning birgalikdagi yoshi qancha bo‘ladi? 1 ta daftar 300 so‘m. 1000 so‘mga nechta daftar olish mumkin? Necha so‘m ortib qoladi? Salima va Halima do‘kondan daftar sotib olishmoqchi bo‘lishdi. Salima sotuvchiga 900 so‘m berib, 3 ta daftar oldi. Halima 2 ta daftar olishi uchun sotuvchiga necha so‘m berishi kerak? «Afrosiyob» poyezdi Toshkentdan Samarqandga 2 soatda yetib bordi. Agar bu shaharlar orasidagi masofa 320 km bo‘lsa, «Afrosiyob» bir soatda necha kilometr yurgan? O‘quvchilarning har birida 8 tadan katak va 6 tadan chiziqli daftar bor. Agar sinfda 30 nafar o‘quvchi bo‘lsa, ularda jami nechta katak va nechta chiziqli daftar bor? Ulardagi hamma daftar nechta? «Kobalt» avtomobili 1 soatda 90 km masofani bosib o‘tdi. «Kobalt» to‘xtamasdan yana 2 soat shunday yursa, jami bosib o‘tgan masofa qancha bo‘ladi? Do‘konga 120 kg konfet va 150 kg pecheniy keltirildi. Ularning hammasi 6 kunda sotib bo‘lindi. Har qaysi mahsulot 1 kunda necha kilogrammdan sotilgan? 4 ta 5 sonidan foydalanib 3 sonini hosil qila olasizmi? Go‘sht do‘konida bir kunda 140 kg qo‘y go‘shti va 180 kg mol go‘shti sotildi. Kuniga shunday miqdorda go‘sht sotilsa, 3 kunda hammasi bo‘lib qancha go‘sht sotiladi? Supermarketga 20 ta yashikda 400 ta «Nestle» suvi keltirildi. Har bir yashikda nechtadan «Nestle» bor? Bo‘sh kataklarga 5 yoki 6 sonlarini qo‘ying. Har bir qator va ustundagi sonlar yig‘indisi 17 chiqsin. Bo‘sh kataklarga 5 yoki 6 sonlarini qo‘ying. Har bir qator va ustundagi sonlar yig‘indisi 17 chiqsin. 8 ta gugurt 800 so‘m turadi. 500 so‘mga nechta gugurt sotib olish mumkin? Do‘konga keltirilgan 4 qop un 80 ta paketga solib chiqildi. Agar har bir qop 60 kg dan bo‘lsa, har bir paketga necha kilogrammdan un solingan? Shuhrat maktabdan kunduz soat 1 da kelib, tushlik qilishga 20 minut, dam olishga 40 minut, o‘rtoqlari bilan o‘ynashga 1 soat, dars qilishga 2 soat sarfladi. Shuncha vaqtdan keyin soat nechani ko‘rsatayotgan bo‘ladi? 3 ta mushuk 3 ta sichqonni tutishga 3 minut sarflasa, 30 ta mushuk 30 ta sichqonni tutish uchun qancha vaqt sarflaydi? Maktabda har bir dars 45 minut davom etadi. 2 ta dars necha minut davom etadi? 4 ta dars necha soat davom etadi? Toshkent va Samarqand orasidagi masofa 320 km ga teng. Agar avtomobilda 1 soatda 80 km dan yo‘l bosilsa, Toshkentdan Samarqandga necha soatda yetib boriladi? Bog‘bon bog‘ yaratish maqsadida bir soatda 10 tadan gilos ko‘chatini ekmoqda. Agar kuniga 8 soatdan shu tarzda ishlasa, 240 ta ko‘chatni necha kunda ekib bo‘ladi? Zafar uy tomorqasidagi daraxtlarni ohak bilan oqlash uchun ota-onasiga yordam berdi. U 1 soatda 5 ta daraxtni oqladi. Zafar 1 ta daraxtni oqlashga qancha vaqt sarflagan? Agar Umida do‘kondan 4 ta daftar sotib olsa, 100 so‘m ortib qoladi. Agar 5 ta sotib olsa, 100 so‘m yetmaydi. Daftar necha so‘m turadi? Umidada necha so‘m bor? Har biri 50 kg dan bo‘lgan 4 ta qopdagi guruch 40 ta paketga solib chiqildi. Har bir paketga necha kilogrammdan guruch solingan? Ikki shahar orasidagi masofa 240 km bo‘lib, avtobus bir soatda 60 km masofani bosib o‘tdi. Agar avtobus shu tarzda yursa, manzilga yetib borishi uchun yana necha soat yurishi kerak? 5 ta 2 soni orasiga to‘rt amal ishorasining har biridan bittadan shunday qo‘yingki, natijada 5 soni hosil bo‘lsin. Do‘konga 528 kg yog‘ keltirildi. Agar har kuni 132 kg dan sotilsa, 3 kunda necha kilogramm yog‘ sotiladi? Do‘konda yana qancha yog‘ qoladi? Qolgan yog‘ yana necha kunda sotiladi? Bo‘sh kataklarga 5 va 6 sonlarini shunday qo‘yib chiqingki, har bir qator va ustundagi sonlar yig‘indisi 16 chiqsin. Tezyurar poyezd 1 soatda 122 km masofani bosib o‘tdi. Poyezd shu tarzda yursa, 3 soatdan keyin uning bosib o‘tgan jami yo‘li qancha bo‘ladi? Nargiza bir haftada kitobning 132 sahifasini o‘qidi. U shu maromda o‘qisa, 3 haftada kitobning yana necha sahifasini o‘qiydi? Kvadrat shaklidagi bog‘ devor bilan o‘ralgan. Devorning bir tomoni 121 m ga teng. Bog‘ning boshqa bir tomonida kirish uchun darvoza bo‘lib, uning eni 4 m ga teng. Bog‘ni o‘rab turgan devorning jami uzunligi qancha? Korxonada 2 kunda 312 ta o‘yinchoq tayyorlandi. Har kuni bir xilda tayyorlansa, 5 kunda nechta o‘yinchoq tayyorlanadi? Do‘konga 400 ta muzqaymoq keltirildi. Birinchi kuni 128 ta, ertasiga undan 34 ta ortiq muzqaymoq sotildi. Ikki kunda nechta muzqaymoq sotildi? Yana qancha muzqaymoq qolgan? Novvoy 1 kunda 324 ta non yopdi. Agar har kuni shunchadan yopsa, u 3 kunda nechta non yopadi? Uchinchi qavatga chiqish uchun 36 ta zina bosiladi. Oltinchi qavatga chiqish uchun nechta zina bosiladi? Polizdan uzilgan 480 kg bodringning 235 kilogrami tuzlandi. Qolgan bodringni 7 kg dan qilib solish uchun nechta yashik kerak bo‘ladi? Noilada 1000 so‘m pul bor edi. U do‘kondan 3 ta o‘chirg‘ich va 2 ta chizg‘ich sotib oldi. Agar 1 ta o‘chirg‘ich 100 so‘m, 1 ta chizg‘ich 300 so‘m tursa, Noilada necha so‘m qoldi? O‘quvchilarni avtobusda teatrga olib boorish uchun 40 minut ketdi. Teatr 1 soat 40 minutdavom etdi. Ularni teatrdan maktabga olib kelguncha yana 40 minut ketdi. O‘quvchilar teatrga borib kelgunlarigacha qancha vaqt o‘tgan? 1 ta o‘ramda 242 m sim bor. Shunday 3 ta o‘ramda qancha sim bo‘ladi? 4ta o‘ramda-chi? Korxonada 1 kunda 182 m atlas ishlab chiqarildi. Agar har kuni shunchadan atlas ishlab chiqarilsa, 3 kunda necha metr atlas ishlab chiqariladi? 4 kunda-chi? Yozda o‘quvchilarni dam olish oromgohiga olib borish uchun 4 ta avtobus keldi. Har bir avtobusga 38 nafardan bola o‘tirdi. Dam olishga necha nafar bola borgan? Tomonlari 2 sm 8 mm va 4 sm 3 mm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Uning perimetrini toping. 6 litrli idishda 4 litr, 7 litrli idishda 6 litr o‘simlik yog‘i bor. Ikki qo‘shni shu 10 litr yog‘ni teng ikkiga bo‘lib olishmoqchi bo‘lishibdi. Qanday qilib shu idishlar va 3 litrli bo‘sh idish yordamida yog‘ni teng ikkiga bo‘lish mumkin? Oshxonaga 580 kg kartoshka keltirildi. Agar bir kunda 135 kg dan kartoshka ishlatilsa, 3 kundan keyin keltirilgan kartoshkadan necha kilogramm qoladi? To‘rtburchakning bir burchagini qirqib tashlasak, nechta burchakli shakl hosil bo‘ladi? Javobingizni chizmada asoslab bering. Supermarketga 400 ta tovuq go‘shti keltirildi. Har kuni 125 tadan sotilsa, 3 kundan keyin nechta tovuq go‘shti qoladi? Dilfuza 10 kunda kitobning 156 sahifasini o‘qidi. Shunday o‘qishda u 1 oyda (30 kunda) necha sahifa o‘qiydi? Parijdagi «Eyfel» minorasining balandligi 320 m, Toshkent teleminorasining balandligi esa 375 m ga teng. Toshkent teleminorasi «Eyfel» minorasidan necha metr baland? Masalani noma’lum ayriluvchini topishga doir tenglama tuzish orqali yeching. Kapitan 16 ta soqchini qal’a devorining har bir tomoniga chizmadagidek 5 tadan joylashtirdi. Mayor kelib, soqchilarni devor tomonlariga 6 tadan joylashtirishni buyurdi. Kapitanga yordam bering. Supermarketga 500 ta sazan balig‘i keltirildi. Har kuni 150 tadan baliq sotilsa, 3 kundan keyin nechta baliq qoladi? Ikki shahar orasidagi masofa 520 km ga teng. «Epika» avtomobili 1 soatda 90 km yo‘l bosdi. «Epika» shu tarzda yana 4 soat yursa, manzilga yetish uchun qancha masofa qoladi? Tomonlari 3 sm 4 mm va 5 sm 8 mm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing va perimetrini toping. 1 dan 7 gacha sonlarni doirachalarga shunday joylashtiringki, har gal to‘g‘ri chiziq bo‘yicha uchta son yig‘indisi 12 ga teng bo‘lsin. Do‘konga 248 ta olmali, 165 ta olchali va 78 ta anorli sharbatlar keltirildi. Birinchi kuni ulardan 187 tasi sotildi. Nechta sharbat qoldi? Tomoni 3 sm 5 mm bo‘lgan kvadrat chizing. Uning perimetrini toping. 12 litrli idishdagi 12 litr sutni 7 va 5 litrli idishlardan foydalanib qanday qilib teng ikkiga bo‘lish mumkin? Do‘konga 600 ta muzqaymoq keltirildi. Birinchi kuni 348 tasi sotildi. Shu kuni yana 250 ta muzqaymoq olib kelindi. Ertasiga 426 ta sotildi. Do‘konda nechta muzqaymoq qoldi? Do‘konga 246 kg un keltirildi. Un 2 kg dan qilib paketlarga solib chiqildi. Keltirilgan un nechta paketga solingan? Katakdagi sonlar yig‘indisini hisoblashning oson usulini taklif eting. 336 kg guruchni 3 kg dan qilib paketlarga solib chiqish uchun nechta paket kerak bo‘ladi? Oshxonada 96 kg sabzi va 69 kg piyoz bor edi. Ular 3 kunda ishlatib bo‘lindi. Har kuni bir xil miqdorda ishlatilgan bo‘lsa, bir kunda jami necha kilogramm sabzi va piyoz ishlatilgan? Fermada sigirlardan sog‘ib olingan sut 40 litrli 5 ta bidonga to‘latib quyildi. Hammasi bo‘lib necha litr sut sog‘ib olingan? Masalani noma’lum bo‘linuvchini topishga doir tenglama tuzish orqali yeching. Bog‘bon bog‘ qilish uchun 96 tup olma ko‘chatini olib keldi. Ko‘chatlarni har bir qatorga 8 tadan qilib ekdi. Ko‘chatlar necha qatorga yetgan? Ko‘chatlarning ekilish chizmasini chizing. Qutichadagi qo‘ng‘iz va o‘rgimchaklarning birgalikdagi jami oyoqlarining soni 34 ta. Qutichada nechta qo‘ng‘iz va nechta o‘rgimchak bor? Bitta qo‘ng‘izning 6 ta, bitta o‘rgimchakning esa 8 ta oyog‘i bor. Duradgor 6 kunda 72 ta eshik yasadi. U har kuni bir xil miqdorda eshik tayyorlagan bo‘lsa, bir kunda nechtadan eshik yasagan? 3-A sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar soni 3-B sinfdagidan 2 nafar ortiq. O‘quvchilarning umumiy soni 70 nafar. Har bir sinfda necha nafar o‘quvchi o‘qiydi? 5 ta 2 orasiga « + » va «:» belgilarini qo‘yib, 7 sonini hosil qiling. 1 soatda piyoda 5 km, velosiped 20 km, mototsikl 60 km, avtomobil 120 km masofani bosib o‘tadi. 240 km masofani piyoda, velosiped, mototsikl, avtomobil necha soatda bosib o‘tishi mumkin? 3-sinf o‘quvchilari uchun avval 78 ta, keyin 66 ta kitob keltirildi. Bu kitoblar har bir o‘quvchiga 4 tadan berildi. Sinfda necha nafar o‘quvchi bor? 3 ta 3 raqamidan foydalanib 30 sonini hosil qila olasizmi? 3 ta 3 raqamidan 0, 2, 6 va 11 sonlarini ham hosil qilishga harakat qiling. Issiqxonadan 96 kg pomidor va 72 kg bodring uzildi. Pomidor 8 kg li, bodring 6 kg li yashiklarga joylandi. Pomidor va bodring jami nechta yashikka joylangan? Sinf kutubxonasidan 36 nafar o‘quvchidan 12 nafari ikkitadan, qolganlari uchtadan kitob olishdi. Sinf kutubxonasidan nechta kitob olingan? 3 ta 6 raqamidan foydalanib 30 sonini hosil qila olasizmi? 11 sonini-chi? Nazira 1000 so‘mga do‘kondan 2 ta ruchka va 2 ta daftar oldi. Agar 1 ta ruch ka ning narxi 200 so‘m bo‘lsa, 1 ta daftarning narxi necha so‘m bo‘ladi? Yuk mashinasiga 8 qop kartoshka va 6 qop sabzi ortildi.Mashinadagi hamma kartoshka va sabzi 720 kg ni tashkil etadi. Har bir qop kartoshka 60 kg dan bo‘lsa, har bir qop sabzi necha kilogrammdan ekanligini toping. Supermarketga jami 550 litr yog‘ keltirildi. Yog‘ 5 litrli idishlarga solingan. Ulardan 50 ta idishdagisi paxta yog‘i, qolganlari pista yog‘i. Keltirilgan idishlardagi yog‘lardan nechtasi pista yog‘i? Tomoni 4 sm bo‘lgan kvadrat chizing. Uning yuzini toping. 24 ta shashka donasini 6 qator qilib shunday qo‘yingki, har bir qatorda 5 tadan shashka donasi bo‘lsin. Tikuvchilik korxonasida ko‘ylak tikish uchun bir kunda 156 m gazlama sarflandi. Agar bitta ko‘ylakka 3 m dan gazlama sarflangan bo‘lsa, bir kunda nechta ko‘ylak tikilgan? Tomonlari 3 sm va 5 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Uning perimetrini va yuzini toping. Ota bilan o‘g‘ilning yoshini qo‘shganda 42 yosh. 4 yildan keyin ularning birgalikdagi yoshi qancha bo‘ladi? Mebelsozlik korxonasida 8 kunda 168 ta stul va 88 ta stol tayyorlandi. Bir kunda nechtadan stul va stol tayyorlangan? Jadvalni shunday ikki bo‘lakka ajratingki, har bir bo‘lakda 1 dan 8 gacha sonlar bir martadan bo‘lib qolsin. Do‘konga keltirilgan 568 kg shakar paketlarga 2 kg dan qilib solib chiqildi. Shu kuni 128 paket shakar sotildi. Do‘konda nechta paket shakar qolgan? Ikki avtomobil ikki shahardan bir-biriga qarab bir vaqtda yo‘lga chiqdi. Ular har bir soatda 80 km dan yo‘l bosmoqda. Agar shaharlar orasidagi masofa 320 km bo‘lsa, qancha vaqtdan keyin avtomobillar bir-biri bilan uchrashadi? Shunday 3 ta sonni topingki, ular turli tartibda juft qilib qo‘shilganda 25, 30, 35 sonlari hosil bo‘lsin. Quruvchi tushgacha 460 ta, tushdan keyin undan 40 ta ortiq g‘isht terdi. Quruvchi bir kunda nechta g‘isht tergan? Agar quruvchi bir kunda 8 soat ishlagan bo‘lsa, 1 soatda nechtadan g‘isht tergan? Birinchi issiqxonadan 285 ta, ikkinchi issiqxonadan undan 3 marta kam chinnigul uzildi. Hammasi bo‘lib nechta chinnigul uzilgan? Dangasa bola bir sutkaning yarmini uxlashga va ovqatlanishga, choragini maktabda bo‘lishga, yana bir choragini o‘yinga va televizor ko‘rishga sarfladi. Sutkaning qolgan qismida dars tayyorladi. U necha soat dars tayyorlagan? Fazilatning uyidan maktabgacha bo‘lgan masofa 560 m. U uyidan maktabgacha 20 minutda yetib bordi. Fazilat har bir minutda necha metr masofani bosib o‘tgan? Birinchi issiqxonadan 310 ta, ikkinchisidan undan 80 ta ortiq atirgul uzildi. 7 tadan qilib guldasta tayyorlansa, uzilgan atirgullardan nechta guldasta tayyorlash mumkin? Keltirilgan plyonka 24 ta issiqxonadan 17 tasini yopishga yetdi. Agar bitta issiqxonaga 64 m plyonka sarflansa, qolgan issiqxonalarni yopish uchun yana necha metr plyonka kerak bo‘ladi? Sinfda 18 nafar qiz bola bor. Sinfdagi jami o‘quvchilar 35 nafar bo‘lsa, sinfda necha nafar o‘g‘il bola bor? Masalani tenglama tuzish orqali yeching. 1000 ichida raqamlari yig‘indisi 3 ga teng bo‘lgan nechta son bor? Savatga 19 ta olma solingandan keyin undagi olmalar 43 ta bo‘lib qoldi. Savatda nechta olma bor edi? Masalani tenglama tuzish orqali yeching. Tikuvchilik firmasida 3 kunda har kuni 58 tadan, 2 kunda 64 tadan kostum tikildi. Firmada 5 kunda hammasi bo‘lib qancha kostum tikilgan? Maktabning 142 nafar o‘quvchisi sayohatga chiqadigan bo‘ldi. 2 ta katta avtobusning har biriga 38 nafardan o‘tirdilar. Qolgan o‘quvchilar 3 ta kichik avtobusga chiqdilar. Kichik avtobuslarning har biriga necha nafardan o‘quvchi o‘tirgan? Gulzordan 3 nafar o‘quvchi 5 tadan, 4 nafar o‘quvchi 7 tadan atirgul uzishdi. O‘quvchilar gulzordan jami nechta gul uzdilar? Mebel tayyorlash korxonasida 3 kunda har kuni 36 tadan, 4 kunda har kuni 38 tadan eshik yasaldi. 7 kunda jami nechta eshik yasalgan? Kulol 8 soatda 24 ta ko‘za yasadi. Shogirdi esa 6 soatda 12 ta ko‘za yasadi. Kulol 1 soatda nechta ko‘za yasagan? Shogirdi-chi? Naqqosh 1 ta eshikka naqsh solish uchun 3 kun vaqt sarfladi. 24 ta eshikka naqsh solish uchun necha hafta kerak bo‘ladi? Usta haftada bir kun dam oladi deb hisoblang. Gulzordan 37 ta gul uzildi. Ularni 7 tadan qilib solish uchun nechta guldon kerak bo‘ladi? Nechta gul qoldiq sifatida ortib qoladi? 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarning har biridan faqat bir marta foydalanib qo‘shishga oid uchta ifoda tuza olasizmi? Ulardan biri quyidagicha: 3 + 5 = 8 a, b, d, e va f harflarini bo‘sh kataklarga shunday joylashtiringki, har bir qator va ustunda ular faqat bir martadan ishtirok etsin. 1 litr benzin bilan «Neksiya» 14 km, «Kobalt» 16 km yo‘l bosadi. 448 km masofani bosib o‘tishi uchun «Kobalt» avtomobili «Neksiya»ga nisbatan qancha kam benzin sarflaydi? Soat bir kunda 5 minutga kech qoladigan bo‘lsa, necha kundan keyin 1 soatga kech qoladi? Issiqxonadan 280 kg bodring uzildi. Ular 6 kg li yashiklarga joylandi. Bodringlar nechta yashikka joylangan? Qoldiq sifatida necha kilogramm bodring ortib qolgan? 3 ta 5 orasiga amallar belgisi va qavslarni shunday qo‘yingki, natija 0 ga teng bo‘lsin. Supermarketga 2 kg li paketlarda 360 kg un keltirildi. Birinchi kuni 124 kg un sotildi. Sotish uchun necha paket un qoldi? Bir shahardan ikkinchi shahargacha masofa 345 km ga teng. Bu masofani «Kaptiva» avtomobili 3 soatda bosib o‘tdi. «Kaptiva» 1 soatda necha kilometr masofani bosib o‘tgan? Ota 45 yoshda. O‘g‘illari 7, 11 va 15 yoshda. Necha yildan keyin o‘g‘illari yoshining yig‘indisi otaning yoshiga teng bo‘ladi? Maktab kutubxonasiga 4 ta bog‘lamda ertak kitoblar, 9 ta bog‘lamda badiiy kitoblar keltirildi. Har bir bog‘lamdagi ertak kitoblar 18 tadan, badiiy kitoblar esa 12 tadan bo‘lsa, kutubxonaga hammasi bo‘lib nechta kitob keltirilgan? Kvadratni 4 ta uchburchakka va 1 ta kvadratga ajratib qirqib oling. Bu bo‘laklardan uchta kvadrat yasang. Nigora birinchi haftada kitobning 68 sahifasini, ikkinchi haftada undan 2 marta ortiq sahifasini o‘qidi. Nigora ikki haftada necha sahifa kitob o‘qigan? Rustam Alisherga: «Menga yong‘oqlaringdan 2 tasini bersang, yong‘oqlarim senikidan 2 marta ortiq bo‘ladi», – dedi. Alisher: «Yo‘q, sen menga 2 ta yong‘oq bersang, ikkalamizdagi yong‘oqlar teng bo‘ladi», – dedi. Ularning har birida nechtadan yong‘oq bor edi? Bir issiqxonadan 326 ta, ikkinchi issiqxonadan undan 2 marta ortiq atirgul uzildi. Ikkala issiqxonadan jami nechta atirgul uzilgan? Fermer xo‘jaligida 4 kishi 50 kg dan qulupnay terib, 8 kg dan qilib yashiklarga joylandi. Hamma qulupnay nechta yashikka joylangan? Sarvarning uyidan maktabgacha 16 ta elektr tarmog‘i ustuni bor. Agar ustunlar orasi 50 m dan bo‘lsa, Sarvarning uyidan maktabgacha bo‘lgan masofa necha metrga teng? 3 sm 8 mm va 5 sm 4 mm tomonli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing va perimetrini toping. Ko‘cha bo‘ylab daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekilgan qator uzunligi 564m ga, ko‘chatlar orasi 6 m ga teng. Jami nechta ko‘chat ekilgan? To‘rtta 5 sonidan foydalanib 100 sonini hosil qila olasizmi? Akasidagi yong‘oqlar soni ukasinikidan ikki marta ko‘p. Agar hamma yong‘oqlar 9 dona bo‘lsa, aka va ukaning har birida necha donadan yong‘oq bor? Bozorga 12 ta yashikda qulupnay keltirildi. Yashiklarda 6 kg dan qulupnay bor. Peshingacha 7 yashik qulupnay sotildi. Sotish uchun necha kilogramm qulupnay qoldi? Sinfxona derazasining bo‘yi 1 m 80 sm, eni 1 m. Eshikning bo‘yi esa 2 m 10 sm, eni 80 sm. Deraza va eshikning yuzini kvadrat detsimetr hisobida aniqlang. Ulardan qaysi birining yuzi katta? Ikkita «Neksiya» avtomobili bir qishloqdan bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘lga chiqdi. Birinchisi 1 soatda 90 km, ikkinchisi esa 1 soatda 80 km yo‘l bosdi. Avtomobillar shu tarzda yursa, 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha kilometr bo‘ladi? Uch dugona — Aziza, Laziza va Hafiza bir yilda — bahor, yoz va kuzda tug‘ilishgan. Aziza Lazizadan katta emas, Hafiza Azizadan katta emas. Qaysi qiz qaysi faslda tug‘ilgan? 90 kg olma 6 kg li, 84 kg anor esa 7 kg li yashiklarga joylandi. Olma solingan yashiklar anor solingan yashiklardan nechta ortiq? Birinchi jo‘yakdan 42 kg, ikkinchisidan unga qaraganda 2 marta kam, uchinchi jo‘yakdan esa ikkinchisiga qaraganda 3 marta ko‘p qulupnay terildi. Uchala jo‘yakdan jami necha kilogramm qulupnay terilgan? Bir vaqtda Urganchdan «Kaptiva» avtomobili, Nukusdan esa «Lasetti» avtomobili yo‘lga chiqdi. Yarim soatda «Kaptiva» 53 km, «Lasetti» 57 km masofani bosib o‘tdi. Urganch bilan Nukus orasi 220 km bo‘lsa, yarim soatdan keyin «Kaptiva» va «Lasetti» orasidagi masofa qancha bo‘ladi? Do‘konga keltirilgan 12 qop un 3 kg li paketlarga solib chiqildi. Agar 1 qop un 60 kg bo‘lsa, hamma un nechta paketga solingan? 20 nafar yo‘lovchi «Matiz»larga, 18 nafari «Damas»larga o‘tirishdi. «Matiz»larga 4 nafardan, «Damas»larga 6 nafardan yo‘lovchi o‘tirgan bo‘lsa, «Matiz» avtomobillari «Damas»lardan nechta ortiq? Bilimlar sinovida qatnashgan Dono, Ra’no va Barnoning olgan ballari yig‘indisi 100 ga teng chiqdi. Dono va Ra’noning olgan ballari yig‘indisi 64 ga, Ra’no va Barnoniki esa 70 ga teng bo‘ldi. Ularning har biri bilimlar sinovida necha ball to‘plagan? Do‘konga keltirilgan 16 qop makaron 2 kg li xaltachalarga solib chiqildi. Agar 1 qop makaron 25 kg dan bo‘lsa, hamma makaron nechta xaltachaga solingan? Birinchi shahar bilan ikkinchi shahar orasidagi masofa 136 km, ikkinchi shahar bilan uchinchi shahar orasidagi masofa esa undan 26 km ortiq. Birinchi shahar bilan uchinchi shahar orasidagi masofa qancha? Olmaxon birinchi kuni 3 ta yong‘oq topib, iniga olib keldi. Ertasi kuni esa 4 ta yong‘oq topdi. Shu tarzda keyingi har bir kuni oldingi kundagidan 1 ta ortiq yong‘oq topib, iniga olib keldi. Olmaxon 7 kunda iniga nechta yong‘oq tashib kelgan? Duradgorlik ustaxonasida 4 kunda 256 ta stul va 64 ta stol yasaldi. Agar har kuni bir xil miqdorda stul va stol yasalgan bo‘lsa, bir kunda nechtadan stul va stol tayyorlangan? Asror sport musobaqasida 4 kun ishtirok etib, har bir keyingi kun oldingi kunlari olgan jami ballga teng ball to‘pladi. Agar Asror 4 kunda jami 208 ball to‘plagan bo‘lsa, birinchi kuni necha ball olgan? Ota 3 ta o‘g‘li va 2 ta qiziga yong‘oqlarni teng sonda bo‘lib berdi. Birozdan keyin ota qarasa, har bir o‘g‘il 5 tadan yong‘og‘ini yeb qo‘yibdi. Ota sanab ko‘rsa, o‘g‘illaridagi qolgan yong‘oqlarning jami soni qizlariga bergan jami yong‘oqlar soniga teng chiqibdi. Ota bolalariga nechtadan yong‘oq bergan? Nilufar bir haftada 120 sahifali kitobning choragini, ikkinchi haftada esa uchdan bir qismini o‘qidi. Nilufar kitobni tugatishi uchun yana necha sahifa o‘qishi kerak? Bir issiqxonadan terilgan pomidor 46 ta yashikka, ikkinchi issiqxonadan terilgani esa 54 ta yashikka joylandi. Har bir yashikdagi pomidor 10 kg dan bo‘lsa, jami pomidor necha sentner? Shuncha pomidor necha tonna bo‘ladi? Do‘kondan 1 kg 500 g pishloq va undan 300 g kam sariyog‘ xarid qilindi. Do‘kondan hammasi bo‘lib qancha mahsulot xarid qilingan? Maktab o‘quvchilari sayohatga chiqib, birinchi kuni 15 km yurishdi. Ikkinchi kuni birinchi kundagidan 2 marta ortiq, uchinchi kuni esa ikkinchi kundagidan 3 marta kam yo‘l yurishdi. O‘quvchilar 3 kunda necha kilometr yo‘l yurishgan? O‘quvchilarning har birida 8 tadan katak va 5 tadan chiziqli daftar bor. Agar sinfda 35 nafar o‘quvchi bo‘lsa, ularda nechta katak va nechta chiziqli daftar bor? Jami daftarlar nechta? Bir shahardan ikkinchi shahar tomon «Lasetti» avtomobili yo‘lga chiqdi. «Lasetti» dastlabki 3 soatning har bir soatida 110 km dan, keying 2 soatning har bir soatida 90 km dan yo‘l bosdi. «Lasetti» 5 soatda jami qancha yo‘l bosgan? Supermarketda bir kunda 140 kg «Quyoncha» konfeti, 170 kg «Ayiqcha» konfeti sotildi. Agar har kuni shunchadan sotilsa, 3kunda shu konfetlardan jami necha kilogramm sotiladi? Uchta javonda 376 ta kitob bor. Birinchi va ikkinchi javonda 186 ta, ikkinchi va uchinchi javonda esa 277 ta kitob bor. Har bir javonda nechtadan kitob bor? To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 6 sm, eni 4 sm. Uning bo‘yini 3 marta oshirsa, perimetri va yuzi qanday o‘zgaradi? Bo‘yini 2 marta kamaytirib, enini 2 marta oshirganda-chi? Ikki shahar orasidagi masofa 250 km. Avtobus bir soatda 60 km yo‘l bosib o‘tdi. Agar avtobus shu tarzda yana 3 soat yursa, manzilga necha kilometr qoladi? Ikki shahar orasidagi masofa 720 km. Poyezd yo‘lning birinchi yarmini 6 soatda, ikkinchi yarmini 4 soatda bosib o‘tdi. Poyezd yo‘lning birinchi yarmida har bir soatda necha kilometrdan yo‘l bosgan? Ikkinchi yarmidachi? Bozorga 14 ta yashikda gilos olib kelindi. Peshingacha 8 ta yashikdagisi sotildi. Agar har bir yashikdagi gilos 6 kg dan bo‘lsa, necha kilogramm gilos sotilgan? Peshindan keyin sotish uchun necha kilogramm gilos qolgan? Har biri 5 kg dan bo‘lgan 6 ta savatda necha kilogramm o‘rik bo‘lsa, 3 ta yashikda shuncha kilogramm shaftoli bor. Har bir yashikda necha kilogrammdan shaftoli bor? Tomonlari 15 m va 20 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yerga qulupnay ekilgan. Yerning har bir kvadrat metridan 3 kg dan qulupnay terib olindi. Bu yerdan hammasi bo‘lib necha kilogramm qulupnay terib olingan? Uzunligi 864 mm bo‘lgan sim buklanib, kvadrat shakliga keltirildi. Hosil bo‘lgan shaklning tomoni necha millimetrga teng? Qopdagi 40 kg shakar 2 kg va 3 kg qilib paketlarga solindi. Agar 2 kg li va 3 kg li paketlar soni teng bo‘lsa, shakar solingan hamma paketlar nechta? Savatdagi shaftolilarning yarmini Shuhrat, qolgan shaftolining yarmini Umida oldi. Shundan keyin savatda 4 dona shaftoli qoldi. Dastlab savatda necha dona shaftoli bor edi? Yozgi ta’til 26-maydan 31-avgustgacha davom etadi. Yozgi ta’til necha sutkadan iborat? Tikuvchilik firmasida 7 ta kastum tikish uchun 28 m mato sarflandi. 39 ta shunday kastum tikish uchun necha metr mato kerak bo‘ladi? Dam olish maskanida 48 tup chinor, undan 2 marta ko‘p archa, archadan 12 tup ko‘p tol ekildi. Necha tup tol ekilgan? O‘yinchoqlar do‘konida 849 ta archa o‘yinchog‘i sotildi. Bu necha yuzlik, o‘nlik va alohida birliklardan iborat? Do‘konga 100 ta kitob keltirildi. Kun bo‘yi ularning beshdan bir qismi sotildi. Shu kuni nechta kitob sotilgan? Avgust oyida maktab o‘nta sinf xonasi uchun yangi partalar oldi. Har bir sinf xonasiga bir xil miqdorda partalar qo‘yildi. Agar oltita xonaga 90 ta parta qo‘yilgan bo‘lsa, maktabga nechta parta keltirilgan? 10 ta bir xil xaltachaga 20 kg un solingan. 60 kg unni solish uchun shunday xaltachadan nechta kerak bo‘ladi? Bir tup behi daraxtidan 12 kg, ikkinchisidan 18 kg behi terib olindi. Hamma behi 6 kg dan qilib yashiklarga joylandi. Buning uchun nechta yashik kerak bo‘lgan? (Masalani ikki usul bilan yeching.) Sinf kutubxonasida 95 ta kitob bor edi. 9 o‘quvchi 4 tadan kitob oldi. Kutubxonada nechta kitob qoldi? To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydoncha atrofini simto‘r bilan o‘rab olish kerak. Agar maydonchaning bo‘yi 8 m, eni 7 m bo‘lsa, necha metr simto‘r kerak bo‘ladi? Tikuvchi 8 ta paltoga 5 tadan va 7 ta paltoga 4 tadan tugma qadadi. Tikuvchi hammasi bo‘lib nechta tugma qadagan? Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar kam ayol ishlaydi. Bosmaxonada hammasi bo‘lib necha kishi ishlaydi? Faqat 8, 0 va 5 raqamlari ishtirok etgan barcha uch xonali sonlarni shunday yozingki, har bir sonning yozuvida raqamlar: a) takrorlanmasin; b) takrorlansin. Bochkada 85 l suv bor edi. Unga yana suv quyilgandan keyin undagi suv 192 l bo‘ldi. Bochkaga qancha suv quyilgan? Do‘konda 200 ta katakli va ulardan 3 marta ko‘p bir chiziqli daftar bor. Do‘konda hammasi bo‘lib nechta daftar bor? Tanlovga 48 ta oq-qora tasvirli va undan 4 marta kam rangli fotosuratlar yuborildi. Tanlovga hammasi bo‘lib nechta fotosurat yuborilgan? Omborga 54 yashik olma va 36 yashik nok keltirildi. Ertalab do‘konlarga 45 yashik ho‘l meva jo‘natildi. Omborda necha yashik ho‘l meva qolgan? Tomorqada 12 kg massali qovoq va 6 kg massali qovun yetishtirildi. Qovoq qovundan qancha og‘ir? Qovunning massasi qovoqning massasidan necha marta kam? Bir tovuqning 15 ta, ikkinchisining unga qaraganda 6 ta ko‘p, uchinchisining esa ikkinchisiga qaraganda 3 marta kam jo‘jasi bor. Uchinchi tovuqning nechta jo‘jasi bor? Gul do‘koniga gullar keltirildi. Hamma gulning uchdan bir qismi – chinni gullar. Ular 30 ta edi. Do‘konga hammasi bo‘lib qancha gul keltirildi? 120 o‘quvchi xo‘jalikka sabzavot yig‘im-terimida, ulardan 3 marta kam o‘quvchi poliz mahsulotlarini yig‘ib olishda yordamlashdi. Xo‘jalikka hammasi bo‘lib necha nafar o‘quvchi yordam bergan? Maktab bog‘idan o‘quvchilar 64 kg olma, olmadan 2 marta kam nok, nokdan 16 kg kam anjir terib oldilar. O‘quvchilar anjirdan necha kilogramm ko‘p olma terib olganlar? Maktab bog‘idan o‘quvchilar 64 kg olma, olmadan 2 marta kam nok, nokdan 16 kg kam anjir terib oldilar. O‘quvchilar anjirdan necha kilogramm ko‘p olma terib olganlar? Rasm to‘garagi uchun har birida 6 tadan qalam bo‘lgan 8 quti va har birida 12 tadan qalam bo‘lgan 3 quti rangli qalam sotib olindi. Hammasi bo‘lib nechta qalam sotib olingan? To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 9 sm, eni esa undan 3 marta qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping. Do‘konda 280 kg un bor edi. Kechga borib 60 kg un qoldi. Necha kilogramm un sotilgan? Bu masalaga teskari masalalar tuzib,og‘zaki yeching. 3 ta bir xil tugmacha uchun 120 so‘m to‘landi. 100 ta shunday tugmacha uchun necha so‘m to‘lash kerak? Kutubxonaga birinchi kuni 4 bog‘lamda 56 ta, ikkinchi kuni shunday bog‘lamda 42 ta kitob olib kelindi. Ikkinchi kuni necha bog‘lam kitob olib kelingan? 18 m gazlamadan 9 ta bir xil o‘g‘il bolalar kastumi tikildi. 34 m gazlamadan nechta shunday kastum tikish mumkin? Birinchi kesmaning uzunligi 15 sm, ikkinchi kesmaning uzunligi 5 sm. Birinchi kesma ikkinchi kesmadan necha santimetr uzun? Ikkinchi kesma birinchi kesmadan necha marta qisqa? Qishda sigirga bir kunda 4 kg lavlagi beriladi. Besh kunda 3 ta sigirga necha kilogram lavlagi berish kerak? Dalaga 60 kg bug‘doy, bug‘doyga qaraganda 3 marta kam sholi doni, bug‘doy bilan sholi birgalikda qancha bo‘lsa, undan 2 marta ko‘p makkajo‘xori doni ekildi. Dalaga necha kilogram makkajo‘xori doni ekildi? O‘quvchilar bir jo‘yakdan 110 kg, ikkinchi jo‘yakdan esa undan 62 kg ko‘p karam uzdilar. O‘quvchilar hammasi bo‘lib qancha karam uzganlar? Ishchilarga 3 kunda 1 km uzunlikdagi yo‘l chetiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazish vazifasi yuklandi. Birinchi kun ular 227 m, ikkinchi kun 318 m uzunlikdagi yo‘l chetiga ko‘chat o‘tqazishdi. Uchinchi kun ko‘chat o‘tqazilgan yo‘lning uzunligi ikkinchi kundagidan 97 m ko‘p edi. Ishchilar vazifani uddalay olishganmi? 1) Kvadrat tomonining uzunligi 6 dm ga teng. Kvadratning perimetrini toping. 2) Kvadratning perimetri 24 sm ga teng. Kvadrat tomonining uzunligi qanday? Ikkita qurilishga 10 ta bir xil yashikda mix jo‘natildi. Qurilishlarda 60 kg mix ishlatilgandan so‘ng, birinchi qurilishda 5 yashik, ikkinchisida 2 yashik mix qoldi. Har bir yashikda necha kilogrammdan mix bo‘lgan? Yozgi dam olish oromgohida 250 kishi dam olmoqda. Yakshanba kuni uchta yetakchi bilan 35 nafar o‘quvchi sayohatga, 16 nafar o‘quvchi murabbiy boshchiligida suzish bo‘yicha musobaqaga ketdi. Yakshanba kuni oromgoh oshxonasida qancha dam oluvchi ovqatlangan? Omborda 260 kg olcha bor edi. Maktab oshxonasiga har birida 6 kg dan 8 ta yashik, bolalar bog‘chasiga har birida 5 kg dan 7 ta yashik, qahvaxonaga 8 kg dan 9 ta yashik olcha jo‘natildi. Ombordan necha kilogramm olcha jo‘natildi? Kamolda 9 ta daftar bor edi. Bu Nodirning daftarlaridan 2 marta kam, lekin Sadirning daftarlaridan 3 marta ortiq. Nodir va Sadirda hammasi bo‘lib nechta daftar bor? Qizcha 26 ta qog‘oz varag‘idan 3 ta bir xil bloknot yasadi. Shundan keyin unda 2 ta qog‘oz varag‘i qoldi. Har bir bloknotga nechta qog‘oz varag‘i ishlatildi? Bir kunda 5 ta tovuqqa 15 g bo‘r beriladi. 27 ta tovuqqa qancha bo‘r berish kerak? Tovush havoda bir sekundda 330 m masofaga tarqaladi. 3 sekundda tovush necha metr masofaga tarqaladi? Tumanda 3 ta, shaharda esa undan 4 marta ko‘p kutubxona bor. Shaharda nechta kutubxona bor? Kinoteatrda birinchi qatorda 8 ta, ikkinchi qatorda birinchi qatorga qaraganda 2 marta ortiq, uchinchi qatorda ikkinchi qatorga qaraganda 2 ta ortiq joy band bo‘ldi. Uchinchi qatorda nechta joy band bo‘ldi? Tanaffus soat 10 dan 10 minut o‘tganda boshlandi va 20 minut davom etdi. Tanaffus qachon tugadi? Dars 45 minut davom etdi. U soat 11 dan 25 minut o‘tganda tugadi. Dars qachon boshlangan? 120 kg bug‘doy ekildi va 8 marta ko‘p hosil yig‘ishtirib olindi. Necha kilogramm bug‘doy yig‘ishtirib olindi? Tanaffus soat 9 dan 15 minut o‘tganda boshlandi va 9 dan 25 minut o‘tganda tugadi. Tanaffus necha minut davom etdi? Xaridor 400 so‘mdan 2 kg kartoshka va 160 so‘mga lavlagi sotib oldi. U sotuvchiga 1000 so‘m berdi. Xaridor qancha qaytim olishi kerak? Omborda 4 t shakar bor edi. Bir do‘konga 1 265 kg, ikkinchisiga undan 375 kg ortiq shakar jo‘natildi. Omborda necha kilogramm shaker qoldi? (Tonnani kilogrammlar bilan ifodalang.) Bitta do‘ppi tikish uchun 3 dm qora satin sarflandi. 12 m satindan nechta do‘ppi tikish mumkin? Qurilishga 60 sr qum va undan 5 marta kam sement keltirildi. Qumdan necha sentner kam sement keltirildi? Traktor bakida 60 l yonilg‘i bor edi. Traktor bir soatda 6 l yonilg‘i sarflaydi. Agar traktorda 24 l yonilg‘i qolgan bo‘lsa, u necha soat ishlagan? 2 ta oshqoshiq 480 so‘m, 3 ta choyqoshiq 240 so‘m turadi. Oshqoshiq choyqoshiqdan necha marta qimmat turadi? Haydovchi tirkamali yuk mashinasida 12 t g‘alla keltirdi. Tirkamada 8 t g‘alla bor edi. Yuk mashinasining o‘zida qancha g‘alla bo‘lgan? Bir qopda 27 kg, ikkinchi qopda esa undan 24 kg ortiq kartoshka bor edi. Ikkinchi qopdagi kartoshka 3 kg dan qilib xaltachalarga solindi. Nechta xaltacha kerak bo‘ldi? Bir qopda 27 kg, ikkinchisida esa undan 24 kg ortiq kartoshka bor edi. Hamma kartoshka 3 kg dan qilib xaltachalarga solindi. Nechta xaltacha kerak bo‘ldi? Xat tashuvchi 35 ta xatni tarqatishi kerak edi. U bir necha xatni tarqatganidan keyin unda 20 ta xat qoldi. Xat tashuvchi nechta xat tarqatgan? Tomonlarining uzunliklari 13 mm va 37 mm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping. Javobni santimetrlarda ifodalang. Quruvchilar ko‘p qavatli uylardagi 1 638 ta xonadonni qurib topshirdilar. Ulardan bir xonali xonadonlar 125 ta, ikki xonali xonadonlar bir xonali xonadonlardan 6 marta ko‘p, qolganlari esa uch xonali xonadonlardir. Quruvchilar nechta uch xonali xonadonni qurib topshirganlar? Xo‘jalik davlatga shartnoma bo‘yicha 4 860 t paxta topshirishi kerak edi. Avval 4 500 tonna, keyin yana uning to‘qqizdan bir qismicha paxta topshirildi. Xo‘jalik davlatga shartnomadagidan necha tonna ortiq paxta topshirgan? Bitta traktor uchun bir kunga 24 l yonilg‘i ajratiladi. Agar bir kunda 19 l yonilg‘i sarflansa, 14 kunda qancha yonilg‘i tejaladi? 6 yashik oq qandning massasi 48 kg. Agar 1 yashik konfet 1 yashik oq qanddan 3 kg og‘ir bo‘lsa, 8 yashik konfetning massasi qancha? 8 ta qo‘g‘irchoq uchun 4000 so‘m to‘landi. 3 ta shunday qo‘g‘irchoq qancha turadi? 5 ta palto va 4 ta plashga baravardan 54 ta tugma qadaldi. Har bir kiyimga nechtadan tugma qadaldi? Yo‘l qurilishiga birinchi kun 620 t, ikkinchi kun birinchi kundagidan 197 t kam, uchinchi kun ikkinchi kundagidan 86 t kam qum keltirildi. Uchinchi kun necha tonna qum keltirilgan? Uy bekasi tomorqadan tushlikkacha 4 chelak, tushlikdan so‘ng yana 2 chelak pomidor terib oldi. Uning tergan hamma pomidorlari 60 kg chiqdi. Uy bekasi tushlikkacha necha kilogram pomidor tergan? Tushlikdan keyin-chi? Reja bo‘yicha fabrika 350 ta paltoni 10 kunda tikishi kerak edi. Fabrika ishchilari kuniga mo‘ljaldagidan 2 ta ortiq palto tikish bilan reja topshiriqlarini ortig‘i bilan bajardilar. 10 kunda fabrikada nechta palto tikilgan? 5 ta bir xil qutining massasi 30 kg. 30 ta shunday qutining massasi qancha? Velosipedchi 48 km masofani soatiga bir xil tezlik bilan yurib, 4 soatda bosib o‘tdi. Velosipedchi bir soatda necha kilometr yo‘l bosgan? Samolyot 10 minutda 110 km masofani uchib o‘tadi. Samolyot har bir minutda necha kilometr masofani uchib o‘tadi? Uchta sisternada 10 427 l benzin bor edi. Birinchi sisternada 4 574 l, ikkinchisida birinchisidagiga qaraganda 1 696 l kam benzin bor. Uchinchi sisternada necha litr benzin bor? Yengil avtomobil yo‘lda 4 soat bo‘ldi va 240 km masofani bosib o‘tdi. Yuk mashinasi yo‘lda 3 soat bo‘ldi va 120 km masofani bosib o‘tdi. Yengil avtomobilning tezligi yuk mashinasining tezligidan qancha ortiq? Mototsiklchi 40 km/soat tezlik bilan yurdi. U 2 soatda qancha masofani bosib o‘tadi? Toshbaqa 4 m/min tezlik bilan harakatlandi. U 3 minutda qancha masofani bosib o‘tadi? Toychoq 20 m/min tezlik bilan yurdi. Toychoq 10 minutda qancha masofani bosib o‘tdi? Vertolyot 4 soat 200 km/soat tezlik bilan, 2 soat 230 km/soat tezlik bilan uchdi. U shu vaqt ichida qanday masofani uchib o‘tdi? Vertolyot dastlabki tezlik bilan necha kilometr ko‘p masofani uchib o‘tdi? Toshkent va Samarqand shaharlari orasidagi masofa 300 km ga teng. Agar poyezd 60 km/soat tezlik bilan yursa, u bu masofani qancha vaqtda bosib o‘tadi? Qayiq 6 soatda 66 km masofani suzib o‘tadi. Agar qayiqning tezligi 4 km/soatga kamaysa, u shu vaqt ichida necha kilometr masofani o‘tadi? Chavandoz 3 soatda 36 km, „Spark“ avtomobili esa 2 soatda 120 km masofani bosib o‘tdi. 1) „Spark“ning tezligi chavandozning tezligidan qancha ortiq? 2) „Spark“ning tezligi chavandozning tezligidan necha marta ortiq? Bola 3 kunda 30 betdan va yana 40 bet kitob o‘qidi. Agar kitob 200 betlik bo‘lsa, bola yana necha bet o‘qishi kerak? Kitob javonining 4 ta tokchasiga 26 tadan, 3 ta tokchasiga esa 30 tadan kitob taxlangan. Kitob javoniga hammasi bo‘lib nechta kitob taxlangan? Mehnat darsi uchun 900 so‘mga har bir varag‘I 90 so‘mdan oq qog‘oz va 1 200 so‘mga har bir varag‘i 100 so‘mdan rangli qog‘oz sotib olindi. Mehnat darsi uchun hammasi bo‘lib necha varaq qog‘oz sotib olindi? Mashina tushgacha 2 soat yurdi, tushdan keyin esa shunday tezlik bilan yana 4 soat yurdi. U hammasi bo‘lib 300 km yo‘l yurdi. Mashina tushgacha necha kilometr va tushdan keyin necha kilometr yurgan? Mototsiklchi 4 soatda 240 km masofani bosib o‘tdi. Agar mototsiklchi tezligini 8 km/soatga oshirsa, u shu vaqt ichida qancha masofani bosib o‘tadi? Birining uzunligi 4 sm 6 mm, ikkinchisi birinchisidan 2 marta uzun va uchinchisi ikkinchisidan 4 sm qisqa bo‘lgan uchta kesma chizing. Do‘konga birinchi kun 118 m 60 sm, ikkinchi kun birinchi kundagidan 62 m 70 sm kam, uchinchi kun esa birinchi va ikkinchi kunlari birgalikda keltirilganidan 84 m 40 sm kam gazlama keltirildi. Do‘konga shu uch kun davomida hammasi bo‘lib qancha gazlama keltirilgan? G‘oz, tovuq va kurka tarozida tortildi. G‘ozning massasi 4 kg 950 g, tovuqning massasi g‘ozning massasidan 2 kg 130 g kam, kurkaning massasi esa g‘oz va tovuqning birgalikdagi massasidan 1 kg 840 g ko‘p chiqdi. Kurkaning massasi qancha? G‘isht teruvchi bir kunda 1000 ta g‘isht terishi kerak. U kunning birinchi yarmida 487 ta g‘isht teradi, bu uning kunning ikkinchi yarmida terganidan 18 ta kam. G‘isht teruvchi kunlik rejani bajarganmi? Toshkent va Bekobod shaharlari orasidagi masofa 144 km. Avtobus bu masofani 3 soatda bosib o‘tadi. Yengil mashina esa bu yo‘lni 72 km/soat tezlik bilan bosib o‘tadi. Qaysi mashinaning tezligi katta va qancha katta? Agar pomidorlar 6 kg lik yashiklarga joylansa, 5 ta yashik kerak bo‘ladi. Shuncha pomidorni 10 kg lik nechta yashikka joylash mumkin? Yusuf 3 banka, Salim 5 banka olma sharbati sotib oldi. Shu xarid uchun Salim Yusufga qaraganda 1400 so‘m ko‘p pul to‘ladi. 1banka olma sharbati qancha turadi? Yusuf qancha pul to‘lagan? Salim qancha pul to‘lagan? Poyezd 316 km yo‘lni o‘tishi kerak edi. U 109 km yo‘lni o‘tdi. Poyezd yana o‘tganidan necha kilometr ko‘p yo‘lni o‘tishi kerak? Yangi yil archasi uchun Nasiba 7 ta bir xil narxli o‘yinchoq, Karima esa shunday 9 ta o‘yinchoq sotib oldi. Xarid qilgan o‘yinchoqlar uchun Karima Nasibaga nisbatan 1060 so‘m ko‘p pul to‘ladi. Nasiba xarid qilgan o‘yinchoqlar uchun qancha pul to‘lagan? Karima xarid qilgan narsalari uchun qancha pul to‘lagan? Samolyotda 145 yo‘lovchi uchun o‘rindiq bor. Samolyotning 4 ta reysiga 514 ta chipta sotildi. Bu reyslarga yana nechta chipta sotish mumkin? Tomorqadan har biri 11 kilogrammdan 4 yashik bodring va 5 ta bir xil yashikda pomidor terib olindi. Hammasi bo‘lib 89 kg pomidor va bodring terib olindi. Har bir yashikka necha kilogrammdan pomidor joylangan? Teng yonli va teng tomonli uchburchaklar bir xil perimetrga ega. Teng tomonli uchburchakning tomonlari 18 sm, teng yonli uchburchakning asosi esa 20 sm. Teng yonli uchburchakning yon tomonini toping. 118 betli kitobni qizcha dastlab har kuni 16 betdan 4 kun, keyingi kunlari esa 18 betdan o‘qib tugatdi. Qizcha kitobni necha kunda o‘qib tugatgan? 4 000 so‘mga 5 ta bir xil stol sotib olindi. Xuddi shunday narxda 6 ta kitob javoni sotib olish uchun qancha pul kerak bo‘ladi? Ayollar ko‘ylagini bezash uchun chetlariga to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tasma tikib chiqildi. Tasmaning eni 20 mm, bo‘yi 400 mm. Tasmaning yuzini toping. Sayohatchilar har birida 40 kishidan ikki avtobusda va har birida 5 kishidan to‘rtta yengil mashinada yo‘lga chiqdilar. Avtobusda yengil mashinalardagiga qaraganda necha marta ko‘p sayohatchi yo‘lga chiqdi? Qurilgan ko‘p qavatli uylarning birida 48 xonadon, ikkinchisida 36 xonadon bor. Yangi yilda 54 xonadon egalari ko‘chib kirdi. Yana nechta xonadon bo‘sh turibdi? Sayyohlar qayiqda 52 km suzishdi. Dastlabki 4 soatda yo‘lni 7 km/soat tezlik bilan, qolgan yo‘lni esa 8 km/soat tezlik bilan o‘tishdi. Sayyohlar yo‘lda hammasi bo‘lib qancha vaqt bo‘lganlar? Ombordan har birida 7 kg bo‘lgan 32 quti pecheniy va har birida 9 kg bo‘lgan bir nechta quti konfet jo‘natildi. Hammasi bo‘lib pecheniy va konfetlardan birgalikda 449 kg jo‘natildi. Necha quti konfet jo‘natilgan? Tokar 100 ta detal tayyorladi. Dastlabki 3 soatning har bir soatida 12 tadan, keyingi har bir soatda 16 tadan detal tayyorlagan. U necha soat 16 tadan detal tayyorlagan? Bir qopda 48 kg, ikkinchisida esa 36 kg shakar bor. Hamma shakar 42 ta bir xil xaltachalarga solindi. Har qaysi qopdagi shakarni joylash uchun nechtadan xaltacha kerak bo‘lgan? Operator birinchi kun 35 bet, ikkinchi kun 42 bet matn terdi. U soatiga bir xil unum bilan ishlab, bu ishga 11 soat sarfladi. Operator shu ikki kunda necha soatdan ishlagan? Operator ikki kun davomida 70 bet matn terdi. U birinchi kun 4 soat, ikkinchi kun 6 soat ishladi. Operator har kuni necha betdan matn tergan? Uch soat davomida lotereya chiptalari sotildi. Birinchi soatda 40 ta, ikkinchi soatda birinchi soatdagiga qaraganda 4 ta kam, uchinchi soatda ikkinchi soatdagiga qaraganda 4 marta kam chipta sotildi. Uchinchi soatda nechta lotereya chiptasi sotilgan? Ikkita qutichada 16 ta archa o‘yinchoqlari bor. Birinchi quticha 350 so‘m, ikkinchi quticha 450 so‘m turadi. Agar o‘yinchoqlar narxi bir xil bo‘lsa, har bir qutichada nechtadan o‘yinchoq bor? Velosipedchi 5 soatda 65 km, mototsiklchi esa 4 soatda 208 km masofani bosib o‘tdi. Mototsiklchining tezligi velosipedchining tezligidan necha kilometr ortiq? Velosipedchining tezligi mototsiklchining tezligidan necha marta kam? Ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha? Oralaridagi masofa 21 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Ular necha soatdan keyin uchrashadilar? Oralaridagi masofa 21 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdilar. Piyodalardan birining tezligi 3 km/soat. Ikkinchisining tezligini aniqlang. Tomonlari 6 dm va 4 dm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak hamda tomoni 5 dm bo‘lgan kvadratning perimetri va yuzini hisoblang. Bu shakllarning perimetrlarini, so‘ngra yuzlarini taqqoslang. Ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo‘lga chiqdi va 4 soatdan keyin uchrashdilar. Birinchi poyezdning tezligi 50km/soat, ikkinchisiniki 70 km/soat. Ikki shahar orasidagi masofani toping. Oralaridagi masofa 90 km bo‘lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki velosiðedchi yo‘lga chiqdi. Bir velosiðedchining tezligi 8 km/soat, ikkinchisining tezligi 10 km/soat. Velosiðedchilar necha soatdan keyin uchrashadilar? Oralaridagi masofa 44 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir-birlariga qarab ikki velosipedchi yo‘lga chiqdi va 2 soatdan keyin uchrashdi. Ulardan birining tezligi 12 km/soat. Ikkinchisining tezligini aniqlang. Shaharda 240 ta mashinaga 2 ta taksomotor saroyi bor. Yana shunday 3 ta saroy qurilmoqda. Agar hamma saroylarda baravardan mashina bo‘lsa, yangi saroylarga nechta mashina joylashtiriladi? Bo‘ri va quyon bir vaqtda bir nuqtadan qarama-qarshi tomonlarga yugurib ketdi. Agar bo‘rining tezligi 40 km/soat, quyonning tezligi esa 30 km/soat bo‘lsa, ular 1 soatda birbirlaridan necha kilometr uzoqlashadi? Bir shahardan bir vaqtda ikki sayyoh qarama-qarshi tomonga yo‘lga chiqdi. Birinchi sayyoh soatiga 5 km, ikkinchisi 4 km tezlik bilan yurdi. 5 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha kilometrga teng bo‘ladi? Stansiyadan ikkita elektropoyezd bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘lga chiqdi. Birinchi elektropoyezdning tezligi 80km/soat, ikkinchisining tezligi undan 5 km/soat kam. 3 soatdan so‘ng ular orasidagi masofa necha kilometr bo‘ladi? Temiryo‘l stansiyasidan bir vaqtda qaramaqarshi yo‘nalishda ikkita yuk poyezdi yo‘lga chiqdi. Agar birinchi poyezd 50 km/soat va ikkinchi poyezd 40 km/soat tezlik bilan harakat qilsa, 3 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi? Temiryo‘l stansiyasidan bir vaqtda qaramaqarshi yo‘nalishda ikkita yuk poyezdi yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin ular orasidagi masofa 270 km bo‘ldi. Agar poyezdlardan biri 50 km/soat tezlik bilan harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi poyezdning tezligini toping. Uyda ikki xona bo‘lib, xonalardan birining bo‘yi 5 m, eni 3 m, ikkinchisiniki 4 m va 3 m. Agar 1 m2 polga 100 g bo‘yoq sarflansa, bu ikki xona polini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kerak bo‘ladi? Sayyohlar 65 km/soat tezlik bilan 2 soat poyezdda, keyin esa 40 km/soat tezlik bilan 3 soat avtobusda yurdilar. Shu vaqt ichida ular qancha masofani o‘tganlar? Bir manzildan bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda ikki piyoda yo‘lga chiqdi. Birining tezligi 4 km/soat, ikkinchisiniki 5 km/soat. 2 soatdan so‘ng piyodalar orasidagi masofa qancha bo‘ladi? To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bog‘ning uzunligi 40 m, eni undan 10 m qisqa. Bog‘ maydonining uchdan bir qismini olma daraxtlari, qolgan qismini boshqa mevali daraxtlar egallagan. Boshqa mevali daraxtlar qancha maydonni egallagan? Qishloqdan shaharga qarab piyoda va u bilan bir vaqtda shahardan qishloqqa qarab velosipedchi yo‘lga chiqdi. Qishloq bilan shahar orasidagi masofa 34 km. Piyoda bilan velosipedchi 2 soatdan keyin uchrashdi. Piyoda 4 km/soat tezlik bilan yurgan bo‘lsa, velosipedchining tezligini toping. Ikkita bug‘doy o‘ruvchi kombayn 4 soatda 448 t bug‘doy o‘rdi. Bitta shunday kombayn 5 soatda necha tonna bug‘doy o‘radi? Sutchi ayol har birida 3 litrdan 3 banka sut sotdi. Agar 1 litr sut 700 so‘m tursa, bankalardagi hamma sut necha so‘m turadi? Bir olmaning massasi 100 g bo‘lib, u ikkinchi olmaning massasidan 2 marta kam. Ikkala olmaning massasini toping. Qopda 48 kg sabzi bor edi. 4 kun har gal baravardan sabzi olinganidan so‘ng qopda 32 kg sabzi qoldi. Har kuni qopdan necha kilogrammdan sabzi olingan? Geologlar 144 km yo‘l yurishdi. Ular dastlab 60 km/soat tezlik bilan 2 soat mashinada yurishdi, keyin qolgan yo‘lni 8 km/soat tezlik bilan otda bosib o‘tishdi. Ular qancha vaqt otda yurishgan? Kutubxonaga yangi kitoblar keltirildi. Kutubxonachi 3 ta tokchaga 45 tadan kitob qo‘yganidan keyin yana 80 ta kitob qoldi. Kutubxonaga nechta kitob keltirildi? Do‘konda 360 m gazlama bor edi. Birinchi kuni gazlamaning to‘rtdan bir qismi, ikkinchi kuni qolgan gazlamaning beshdan bir qismi sotildi. Ikkinchi kuni gazlamaning necha metri sotildi? To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 36 sm, tomonlaridan birining uzunligi 12 sm. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping. Kinoteatr katta zalining har birida 28 o‘rindiqdan 30 qator, kichik zalining har birida 18 o‘rindiqdan 20 qator bor. Kinoteatrning ikkala zalida hammasi bo‘lib nechta o‘rindiq bor? Velosipedchi tushgacha 3 soat, tushdan keyin 2 soat yo‘lda bo‘ldi. U tushgacha 42 km yo‘l yurdi. Agar velosipedchi tushdan keyin tezligini 2 km oshirgan bo‘lsa, u hammasi bo‘lib necha kilometr yo‘l yurgan? Tikuv fabrikasida 3 kun kuniga 112 tadan ko‘ylak tikildi. Keyingi 5 kunning har birida 126 tadan ko‘ylak tikildi. Hammasi bo‘lib nechta ko‘ylak tikildi? Do‘konga televizorlar, sovitgichlar va kompyuterlar keltirildi. Ularning hammasi birgalikda 296 ta. Shulardan 78 tasi sovitgich, kompyuterlar esa sovitgichlardan 2 marta ko‘p, qolganlari televizorlar. Do‘konga nechta televizor olib kelingan? Do‘konda bir kunda 8 banka olcha murabbosi va shunday 10 banka olma murabbosi sotildi, bunda olma murabbosi olcha murabbosiga qaraganda 4 kg ortiq sotildi. Bir kunda har qaysi murabbodan necha kilogramm sotilgan? Do‘konda bir kunda 16 kg olcha murabbosi va 20 kg olma murabbosi sotildi, bunda olma murabbosi olcha murabbosiga qaraganda 2 banka ortiq sotildi. Agar bankalar bir xil bo‘lsa, har qaysi murabbodan necha banka sotilgan? Bir egatdan 3 qop kartoshka, ikkinchi egatdan shunday 4 qop kartoshka olindi. Hamma kartoshkaning massasi 315 kg. Har qaysi egatdan necha kilogrammdan kartoshka olingan? Velosipedchi 3 soat yo‘l yurganidan keyin, yana 48 km yo‘l yurishi kerak. Agar hamma yo‘l 84 km bo‘lsa, u qanday tezlik bilan yurgan? 4 ta bir xil o‘ram oq ip va 6 ta shunday havorang ip bir xil narxda sotib olindi. Hamma iplar uchun 9 600 so‘m to‘landi. Bir o‘ram ip necha so‘m turadi? Hamma oq ip necha so‘m turadi? Hamma havorang ip necha so‘m turadi? Ikki shahardan bir-biriga qarab bir vaqtda ikki velosipedchi yo‘lga chiqdi. Uchrashguncha birinchisi 24 km, ikkinchisi esa 2 marta ko‘p masofani bosib o‘tdi. Quyidagi ifodalar nimani bildiradi? Bir do‘konga 18 yashik, ikkinchisiga shunday 15 yashik sabzavot keltirildi. Ikkinchi do‘konga birinchisiga qaraganda 24 kg kam sabzavot keltirildi. Har qaysi do‘konga necha kilogrammdan sabzavot keltirilgan? Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari orasidagi masofa 170 km. Bu shaharlardan bir-birlariga qarab bir vaqtda ikki mototsiklchi yo‘lga chiqdi. Birinchi mototsiklchi butun yo‘lning o‘ndan bir qismini, ikkinchisi beshdan bir qismini bosib o‘tdi. Shu vaqtda ular uchrashadimi? Agar uchrashmasa, ular shu vaqtda bir-birlaridan qanday masofada bo‘lganlar? Sayyohlar 90 km yo‘lni o‘tishni mo‘ljalladilar. Bir kun yo‘lda bo‘lganlaridan so‘ng ular yana birinchi kun o‘tgan yo‘llarining yarmicha yo‘lni o‘tishlari kerak ekanini payqadilar. Sayyohlar yana necha kilometr yo‘lni o‘tishlari kerak? Kitob 100 betli. Qizcha birinchi kuni uning 75 betini, ikkinchi kuni esa birinchi kuni o‘qiganining beshdan bir qismini o‘qidi. Qizcha kitobning yana necha betini o‘qishi kerak? Ustaxonada 1 971 m gazlama bor edi. 1 095 m gazlama ayollar kastumlarini tikish uchun sarflandi. Bolalar kastumlariga ayollar kastumlariga sarflanganining beshdan bir qismi sarflandi. Qancha gazlama qolgan? Tikuvchi birinchi kun 3 ta bir xil yostiq jildi, ikkinchi kun esa 4 ta shunday yostiq jildi tikdi. U hammasi bo‘lib 14 m gazlama sarfladi. Tikuvchi birinchi kun necha metr gazlama sarflagan? 5 ta bir xil kanistrda 90 l benzin bor edi. Bir avtomobilga 54 lbenzin, ikkinchisiga 36 l benzin quyildi. Birinchi avtomobilga necha kanistr benzin quyildi? Ikkinchisiga-chi? Ikki kalava jun ipdan 3 ta qalpoqcha to‘qish mumkin. 8 kalava shunday ipdan nechta qalpoqcha to‘qish mumkin? 10 litr sutdan 2 kg qaymoq olinadi. 50 litr sutdan necha kilogramm qaymoq olinadi? 100 kg undan 135 kg non yopiladi. 500 kg undan necha kilogramm non yopiladi? Novvoyxonaga tushgacha 4 200 kg va tushdan keyin 2 800 kg un keltirildi. Hamma un 100 qop bo‘ldi. Novvoyxonaga tushgacha necha qop va tushdan keyin necha qop un keltirilgan? „Neksiya“ avtomobili 100 km yo‘lga 8 l benzin sarflaydi. U 400 km yo‘lga necha litr benzin sarflaydi? O‘quvchilarning ikkita guruhi 8 savat sabzi terdi. Birinchi guruh 39 kg, ikkinchi guruh 65 kg sabzi terdi. Har qaysi guruh necha savat sabzi terdi? Ikkita yuk mashinasida 80 t kartoshka keltirildi. Birinchi mashinada 30 t, ikkinchisida esa qolgan kartoshka keltirildi. Mashinalar bir xil og‘irlikda yuk oladi. Mashinalar hammasi bo‘lib 16 marta qatnadi. Har bir mashina necha marta qatnagan? Termiz va Denov shaharlari orasidagi masofa 180 km. Bu ikki shahardan bir-birlari tomon bir vaqtda ikki avtobus yo‘lga chiqdi. Avtobuslardan biri butun yo‘lning yarmini, ikkinchisi esa butun yo‘lning uchdan bir qismini o‘tgan paytda avtobuslar orasidagi masofa qancha bo‘ladi? 18 l sut 4 ta tog‘oracha va 5 ta bankaga quyildi. Tog‘oracha va bankalarning sig‘imi bir xil. Bankalarda necha litr sut bo‘lgan? Maktab hovlisida gulzor uchun 60 m2 yer ajratildi. Bu butun hovlining beshdan bir qismini tashkil etadi. Butun maktab hovlisining yuzi qancha? Toshbaqa va shilliqqurt qarama-qarshi tomonga harakat qilyapti. Agar toshbaqaning tezligi 22 sm/min, shilliqqurtning tezligi 14 sm/min bo‘lsa, 2 minutdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi? 72 l benzin 4 kanistrga baravardan quyildi. 90 l benzinni quyish uchun shunday kanistrdan nechta kerak bo‘ladi? Qizcha birinchi kitobni 7 soatda, ikkinchisini 5 soatda o‘qib chiqdi. Agar birinchi kitob ikkinchisiga qaraganda 40 bet ko‘p bo‘lsa, qizcha bir soatda necha bet o‘qigan? Bo‘yi 5 sm, eni 4 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Uning yuzini toping. Umumiy yuzi 1 750 m2 bo‘lgan ikkita yer maydoniga mevali daraxtlar ekildi. Bir maydonga 20 tup va Ikkinchi maydonga 30 tup daraxt ekildi. Agar har bir daraxtga bir xil o‘lchamda yer ajratilgan bo‘lsa, har qaysi maydonning yuzini toping. 28 m gazlamadan 7 ta ko‘ylak tikish mumkin bo‘lsa, 56 m gazlamadan nechta ko‘ylak chiqadi? 720 soni bir necha marta kamaytirildi va 80 hosil qilindi. 720 soni necha marta kamaytirilgan? 3 ta olma 250 so‘m turadi. Oltita shunday olma qancha turadi? Ikki piyoda bir vaqtda bir qishloqdan qaramaqarshi yo‘nalishda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin ular orasidagi masofa 33 km bo‘ldi. Agar piyodalardan birining tezligi 5 km/soat bo‘lsa, ikkinchisining tezligini toping. Fermer umumiy massasi 1 828 kg bo‘lgan ikkita bir xil sigir va to‘rtta bir xil novvos sotdi. Bitta sigirning massasi 286 kg. Bitta novvosning massasi qancha? Xo‘jalikka yordam berish uchun yuqori sinflardan 50 o‘quvchi olma terimiga chiqdi va har bir o‘quvchi 20 savatdan olma terdi. Agar bir savatga 10 kg olma sig‘sa, o‘quvchilar hammasi bo‘lib necha kilogramm olma terganlar? Masalani turli usullar bilan yeching. Traktorchi ishni soat 6- yu 30 minutda boshlab, uni 20- yu 15 minutda tugatdi. U 1 soat-u 45 min dam oldi. Traktorchi necha soat ishlagan? Bir do‘konga 3 ta, ikkinchisiga esa 4 ta bir xil o‘ram gazlama keltirildi. Ikkala do‘konga hammasi bo‘lib 672 m gazlama olib kelindi. Har bir do‘konga necha metrdan gazlama keltirilgan? 18 ta bir xil sisternada xuddi shunday 11 ta sisternadagiga qaraganda 350 t ko‘p neft bor. 18 ta sisternada qancha neft bor? Yangioboddan Toshkentgacha 122 km. Avtobus Yangioboddan yo‘lga chiqib, 48 km/soat tezlik bilan 2 soat yurdi. Toshkentgacha yana necha kilometr yo‘l qoldi? Bir sog‘uvchi sigirlardan 4 chelak, ikkinchi sog‘uvchi esa 6 chelak sut sog‘ib oldi. Birinchi sog‘uvchi ikkinchisidan 16 l kam sut sog‘di. Har bir sog‘uvchi sigirlardan necha litrdan sut sog‘ib olgan? Po‘lat 9 ta qalam, Yo‘ldosh esa xuddi shunday 5 ta qalam sotib oldi. Hamma xarid uchun Po‘lat Yo‘ldoshga qaraganda 400 so‘m ortiq to‘ladi. Bitta qalam necha so‘m turadi? Uy qurish uchun 294 460 ta g‘isht kerak bo‘ladi. Shu g‘ishtning to‘rtdan bir qismi keltirildi. Yana nechta g‘isht keltirish kerak? Bir guruhda 42 o‘quvchi, ikkinchisida birinchisidagiga qaraganda 8 ta kam, uchinchisida esa ikkinchisidagiga qaraganda 4 ta ko‘p o‘quvchi bor. Uchinchi guruhda nechta o‘quvchi bor? Ustada bo‘yi 65 sm, eni 76 sm bo‘lgan oyna bor edi. Undan uzunligi 52 sm va eni 37 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shakli qirqib olingandan keyin qolgan oynaning yuzini hisoblang. Yozgi oromgohda bir oyda turli don mahsulotlaridan 83 kg sarflandi. Guruch 36 kg, grechka yormasi 2 marta kam sarflandi. Sarflangan mahsulotning qolganini mosh tashkil etdi. Necha kilogramm mosh sarflangan? O‘quvchi dars tayyorlash uchun bir kunda o‘rtacha 1 soat 50 minut vaqt sarflaydi. O‘quvchi dars tayyorlash uchun 6 kunda qancha vaqt sarflaydi? Fabrikada 1 069 ta 18 varaqli va 2 405 ta 12 varaqli daftar tayyorlandi. Hamma daftarlarda necha varaq bor? Tikuvchilik firmasiga 2 to‘p gazmol keltirildi. Bir to‘pda 88 metr va ikkinchi to‘pda 108 metr gazmol bo‘lib, ulardan bir xil ayollar ko‘ylaklari tikildi. Agar bir to‘pdan ikkinchi to‘pga qaraganda 5 ta ko‘ylak kam tikilgan bo‘lsa, har qaysi to‘pdan nechtadan ko‘ylak tikilganini hisoblang. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maktab hovlisining bo‘yi 32 m, eni 24 m bo‘lib, uning uchdan bir qismini sport maydonchasi egallagan. Qolgan qismi yo‘lkalar va gulzordan iborat. Gulzor va yo‘lkalarning yuzi necha kvadrat metr? Ikki operator bir xil vaqt davomida kompyuterda 99 bet matn yozdi. Birinchi operator soatiga 5 bet, ikkinchisi 6 bet yoza olsa, har bir operator necha betdan yozgan? Bir samolyot 2 soat, ikkinchisi esa 5 soat uchdi. Ikkinchi samolyot birinchisiga qaraganda 2 100 km ortiq masofani uchib o‘tdi. Agar samolyotlarning tezligi bir xil bo‘lsa, ularning har biri qanday masofani o‘tgan? G‘alla o‘rimida bir kunda bir yuk mashinasi haydovchisi 5 marta, ikkinchi haydovchi 3 marta qatnadi va har safar bir xil miqdorda don tashildi. Agar birinchi haydovchi ikkinchi haydovchiga qaraganda 10 t ortiq don tashigan bo‘lsa, har qaysi haydovchi qanchadan don tashigan? Bir haydovchi bir kunda 25 t va ikkinchisi 15 t don tashidi. 1-haydovchi 2-haydovchiga qaraganda 2 ta ortiq qatnagan bo‘lsa, har qaysi haydovchi necha martadan qatnagan? 100 l sutdan 8 kg pishloq olinadi. 5000 l sutdan qancha pishloq olish mumkin? 3 m chit uchun to‘langan pul 14 m doka uchun to‘langan pulga teng. Agar bir metr chit 1400 so‘m tursa, bir metr doka qancha turishini toping. Yuzi 80 m2 ga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining uzunliklari qanday bo‘lishi mumkin? 84 ta bolta tayyorlash uchun 75 kg po‘lat sarf bo‘ldi. 336 ta shunday bolta tayyorlash uchun qancha po‘lat kerak bo‘ladi? Ekin maydoni to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega. Uning bo‘yi 40 m, eni esa 30 m. Maydonning beshdan bir qismini poliz ekinlari, qolgan qismini kartoshka egallagan. Kartoshka uchun ajratilgan maydonning yuzini toping. Bitta avtomat dastgoh har soatda 69 ta, ikkinchi avtomat 84 ta o‘yinchoq tayyorlaydi. Agar bir kun davomida 1-avtomat 552 ta o‘yinchoq tayyorlagan bo‘lsa, ikkala avtomat birgalikda nechta o‘yinchoq tayyorlagan? O‘quvchilarning ikki guruhi 100 qop kartoshka terishdi. Agar bir guruh 2 450 kg va ikkinchi guruh 2 550 kg kartoshka tergan bo‘lsa, har bir guruh necha qopdan kartoshka tergan? Sayyohlar kemada 83 soat suzishdi. Bu vaqtni sutka va soatlarda ifodalang. Tegirmonga 39 qop bug‘doy va 27 qop arpa keltirildi. Tegirmonga arpaga qaraganda 840 kg ko‘p bug‘doy keltirildi. Agar bug‘doyli va arpali qoplar bir xil massaga ega bo‘lsa, tegirmonga necha kilogramm bug‘doy va necha kilogram arpa keltirilgan? Do‘konga har biri 50 kg dan 4 qop un keltirildi. Hamma un 2 kg dan qilib xaltachalarga joylandi. Nechta xaltacha kerak bo‘lgan? Rejaga ko‘ra tokar 27 kunda 756 ta detal tayyorlashi kerak edi. Agar tokar har kuni 36 tadan detal tayyorlagan bo‘lsa, u rejasini muddatida bajarganmi? To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 4 dm, eni esa undan 1 dm 5 sm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri va yuzini toping. (Tomonlarining uzunligini santimetrlarda ifodalang.) Ko‘chaning uzunligi 600 m, eni esa 12 m. Shu ko‘chaga asfalt yotqizildi. Har 100 m2 ga 3 t asfalt ketdi. Butun ko‘chaga qancha asphalt kerak bo‘lgan? Tumanga 2 ta yuk poyezdida 1 824 t qurilish materiali keltirildi. Birinchi poyezdda 24 vagon, ikkinchi poyezdda esa 33 vagon bor edi. Har bir poyezdda necha tonnadan qurilish materiali keltirilgan? Bir haydovchi yuk mashinasida 128 t, ikkinchi haydovchi esa 224 t qum keltirdi. Birinchi haydovchi 3 ta kam qatnadi. Har bir haydovchi necha marta qatnagan? Ikki haydovchi yuk mashinalarida qum keltirishdi. Birinchisi 7 marta, ikkinchisi 4 marta qatnadi. Birinchi haydovchi 96 t ko‘p qum keltirdi. Har bir haydovchi qancha qum keltirgan? Otliq bir xil tezlik bilan 65 km yurdi. U to‘xtaguncha 3 soat, to‘xtagandan so‘ng yana 2 soat yurdi. Otliq to‘xtaguncha necha kilometr va to‘xtagandan so‘ng necha kilometr yurgan? Ikkita poyezd bir vaqtda bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi. 1- poyezdning tezligi 65 km/soat, 2- poyezdning tezligi 70 km/soat. Agar uchrashguncha 2- poyezd 280 km yurgan bo‘lsa, 1- poyezd qancha yo‘l yurgan? Fevral oyida 24 ish kunida fabrika 5 184 juft oyoq kiyimi va mart oyida 27 ish kunida 6 426 juft oyoq kiyimi ishlab chiqardi. Fabrika mart oyida fevralga qaraganda har kuni qancha ortiq poyabzal ishlab chiqargan? Tikuvchi birinchi kun 10 ta, ikkinchi kun 8 ta sochiq tikdi. Hamma sochiqlar uchun 36 m gazlama sarflandi. Tikuvchi har kuni necha metrdan gazlama sarflagan? To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 360 sm2, tomonlaridan biri (bo‘yi) 30 sm. Perimetri shu to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetriga teng bo‘lgan kvadratning yuzini toping. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 15 sm, eni esa 3 sm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri va yuzini toping. Sayyohlar kun bo‘yi 22 km yo‘l yurishdi. Ular 3 soat 4 km/soat tezlik bilan yurishdi. Qolgan yo‘lni 5 km/soat tezlik bilan o‘tishdi. Sayyohlar necha soat yo‘lda bo‘lishgan? To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 10 sm, bo‘yi esa enidan 7 marta katta. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi qanchaga teng? Ikki poyezd bir vaqtda bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi. Birinchi poyezd 70 km/soat, ikkinchisi 64 km/soat tezlik bilan yurdi. Ikkinchi poyezd uchrashguncha 192 km yo‘lni bosib o‘tdi. Birinchi poyezd uchrashguncha qanday masofani bosib o‘tgan? O‘quvchilar ikkita maydonga pomidor ko‘chati ekishdi. Birinchi maydonga ikkinchisiga qaraganda 720 tup ortiq ko‘chat ekildi. Agar birinchi maydonning yuzi 500 m2 va ikkinchi maydonning yuzi 320 m2 bo‘lsa, har qaysi maydonga necha tupdan pomidor ko‘chati ekilganini hisoblang. G‘isht teruvchi ikki usta birgalikda ishlab 119 920 ta g‘isht terdi. Birinchi usta 17 kun ishladi va har kuni 2 860 ta g‘isht terdi. Qolgan g‘ishtni ikkinchi usta 23 kunda terdi. Ikkinchi usta har kuni nechtadan g‘isht tergan? Maktab uchun televizor, printer va kompyuter sotib olinib, hammasiga 408 000 so‘m to‘landi. Agar televizorning bahosi 112 000 so‘m, televizor bilan printer birgalikda 211 000 so‘m tursa, printer qancha turadi va kompyuter qancha turadi? Yonilg‘i quyish shoxobchasidan bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda ikkita avtomobil yo‘lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 60 km/soat, ikkinchisining tezligi 70 km/soat. 3 soatdan keyin bu avtomobillar orasidagi masofa necha kilometr bo‘ladi? Maktab ustaxonasi uchun oldin 15 ta, keyin 8 ta bolg‘acha olindi. Keyingi safar avvalgidan 1120 so‘m kam pul to‘landi. Bitta bolg‘acha qancha turadi? Bichiqchilar 1 oy davomida 7 236 dm2 charmni tejab qolishdi. Agar har bir juft poyabzalga 18 dm2 charm sarflansa, tejalgan charm hisobiga yana necha juft poyabzal tikish mumkin? Ishchi reja bo‘yicha 21 ish kunida jami 945 ta detal tayyorlashi kerak edi. Lekin u rejani muddatidan oldin 15 ish kunida bajardi. Ishchi har kuni rejadagidan nechta ortiq detal tayyorlagan? Bog‘da tushgacha 444 kg, tushdan keyin 348 kg nok terildi. Terilgan noklar 12 kg dan qilib yashiklarga joylandi. Nechta yashik kerak bo‘lgan? O‘quvchilar bir maydondan 144 kg, ikkinchi maydondan 90 kg sabzavot yig‘ishtirib oldilar. Maydonlarning umumiy yuzi 78 m2. Har bir maydonning yuzini toping. Yuk mashinasiga umumiy massasi 3 115 kg bo‘lgan 17 ta mototsikl va 24 ta motoroller ortildi. Agar bitta mototsiklning massasi 107 kg bo‘lsa, motorollerning massasini toping. Ilgari tokar qo‘lda, bir ish kunida 78 ta detal tayyorlar edi. Hozir avtomat yordamida bir ish kunida 14 820 ta shunday detal tayyorlaydi.Tokarning hozirgi ish unumi ilgarigiga qaraganda necha marta ortiq? Ota va ikki o‘g‘il 24 tup ko‘chat ekishdi. Ota ikki o‘g‘li qancha ko‘chat ekkan bo‘lsa, shuncha ko‘chat ekdi. O‘g‘illar esa o‘zaro teng sonda ko‘chat ekishdi. Har qaysi o‘g‘il nechtadan ko‘chat ekkan? Ko‘p qavatli uydagi romlarga oyna solish uchun 486 ta oyna ketdi. Dam olish uyidagi romlarga 432 ta oyna ishlatildi. Dam olish uyida ko‘p qavatli uyga qaraganda romlar 9 ta kam. Hammasi bo‘lib nechta romga oyna solingan? Bir do‘konga 432 kg konfet 27 ta bir xil qutida keltirildi. Ikkinchi do‘konga xuddi shunday qutilarda 848 kg konfet keltirildi. Ikkinchi do‘konga necha quti konfet keltirilgan? To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydonchaning bo‘yi 85 m, eni 64 m. Shu maydonchaga qurilgan uy 160 m2 maydonni egallaydi. Agar qolgan yerning yarmi bog‘ bo‘lsa, bog‘ning yuzini toping. Tirkamali avtomashinada 1 080 sr sabzini tashish kerak. Har safar mashinaga 30 sr va tirkamaga undan 2 marta kam sabzi ortiladi. Hamma sabzini tashish uchun shu mashina necha marta qatnashi kerak? Aeroportdan bir vaqtda ikkita samolyot qarama-qarshi tomonga qarab uchib ketdi. 10 minutdan keyin ular orasidagi masofa 270 km bo‘ldi. Agar 1- samolyotning tezligi 15 km/min bo‘lsa, 2- samolyotning tezligini toping. Do‘konda bir kunda 24 kg olma murabbosi va 40 kg behi murabbosi sotildi. Agar bankalar bir xil bo‘lsa va behi murabbosi 8 banka ortiq sotilgani ma’lum bo‘lsa, har qaysi murabbodan necha bankadan sotilgan? Qurilishga 120 t qum olib kelish uchun bir yuk mashinasi 40 marta qatnashi kerak. Boshqa mashina esa bu qumni 24 marta qatnaganda tashiydi. Agar ikkala mashina birgalikda ishlasa, shuncha qumni tashish uchun ular necha martadan qatnashi kerak? Sportchilar yotoqxonasida 128 basketbolchi, ulardan 2 marta kam futbolchi turadi. Agar har bir qavatda 24 ta sportchi tursa, yotoqxona necha qavatli ekanini toping. Poyezdga 756 ta chiptaning hammasi sotildi. Yo‘lovchilarning 36 kishini tashkil etuvchi bir qismi 9 ta kupeli vagonda, qolganlari esa 8 ta platskart vagonda ketadigan bo‘ldi. Har bir vagonda nechta yo‘lovchi bor? Chinni zavodida bitta usta 1 920 ta, ikkinchisi 1935 ta kosaga gul chizdi. Agar bir kunda bir usta 320 ta kosaga, ikkinchi usta 215 ta kosaga gul chizsa, qaysi usta ishni tez bitirgan va necha kun oldin bitirgan? 1 440 ta detal tayyorlash kerak. Bir ishchi bu detallarni 20 soatda, boshqa ishchi 30 soatda tayyorlashi mumkin. Ikkala ishchi birgalikda bu ishni necha soatda bajaradi? Do‘konda 96 ta ayollar va 75 ta erkaklar kastumi bor edi. Kun davomida ayollar kastumining yarmi va erkaklar kastumining uchdan bir qismi sotildi. Qaysi kastumdan ko‘p sotildi va qancha ko‘p sotildi? Dasturxonda 6 ta non bor edi. Yana bir necha non qo‘yilgandan keyin 14 ta non bo‘ldi. Nechta non qo‘yilgan? Oralaridagi masofa 14 km bo‘lgan ikki guruh bir vaqtda bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi va 2 soatdan keyin uchrashdi. Guruhlardan biri 4 km/soat tezlik bilan yurgan. Bahosi 2 630 so‘m bo‘lgan gazlamadan 6 m sotib olish uchun 15 780 so‘m yetadimi? Buldozer 3 soat davomida 234 m2 yo‘lni tekisladi. Agar shunday unum bilan ishlasa, buldozer 10 soatda qancha yo‘lni tekislaydi? Ulug‘ o‘zbek shoiri Muqimiy 1851- yili tavalludtopdi va 1903- yili vafot etdi. Muqimiy nechanchi asrda tug‘ilgan va necha yil umr ko‘rgan? Ta’mirlovchilar guruhi 66 ta xonani ta’mirlashlari kerak edi. Har bir qavatda 6 tadan xona bor. Bir necha qavat ta’mirdan chiqqanidan keyin yana 24 xona qoldi. Necha qavat ta’mirlab bo‘lindi? Agar mototsikl haydovchisi 76 km/soat tezlik bilan yursa, oralaridagi masofa 230 km bo‘lgan ikki shahar orasini 3 soatda o‘ta oladimi? Bir jo‘yakdan 38 sr, ikkinchi jo‘yakdan 3 marta ko‘p lavlagi yig‘ishtirib olindi. Hamma lavlagining to‘rtdan bir qismi omborga jo‘natildi. Omborga necha sentner lavlagi jo‘natilgan? Birinchi kuni kutubxonadan 140 ta kitob, ikkinchi kuni esa 65 ta ortiq kitob olindi. Ikki kunda kutubxonadan nechta kitob olingan? Shaharlar orasidagi masofa 390 km. Poyezd bir shahardan ikkinchisiga qarab yo‘lga chiqdi. Soatiga 65 km tezlik bilan 4 soat yurganidan keyin poyezd yana qancha yo‘l yurishi kerak bo‘ladi? Shaharlar orasidagi masofa 390 km. Poyezd bir shahardan ikkinchisiga qarab yo‘lga chiqdi. Soatiga 65 km tezlik bilan 4 soat yurganidan keyin poyezd yana qancha yo‘l yurishi kerak bo‘ladi? Uchta bir xil yashikda 39 kg olxo‘ri bor. 104 kg olxo‘rini joylash uchun shunday yashiklardan nechta kerak bo‘ladi? O‘quvchilar 55 ta daraxt ko‘chati o‘tqazdilar.Ko‘chatlardan 27 tasini maktab bog‘iga, qolganlarini esa har bir qatorga 7 tadan qilib sport maydonchasi atrofiga o‘tqazdilar. Sport maydonchasi atrofiga necha qator ko‘chat o‘tqazdilar? Ekinlarni sug‘orish uchun 39 chelak suv tayyorlab qo‘yildi. Har bir jo‘yakka 4 chelakdan suv quyilgandan so‘ng yana 3 chelak suv ortib qoldi. Nechta jo‘yak sug‘orilgan? Kitob 140 betli. Lola kitobning yarmini va yana 5 bet o‘qidi. Lola yana necha bet o‘qishi kerak? Sinfda 32 o‘quvchi bor. O‘quvchilarning to‘rtdan bir qismi uch bahosiz o‘qiydi. Nechta o‘quvchi uch bahosiz o‘qiydi? Maktab hovlisining bo‘yi 28 m, eni esa 23 m. Maktab atrofini o‘rash uchun necha metr uzunlikdagi devor kerak? Mehnat darsi uchun rangli qog‘oz varaqlari tayyorlandi. Agar 40 o‘quvchining har biriga 3 varaqdan berilsa, yana 25 varaq qog‘oz qoladi. Necha varaq qog‘oz tayyorlangan? Usta 8 soat ishlab 96 ta detal tayyorladi. Uning shogirdi 6 soat ishlab shunday detaldan 54 ta tayyorladi. Ular birgalikda ishlab, 2 soatda nechta detal tayyorlaydilar? Vagondan 380 sr ko‘mir tushirildi. Shundan keyin vagonda tushirilganidan 119 sr ko‘p ko‘mir qoldi. Dastlab vagonda qancha ko‘mir bo‘lgan? Bir velosipedchi soatiga 12 km tezlik bilan 48 km yo‘l yurdi. Ikkinchisi esa shu masofani soatiga 16 km tezlik bilan bosib o‘tdi. Birinchi velosipedchi ikkinchi velosipedchiga nisbatan necha soat ortiq yo‘l yurgan? 45 l olcha sharbati besh litrli va 45 l qulupnay sharbati uch litrli bankalarga quyildi. Qaysi sharbatga ko‘proq banka kerak bo‘ldi? Ona 4 ta uch litrli bankada olcha va 6 ta xuddi shunday bankada qulupnay murabbosi tayyorladi. Hammasi bo‘lib necha litr murabbo tayyorlandi? To‘g‘ri to‘rtburchakning uzunligi 8 dm, eni 3 dm. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning uzunligi 2 marta orttirilsa, uning yuzi qanchaga ortadi? Do‘konga har bir yashikda 20 tadan 1 340 shisha mineral suv va har birida 10 tadan bo‘lgan shuncha shisha mevali sharbat keltirildi. Do‘konga qancha shisha mevali sharbat keltirildi? Pishloq tayyorlaydigan zavodda har bir yashikda 16 kg dan bo‘lgan 2 048 va har birida 18 kg dan bo‘lgan 216 kg pishloq jo‘natishga tayyorlandi. Necha yashik pishloq tayyorlandi? Said balandlikka sakradi. Sakragan balandligi o‘zining bo‘yidan 34 sm past va singlisining bo‘yidan 1 m 5 sm baland bo‘lsa, Saidning bo‘yini toping. Sharf, jemper va bir juft qo‘lqop 1 kg 200 g jundan to‘qildi. Sharfga qo‘lqoplarga qaraganda 100 g ortiq va jemperga qaraganda 400 g kam jun ishlatildi. Har bir buyumga necha gramm jun sarflandi? Nargiza va Yulduzxonda 99 ta fotosurat bor edi. Nazira albomning har bir betiga 5 tadan, Yulduzxon esa 6 tadan fotosurat yelimladi. Agar albomning betlari bir xil bo‘lsa, har bir albomga nechtadan fotosurat yelimlash mumkin? Avval hamma olmalarning yarmi, so‘ng yana 3 tasi yeyilgandan keyin, likopchada 12 ta olma qoldi. Dastlab likopchada nechta olma bo‘lgan? Download 298.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling