15-16-Mavzu. Xotira va uning aksi, virtual adres makoni, xotirani boshqarishning umumiy tamoyillari. Xotirani statik va dinamik bo’limlar bo’yicha taqsimlash, segmentli, sahifali, segment-sahifali tashkil etish.
Reja:
1. Kirish
2. Xotirada jarayonlarni joylashtirishning asosiy qoidalari
3. Foydalanuvchi dasturlarini ko’p bosqichli qayta ishlash
4. Mantiqiy va fizik adreslar maydoni
5. Xotirani boshqarish qurilmasi
6. Dinamik yuklash va dinamik bog’lash
7. Xotirani sahifali tashkil etish
Nazariy mashg'ulot: Operatsion tizimda xotirani boshqarish. Xotira va uning aksi, virtual adres makoni, xotirani boshqarishning umumiy tamoyillari
Annotatsiya: Ma’ruza mashg’ulotlarida quyidagi masalalar ko’rib chiqiladi: xotirani boshqarish tamoyillari; xotirani boshqarish vositalari; mantiqiy va fizik adres maydoni; dinamik havola; dasturlarning overley tuzilmasi; otkachka va podkachka (swapping); xotirani dinamik taqsimlash strategiyasi; fragmentatsiya; sahifali tashkil etish tamoyillari; sahifa jadvali; assotsiativ xotiradan foydalanish; ikkibosqichli, ierarxik, xeshlangan sahifa jadvallari; taqsimlanuvchi sahifalar.
Kalit so’zlari: sahifali tashkil etish, paging, xotirani boshqarish, foydalanuvchi jarayoni, disk, xotira, faol jarayon, asosiy xotira, fayl, kirishga ruxsat, ustivor jarayon, xotirani taqsimlash, partition, vektor, registr, mantiqiy adres, fizik adres, ro’yxat, algoritm, so’rov, adreslarni bog’lash, maydon, indeks, xotirani boshqarish qurilmalari, arxitektura, adresni akslantirish, sahifa jadvali, boshqarish usullari, assotsiativ xotira, tezkorlik, TLB, matematik kutilma, xotirani himoyalash, valid, invalid, xesh-funktsiya, fizik sahifa, deskriptor.
Kirish
Xotirani boshqarish, jarayon va resurslarni boshqarish bilan bir qatorda operatsion tizimning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. OTning vazifasi foydalanuvchi jarayonlari va ularning ma'lumotlarini xotiraga joylashtirish, belgilangan hajmdagi xotira maydonlari uchun jarayon so'rovlariga xizmat ko'rsatishdir. Ushbu ma'ruzada xotirani boshqarish bilan bog'liq asosiy tushunchalar va mexanizmlar, xususan, dasturlarni xotiraga yuklash va ularni xotiradagi manzillar bilan bog'lash bosqichlari muhokama qilinadi. Xotirani boshqarishning ikkita asosiy strategiyasi mavjud – sahifali tashkil etish (paging) va segmentli tashkil etish usullari yoritiladi.
Xotirada jarayonlarni joylashtirishning asosiy qoidalari
Tizimga kiritilgan ixtiyoriy dastur xotirada joylashgan bo’lishi kerak va u bajarilishi uchun jarayon sifatida rasmiylashadi. Har bir dastur tizimga kirishda kiruvchi navbatga joylashadi – diskdagi jarayonlar majmuasi bo’lib, ularning dasturlari bajarilishi uchun xotira ajratilishini kutadi. Foydalanuvchi dasturlari o’zining bajarilish amalga oshirilgunga qadar tizimda bir necha bosqichlardan o’tadi.
Dasturlar va ma’lumotlarni xotira adresi bilan bog’lash
Ma'lumotlarni yoki kodni xotiraga yuklashdan oldin, ular biron bir vaqtda xotiradagi ma'lum manzillar bilan bog'lanishi kerak. Bog’lanish turli bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |